Birinchiusul,xom ashyo uchta perkolyatorga teng miqdorda joylashtiriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyo ustiga «oynasimon yuza» xosil bo’lguncha ajratuvchi quyiladi va 1 kunga qoldiriladi, so’ng ajratma ikkiichi perkolyatorga o’tkaziladi, birinchiga yana toza ajratuvchi quyiladi va 1 kunga qoldiriladi. Keyii ikkinchidan ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib birinchiga toza ajratuvchi solinadi va uchchala perkolyator 1 kunga qoldirib qo’yiladi. So’ng uchinchi perkolyatordan undagi xom ashyo miqdoricha ajratma quyib olinadi Ikkinchidagi ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkaziladi; birinchi perkolyator batareyadan ajratiladi (o’chiriladi), ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar 1 kunga qoldiriladi. So’ng uchinchidan yana shuncha ajratma quyib olinib, suyuqlik ikkinchidan uchinchiga
o’tkaziladi va bir kundan keyin uchinchidan oxirgi ajratma quyib olinadi, hamma ajratmalar qo’shib, tindiriladi va filtralanadi.
Ikkinchi usul. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoga ajratuvchi solib, 2 soatga qo’yiladi, so’ng ajratma 2 perkolyatordagi xom ashyoga o’tkaziladi, birinchisiga yana ajratuvchi solinadi, 1 va 2 perkolyatordar 2 soatga qoldiriladi, so’ng ikkinchi perkolyatordagi ajratma 3 ga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib, birinchiga toza ajratuvchi solinadi. Uchchala perkolyator 1 kunga qoldiriladi. Keyin 3 perkolyatordan shu perkolyatorldagi xom ashyo miqdoricha ajratma quyib olinadi. Ikkinchidan ajratma uchinchiga, birinchidan ikkinchiga o’tkazilib, birinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi, ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar 2 soatga qoldirilib, so’ng uchinchi pekrolyatordan ikkinchi qism ajratma quyib olinadi. Ikkinchi perkolyatordan ajratma uchinchiga o’tkaziladi, ikkinchi perkolyator esa batareyadan uziladi. Uchinchi perkolyator 2 soatga qoldiriladi, so’ng yana oxirgi qism ajratma quyib olinadi; hamma qo’shib tindiriladi va suziladi.
Uchinchi usul. Xom asheni teng bo’laklarga bo’lib, uchta perkolyatorga joylashtiriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoga ―oynasimon yuza‖ hosil bo’lguncha ajratuvchi quyib 24 soatga qoldiriladi. So’ng birinchi perkolyatordagi ajratma ikkinchisiga o’tkaziladi, birinchisiga esa qolgan ajratuvchining hammasi quyilib, ikkalasi 6-7 soatga qoldiriladi. Ikkinchi perkolyatordagi ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib, birinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi. Ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar bir kunga qoldiriladi va uchinchi perkolyatordan tayyor mahsulotning 1/3 qismiga teng miqdorida ajratma quyib olinadi. Ikkinchi perkolyatordan ajratma uchinchisiga o’tkaziladi va u 6-7 soatga qoldiriladi, bunda ikkinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi. So’ng uchinchi perkolyatordan tayyor mahsulotning umumiy hajmini 2/3 ga teng ajratma quyib olinadi. Birinchi va ikkinchi ajratmalar tindirgichga solinadi.
Ajratmalarni yot moddalardan tozalash. 100S dan yuqori bo’lmagan haroratda kamida 2 kun tindirib, suzib olinadi.
Suyuq ekstraktlar tashki ko’rinishi, hidi, mazasi, rangi, quruq qoldiq, spirt quvvati yoki zichligi, og’ir metal ar va ta‘sir etuvchi moddalari bo’yicha baxolanadi.
Og’ziya xshi berkitilgan shisha idishlarda, qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Saqlash vaqtida suyuq ektsratklarda cho’kma xosil bo’lsa, u suzilib, tekshirilib ishlatilishi mumkin. Maxsulotda ta‘sir etuvchi modda me‘yoridan ortiq bo’lsa, toza ajratuvchi bilan suyultiriladi.
Suyuq ekstratklarning sifati DF, FM yoki VFM bo’yicha baxolanadi.
