National University of Uzbekistan Volume 3


National University of Uzbekistan



Yüklə 490,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix20.09.2023
ölçüsü490,46 Kb.
#145561
1   2   3   4   5   6
kelajak-avlod-tarbiysida-ijtimoiy-gumanitar-fanlarni-o-qitishning-dolzarbligi (1)

National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
631
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
ayniqsa, islom dini bilan bogʼliq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga 
koʼtarilishida ona yurtimizda tugʼilib kamolga yetgan ulugʼ allomalarning xizmatlari 
beqiyos ekani bizga ulkan gʼurur va iftixor bagʼishlaydi.”
1
Shunday ekan, mustaqil Oʼzbekiston taʼlim tizimida Vatan tarixini mufassal, 
asosiy fan sifatida oʼqitish bugungi xayotimizning eng dolzarb vazifalaridan biri 
boʼlib qolishi – bu davr taqozosidir. Ijtimoiy gumanitar fanlarning oʼqitilishi zarurati 
shundaki, oʼtmish tariximizni bilmasdan kelajakni qura olmaymiz. Bugungi yosh 
avlod onggiga xalqimizning istiqlol uchun asrlar davomida olib borgan kurashi
mustaqillikning mohiyati, uning buyuk neʼmat ekanligini singdirib, ular qalbida 
insonparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat,mehr-muhabbat, burch va masʼuliyat 
tuygʼularini singdirishda Tarix, Falsafa, Maʼnaviyat kabi ijtimoiy gumanitar 
fanlarning salmogʼi katta .Mazkur fanlar yosh avlodni ulugʼ xalqimizning milliy 
qadriyatlari va axloqiy sifatlari: xalollik, poklik, odillik, insonparvarlik, rostgoʼylik, 
mehnatsevarlik va kamtarinlik, iymon va eʼtiqodlilik ruxida tarbiyalamogʼi lozim, 
ularda Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqat xissini qaror toptirmogʼi kerak. 
Ijtimoiy fanlar yoshlar hayotida muhim o’rin tutadigan fanlar sirasiga kiradi. U 
kelajak avlodni kreativ fikrlashga, faol bo’lishga undaydi. Jamiyatda bo’layotgan 
barcha o’zgarishlarni keng idrok etishga imkon beradi va jamiyat xayotida faol 
ishtirok etishga undaydi. Maʼnaviyatni yuksaltira borib yot goyalar taʼsiriga 
tushmaslik, ularga qarshi kurashuvchan bo’lishga undaydi. Ijtimoiy fanlar orqali 
siyosiy yetuklikka erishiladi. Tanqidiy fikrlash, xar qanday masalaga to’gri ijodiy 
yondashish normalari shakllanadi. Nutq rivojlanishiga taʼsir kursatadi va bu orqali 
yoshlarda maʼnaviy- siyosiy yetuklik ortib boshqaruv qobiliyati shakllanadi. Ijtimoiy 
fanlar xayotda bo’layotgan turfa jarayonlarni anglashga o’rgatadi va kreativ fikrlash 
g’oyalarini o’rgatishda kuchli moivatsiya rolini o’ynaydi. Shubxasiz ijtimoiy fanlar 
o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida juda kerakli fanlardir. Ijtimoiy fanlarni 
o’qitish davlat siyosati darajasidagi masala desak xato bo’lmaydi. 
Ijtimoiy fanlarni OTM larda o’qitish, dars soatlarini taqsimlash borasida
ayrim qarama-qarshi fikr va mulohazalar ham yo’q emas. Bu xaqda Prezident 
Sh.M.Mirziyoev koʼp marotaba oʼz nutqlarida taʼkidlab, sohada uchrayotgan 
kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqida toʼxtalgan. Prezidentning
2021 yil “Oʼzbekiston” nashriyotida chop etilgan “Yangi Oʼzbekiston strategiyasi “ 
kitobida sohada uchraydigan shu va shunga o’xshash kamchiliklar haqida
jumladan shunday deyiladi:
1
Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Аsarlar.1-jild.81-bet “ Ozbekiston”
nashriyoti, 2012



Yüklə 490,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin