часть
3
«
Научный импульс
»
апреля
, 202
3
1785
odamlar bilan o'zaro munosabatlarining konustruktiv usullari va vositalariga ega bo'lishini
taqoza qiladi ,muloqat qilish va yuzaga kelgan o'yin bilish maiyishiy va ijodiy vazifalarini
muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati. Bu kompetensiyaga nutqni rivojlantirish ham kiradi.
Nutq bolaning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi hamda dunyoni bilishi uchun vositadir.
Mazmunga boy va rag'lantirubchi ta'lim muhitida bolalar og'zaki va yozma muloqat
ko'nikmalarini rivojlantiradilar ,bu ularga o'zlariga ishonishga, boshqalar bilan
munosablatlarni o'rnatishga ,dunyo haqidagi tushunchalarni shakillantirishga,
mashg'lutolarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo'lib bajarishga yordam beradi
bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan tushinilishlari uchun o'zlarini namoyon
etishlari mumkin.Ular aytilganlarni tushinish uchun tinglaydilar va kuzatadilar ; savol va
topshiriqlarni eshitadilar va shunga mos javob berishadi.Ular nutqni ayniqsa o'qish ish va
yozishni o'z ichiga olgan mashg'ulotlarga ijobiy qarashadi.Ular nutqning turli shakl va
funksiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak bo'lganida ularni turli xil muloqat
holatlarida moslashtiradilar.
Bu kompetensiya shuningdek ,axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va
kanallardan mustaqil foydalinish qobiliyatini o'z ichiga oladi; ta'lim olishi va rivojlanishida
foydalanish uchun kerakli ma'lumotlarni, qidirish , tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga
solish, o'zgartirish, saqlash qobilayitini mustahkamlaydi.
Ijtimoiy kompetensiya-bu bolaning belgilangan tartib va odob-axloq qoidalariga
rioya qilgan holada tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati.
Bolalar boshqalarni hurmat qilishni va ularning aytganlarini hisobga olishni
o'rganadilar. Guruhlarda samarali ishlash uchun zarur bolgan xulq-atvor qoidalariga amal
qiladilar muammoli vaziyatlarda ular yoshi individual rivojlanishi hususiyatlariga mos
ravishda ularni hal qilish haraktlarni amalga oshiradilar .Ular tobora ko'proq o'zlarini
guruxning bir qismi sifatida ko'radilar va o'z huquq va majburiyalari borligini tushinadilar.
Bolalar boshqalar bilan uyg'unlikda yashashlari mumkin .Ular turli insonlar bilan muloqat
qilishadi va atrofdagilarning madaniy jihatdan hilma-xilligini tan oladilari va ularga yordam
beradilar, qo'llab quvvatlay oladilar.
Shaxsiy kompetensiya "Men kompetensiyasini yaratish". Shaxsiy kompetensiyani
rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakillanadigan va butun hayoti davomida
takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarini namoyish etadi . Bu kompetensiya
bolaning o'z-o'ziga g'amxo'lik qilish uchun ma'suliyatni o'z zimmasiga olish qobiliyatini
hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog'lom turmush tarzini amalda qo'llash
mahoratini o'z ichiga oladi.
Bolalar hayotida o'z o'rnini biladilar, o'zlarining shuningdek boshqalarning farovonligi
haqida g'amxo'lik qilishga o'rganadilar. Bola mustaqil va u o'ziga ishonadi o'zining kuchli
va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida ishlay boshlaydi . U o'zining
boshqalardan farqli tomonlarini tushinadi. O'z g'oyalarini ilgari suradi va targ'ib qila oladi;
o'zi uchunb qaror qabul qilishni o'rganadi. U qanday tanlashni biladi, o'z oldiga maqsadlar