Konsentrat-eks traktlar
Bular ekstraktlarning maxsus guruhi bo’lib, dorixona sharoitida suvli ajratmalar tayyorlash uchun o’simlik xom ashyosi o’rniga ishlatishga mo’ljal angan. Dorixona sharoitida o’simlik xom ashyosi tarkibidagi ta‘sir qiluvchi moddalarni saqlab qolish sababli baxolanmaydigan dori turi bo’lgan suyuqlik - ajratmalar uchun muximdir. Ularni aniq baxolangan konsentrat ekstraktlardan tayyorlash maxsulot sifatini, bemorlarga xizmat qilish madaniyatini oshirish imkonini beradi. SHunga ko’ra iloji boricha bu guruh preparatlarini konsentratlardan tayyorlashga o’tish maqsadga muvofiqdir. Ular suyuq va quruq bo’ladi. Suyuq konsentrat ekstraktlarni tayyorlash ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baxolash kabi texnologik bosqichlardan iborat.
Suyuq konsentrat – ekstraktlar.
Bular spirt-suvli ajratmalar bo’lib, 1:2 nisbatda tayyorlanadi, ya‘ni 1 og’irlik qism xom ashyodan 2 og’irlik qism ekstrakt olinadi. Ulardan damlama yoki qaynatmalar tayyorlashda retseptda yozilgan xom ashyoga nisbatan 2 marta ko’p miqdorda olib, kerakli hajmgacha suv bilan suyultiriladi. Suyuq konsentratlar asosan perkolyasiya va reperkolyasiya usullarida olinadi. Suyuq konsentrat ekstraktlarni Moskva ilmiy-tekshirish farmatsiya oliygoxi olimlari tomonidan taklif etilgan usulda olish suyuq ekstraktlarni olishga o’xshashdir. Faqat har safar uchinchi perkolyatordan xom ashyoga nisbatan ikki xissa ko’p ajratma olinadi.
Suyuq kotsentratlar tashqi ko’rinishi, ta‘sir kiluvchi moddasi, quruq qoldiq, spirt kuvvati yoki zichligi bo’yicha baxolanadi. Korxona sharoitida suyuq konsentratlardan valeriana suyuq
ekstrakt konsentrati (1:2) 40% spirtda, baxorgi adonis suyuq ekstrakt konsentrati (1:2) 25% spirtda, arslonquyruq suyuq ekstrakt konsentrati (1:2) 25% spirtda ishlab chiqarilmokda
Quyuq ekstraktlar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Bug’latish usullari.
Quyuq ekstraktlar ifodasi.
Quyuq ekstraktlarni tayyorlashdagi texnologik bosqichlar.
Quyuq ekstraktlarni tayyorlash uchun ajratma olishni o’ziga hos usul ari.
Quyuq va quruq ekstraktlar turli sinflarga mansub, tarkibida biofaol moddalar bo’lgan
O’simlik xom ashyolaridan olinib, maxsus guruxni tashkil qiladi. Ularni olishda ajratuvchi sifatida har xil quvvatli etil spirti, dietil efiri, xloretan, suv, xloraform, ammiak, nordonlashtirilgan suvlar, metilen xlorid va xladonlarni ishlatish mumkin. CHunki tayyor mahsulot tarkibida ajratuvchi deyarli bo’lmaydi. Quyuq ekstraktlarning o’ziga xos xususiyati ulardagi namlik tez suyuqlanadi va mog’orlaydi, quruqlarda esa namligini yuqotib, bo’laklarga aylanib qoladi.
Quyuq va quruq ekstraktlar ishlab chiqarish ajratmani yot moddalardan tozalash, bg’latish yoki quritish, va qadoqlash kabi texnologik bosqichlardan iborat bo’ladi.
