National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 633 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference vaqtida o'tib yursak bo'ldi”, degan tasavvur shakllanishiga sabab bo'lgan. Shu va
shunga o'xshash muammolarimiz bor ekan, ularni bartaraf etmas ekanmiz, kelajak
avlodni tarbiyalashda oqsayveramiz” – deydi mamlakatimiz Prezidenti.
Sohani rivojlantirishda o'quv adabiyotlarining sifatiga e'tibor qaratilmoqda.
Tarix faniniga oid darsliklar yaratishda nazariy- metodologik jixatlariga aloxida
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ya’ni, xolislik tamoyili asosida tarixiy
voqea- xodisalarni xolis, tarixiy faktlarga asoslanib, ro’yi rost ochib berish, xech
qanday uydirma yoki bo’rttirishlarga yo’l qo’ymaslik talab etiladi. Voqea- xodisalar
Ilmiy asoslangan , tarixiy faktlarga tayangan xolda ochib beriladi. O'quv
adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratish tartibini
soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini
jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo'shimcha yoki muqobil o'quv adabiyotlari
sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda
yangilab borish ijtimoiy- gumanitar fanlarni o'qitishda muhim omil hisoblanadi.
O'zbekistonda tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish Кontseptsiyasini ishlab
chiqilishi ko'zda tutilmoqda. Kontseptsiya qabul qilinishi natijasida tarix fani sohasini
rivojlantirish butunlay yangicha asosda va tizimli ravishda amalga oshiriladi,
jarayonni samarali boshqarish imkoni tug'iladi. Ilmiy faoliyatni maqsadga muvofiq
yo'lga qo'yish, katta moliyaviy xarajatlardan muayyan samara olish mumkin bo'ladi.
Shuningdek, o'zbek xalqi va davlatchiligi tarixi bo'yicha butunlay yangicha,
milliy manfaatlarga mos ilmiy yondashuvlar asosidagi turkum asarlar tayyorlanadi.
Chuqur bilimga ega, ijodiy va tizimli fikrlaydigan ilmiy xodimlar avlodi shakllanadi.
Oliy ta'limda tarixchi mutaxassislar tayyorlashning butunlay yangicha, ilmiy
muassasalar bilan uzviy bog'langan tizimi yaratiladi. Tarix yo'nalishidagi ilmiy
xodimlar, professor-o'qituvchilarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish darajasi
yuksaladi. Qadim, boy va noyob tarixiy merosni milliy va xorijiy darajada targ'ib
etishning yangicha va samarali tizimi yaratiladi.
Qisqacha qilib aytganda ma'naviyatli, tafakkuri boy, dunyoqarashi keng xalq
boshqaruvidagi davlat xech qachon tanazzulga yuz tutmaydi. Zero bunday xalqning
tarixi buyuk, ma'naviyati yuksak bo'ladi.