Международный
научный
журнал
№
9
(100),
часть
3
«
Научный
импульс
»
апреля
, 202
3
1784
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA'LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY
YONDOSHUV
Altibayeva Gulbaxor Majitovna
Termiz davlat Pedagogika instituti, o’qituvchi
Tog'aymurodova Shaxriniso 1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim tarbiya berish haqida so'z
boradi
Kalit so‘zlar:
ta'lim, tarbiya, pedagogika, kompetensiya, komunikativ, ijtimoiy, nutq,
muloqot, ta'lim tamoyillari .
Biz bilamizki tarbiya masalasi o'tgan zamonlarda ham hozirgi zamonda ham eng
muxim masalalardan biri bo'lib kelgan .Inson dunyoga kelibdiki
unga birinchi navbatda
tarbiya berilib boshlanadi. Komil, barkamol insonni tarbiyalash voyaga yetkazish haqida
musulmon sharqi axloqi tarixida Inson
hayoti uchun dasturulamal, qòllanma vazifasini
o'tagan kop pandnomalar xalq kitoblari mavjud bolgan. Shular jumlasidan: Sa'diyning
"Guluston", "Boston", Amir Temurning "Temur Tuzuklari"
Abdurahmon Jomiyning
"Bahoriston" Alisher Novoiyning "Mahbubul-qulub" va boshqalarini sanab o'tishimiz
mumkin. Ma'rifat va tarbiya asoschilaridan biri bo'lgan bobomizning shunday gaplari bor .
Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot ,
yo najot - yo halokat , yo saodat yo falokat
masalasidur .(Abdulla Avloniy ). Bu asarlarning ko'pchilligida soflik, poklik, tog'rilik,
rostgo'ylik, insonparvarlik ma'rifatli bo'lish ta'lim-tarbiya
kabi insonning sharqona
fazilatlari berilgan. Bugun biz ko'plab shunday asarlardan foydalanib bolalarga ta'lim-
tarbiya bermoqdamiz .Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda pedagogika sohasi ham
sezilari darajada rivojlanib bormoqda. Shulardan birgina maktabgacha ta'lim sohasini olib
qaraydigan bo'lsak ko'plab davlat, nodavlat, xususiy sherikchilikdagi bog'chalar ,uy
bog'chalar faoliyat olib bormoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar ta'lim
bilan
birgalikda tarbiya ham olishadi. Maktabgacha ta'lim bolaning tayanch kompetensiyalarini
rivojlantirish uchun asos bo'lib hizmat qiladi. U ta'limning keyingi bosqichlarida shuningdek,
butun hayoti davomida rivojlanib boradi .Kompetensiya-bolaning bilim ,ko'nikma, malaka
va qadriyatlari majmuyidir.
Kompetentli bo'la o'z bilim ,ko'nikma va malakalarini
muayyan vaziyatda safarbar
qilishi va qo'llashi, o'z maqsadiga erishishi rivojlanishining har bir bosqichida yoshiga mos
keladigan vazifalarini hal qilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda
kompetensiyali yondoshuv bolaning bilish bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlari, muammolar va
imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakillantirish axloqiy me'yyorlar va
qadriyatlarini rivojlantirish boshqa insonlar bilan muloqat qilish shaxsiy "Men
kompetensiyani " shakillantirishni o'z ichiga oladi. Komunikativ kompetensiya atrofdagi