respublika mulki
hisoblanadi.
Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulki
dan davlat
hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki,
mahalliy byudjet
mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi
korxonalari va
boshqa
mulkiy
majmualari, xalq ta‘limi,
madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki
bo’ladi.
Jamoa mulki
– bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan
kishilar tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va
uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat
mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona
qurishi, aktsiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi.
Jamoa
mulkiga
kooperativlarnig,
ijara
va
jamoa
korxonalarining, aktsionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari
va
shirkatlarning,
jamoa
tashkilotlari
va
diniy
tashkilotlarining
mulki kiradi, bu mulkka ayrim
shaxslar
emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladilar.
SHaxsiy mulk
- bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki
oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi.
Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va
ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan kelgan
dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan
kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi.
SHaxsiy mulk ob‘ektlari
– bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport
vositalari, pul jamg’armalari, uy-ruzg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka
tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi.
Xususiy mulk
– bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli
yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir
.
O’zbekiston Respublikasining ”Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunda (7-modda),
xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning
miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish
mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida
aralash mulk
paydo
bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi -
o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi
.
|