Ajratma olishda nastoyka va suyuq ekstraktlar tayyorlashdagi hamma usullardan foydalanish mumkin. SHu bilan birga quyuq va quruq ekstraktlar ishlab chiqarishda o’ziga xos ajratma olish usullari ham mavjud. Qarshi va aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish shular jumlasiga kiradi. Bu usul arni qo’l ashdan maqsad imkoni boricha oz miqdorda ajratuvchi sarflab, uz luksiz konsentrlangan ajratma olishdir. Bu esa katta iqtisodiy axamiyatga egadir. Qarshi oqimda ajratma olish o’z navbatida ikkiga bo’linadi: birinchi usulga asoslangan asbob- uskunalarda xom ashyo xarakatlanmaydi, ajratuvchi esa perkolyatorning pastki tomonidan qarshi oqin bo’yicha xarakat qiladi, natijada xom ashyo bir tekis namlanadi va xavoni siqib chiqaradi. Bu maqsadda 5 tadan 16 tagacha perkolyatorlar naylar yordamida o’zaro birlashtirilib, bir butun qurilma xosil qilinadi. Masalan, agar batareyada beshta perkolyator bo’lsa, uning to’rttasiga xom ashyo joylashtiriladi va birinchisiga pastki tomondan perkolyatorning yuqorigi xavo jo’mragidan bir necha tomchi ajratuvchi oqib chiqqunga qadar ajratuvchi yuboriladi va ma‘lum vaqdga ivitish uchun qoldiriladi, so’ng ajratma ikkinchi
perkolyatorga yon jo’mragi orqali o’tka-ziladi, birinchiga esa yana pastdan toza ajratuvchi quyilib turiladi. Bu jarayon shu tarzda xamma perkalyatorlarda davom ettiriladi va to’rtinchi perkolyatordan tayyor mahsulot quyib olinadi. Bu vaqtda birinchi perkolyatordagi xom ashyo tarkibida ta‘sir qiluvchi modda qolmaydi, uni batareadan ajratib, o’rniga beshinchi perkolyator ishga tushiriladi. Endi toza ajratuvchi ikkinchi perkolyator orkali berilib, ajratma beshinchisidan quyib olinadi. Bu vaqtda birinchi perkolyatordagi ta‘sir qiluvchi modda kolmagan xom ashyo olib tashlanadi va yangi xom ashyo solib, ishga tayyorlab qo’yiladi. SHunday qilib, bu usulda navbat bilan bitta perkolyator tayyorgarlik bosqichida bo’lib, qolganlarida uzluksiz ish jarayoni davom etadi.
O’ziga xos texnologik jarayonga ega bo’lgan quyuq ekstraktlar. Belladonnaning quyuq ekstrakti. Ajratma belladonna bargidan reperkolyasiya usulida
20% li spirt yordamida olinadi va yot moddalardan tozalanadi. So’ng bug’latgich asboblarida 50—60°S da quyultirib, ta‘sir etuvchi modda miqdori tekshiriladi. Agar alkaloid miqdori 1,5% dan ortiq bo’lsa, kraxmal qandi (patoka), dekstrin yoki qandlar qo’shib me‘yoriga keltiriladi. Kam bo’lgan taqdirda alkaloid me‘yoridan ortiq bo’lgan quyuq ekstrakt bilan aralashtiriladi. Tayyor ekstraktda alkaloidlar miqdori (giossiaminga hisoblaganda) 1,4% dan kam va 1,6% ko’p bo’lmasligi kerak.
Extiyotlik bilan («B» ro’yxati) saqlanadi.
Mushaklar tarangligini bo’shashtiruvchi (spazmolitik) vosita sifatida ishlatiladi.
Belladonnaning quruq ekstrakti. Ajratma olish va yot moddalardan tozalash quyuq ekstraktnikiga o’xshash. Tozalangan ajratma tortiladi. Ekstraktiv moddalar va alkaloidlar miqdori aniqlanadi. So’ng ajratma vakuum bug’latgich asbobida quyuq holatgacha bug’latiladi. Tayyor mahsulotda 0,7—0,8% alkaloid bo’lguncha dekstrin ko’shib, aralashtiriladi, quritiladi, maydalanadi, baholanadi va qadoqlanadi. Tayyor maxsulot tarkibida giossiaminga xisoblanganda 0,7—0,8% alkaloid bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarishda issiqlik berish yoki sovutish jarayoni yuz beradi.
Issiqlik berish – bunda issiqlik bir jismdan ikkinchisiga o’tishi bilan yuzaga keladi. Bu esa issiqlik o’tkazish, konveksiya (aralashib ketish) va nur tarqatish usul arida kechadi.
Issiqlik o’tkazish – issiqlik manbai devor qalinligi bilan bog’liq bo’lib, molekulalarning tebranma xarakatini tarqalishi orqali yuzaga keladi.
bu erda:
Q - issiqlik o’tkazish;
l - issiqlik o’tkazish koeffitsienti; u - devor qalinligi, mm;
t1 - issiqlik manbai harorati, 0S;
t2 - issiqlikni qabul qiluvchi manba;
T - issiqlik tarqatadigan manba yuzasi, m2; F - vaqt, s.
Issiqlik o’tkazish jarayonida asosiy hal qiluvchi omil haroratlar farqi (t1-t2=I) bo’lib
hisoblanadi.