National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 526 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference kitobdan foydalanishga boshlanib bu insoniyatning ong va bilim darajasini yuqori
bosqichga olib chiqdi.
Avvallari axborot birlik ya’ni tor ma’noda asosan ma’lumot olish-berish
shaklida bo’lgan bo’lsa endilikda axborot kengroq insonda falsafiy,axloqiy-estetik,
boshqaruv, iqtisod va boshqa bilimlarni rivojlanishiga qaratildi. Dastlab kitoblardan
chegaralangan darajada foydalanilgan, o’rta asrlar davriga kelib 1445-yilda Ioan
Gutenberg kitob bosish dastgohini kashf etishi bilan bu jaroyon insonlarni qamrab
olish darajasini yuqori darajada oshirdi. Kitob bosish dastgohini ixtiro etilishi
zamonaviy yozma axborot tizimlarining chinakam asosi bo’lmish matbuotning
paydo bo’lishiga sababchi bo’ldi. Aloqa voitalari, radio , televideniya , zamonaviy
texnologiyalar paydo bo’lgunga qadar matbuot asosiy axborot tarqatuvchi vazifasini
bajardi . Axborotga bo’lgan kuchli ehtiyojning vujudga kelishi XV-XVI asrlarda
yangi bilimlarning, dunyoqarashning vujudga kelishi shuningdek Buyuk geografik
kashfiyotlar omili sifatida ko’riladi. Aynan shu davr bugungi axborot turlariga shakil,
mazmun-mohiyatan negiz hisoblanadi. Keyingi davlarda axborotning asosiy manbasi
yozma axborot vositalari hisoblangan bo’lsa, ilm-fan yutuqlari, yangi texnologiyalar
kashf etilishi, yangicha dunyoqarash, insonlarning asta-sekin globall komunikativ va
integratsion aloqalarga, agrar jamiyatdan - industrial jamiyatga bo’lgan qadam
yangicha axborot texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojni ortirdi, natijada dastlab radio
keyinchalik
esa
televideniya-telekomunikatsiyalar
yaratilishiga
olib
keldi.
Televideniya insonlarning eng muhim va ommabob axborot vositasiga aylandi.
Telekomunikatsiya, aniq fanlar , EHM , kibernetika sohalarining taraqqiyoti
axborotning global tarzda ommalashuvi , rivojlanishini osonlashtirdi. Bu sohalarning
taraqqiyoti asosan G’arbiy yevropa davlatlarida ertaroq kechdi sababi bu
davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti, ilmiy muhit va liberal munosabatlarning boshqa
mintaqalardan avvalroq qaror topgani. Keyingi davrlarda davlat va jamiyatlar
taraqqiyoti uning axborot resurslari bilan qanchalik ta’minlanganligiga qarab
belgilanib-axborotlashgan jamiyat tushunchasi qo’llanila boshlandi.
Axborotlashgan jamiyat a’tamasi o’tgan asirninng 60-70 yillaridan Yapona va
Amerikada qo’llanila boshlagan.Asosan axborotni olish, saqlash, yig’ish, uzatish
imkoni yuqori bo’lgan, rivojlangan axborot texnologiyalari, komunikatsiyasiyalari,
axborot infratuzilmalariga ega jamiyatlarga nisbatan “Axborotlashgan jamiyat’’
tushuchasi qo’llaniladi. Bu tushunchaning aniq bir gnesiologik, empirik va falsafiy
muqobil ta’rifi yo’q. Uning kelib chiqishiga oid turli xil qarashlar
mavjud masalan “Axborotlashgangan jamiyatning’’ kelib chiqishi
sanoat inqilobi davriga to’g’ri keladi bu davrda ishlab chiqaruv