«Научный импульс» Декабрь, 2022 1262 maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari abdullayeva Umida Toshpo'latovna



Yüklə 46,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü46,62 Kb.
#169141
1   2   3   4
Abdullayeva Umida Toshpo\'latovna


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
1263 
Ijtimoiy pedagogik yondashuv. Uning mazmuni shundan iboratki, bola tomonidan 
insoniyat tajribasining o‘zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanishni amalga oshirish. Bunday 
yondashuv ta'lim berish jarayonini yakuniy natijaga-bola shaxsining ijtimoiylashuviga 
erishishga yo‘naltirilgan. Uning mohiyati bola tomonidan jamiyatning ahloqiy, ma'naviy 
o‘zgarishlarni tubdan isloh qilishdir. Bunday yondashuvda ta'lim tarbiya beruvchi vazifani 
bajaradi. 
Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash 
jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi 
(variatsiyalaydi). O‘qitish insonning individual rivojlanishini tezlashtiradi, qaysiki ijtimoiy 
qonunchilikka bo‘ysunadi. Shu bilan birga u insonning o‘rnatilgan tartibda individual 
rivojlanishi bilan birga, inson ongining umumiy tarixiy rivojlanishiga ham bog‘liqdir. O‘qish 
umumiy va individual anglash shakllarini yaqinlashtiradi, individual faoliyatni umumiy 
anglash tizimiga yaqinlashtiradi, bolaning shaxsiy tajribalari va o‘qish va o‘qitish davrida 
yuzaga kelgan tushunchalar orasidagi tafovutlarni chaqiradi. 
Gnoseologik o‘qitishning mohiyati ta'lim vazifalarini tabiq etishda o‘qitilayotgan 
ob'ektning individuallashtirish jarayonini amalga oshirishdan iborat. 
Psixologik yondashuv. Bu yondashuv uchun insonning rivojlanishi va bilimlarni 
o‘zlashtirishini psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqishdan iborat. 
Aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasini inobatga olgan holda 
(P.Ya.Galperin, N.F.Talo‘zin), o‘qitish birinchi materiallashgan bosqichdan ikkinchisi, ya'ni 
tayanch tashqi nutq faoliyatida saqlangan bosqichga o‘tadi. Undan so‘ng aqliy faoliyat 
to‘liq ichki faoliyatda amalga oshiriladigan uchinchi, yuqori bosqichga o‘tadi. Bunday 
yondashuvda o‘qitishning mohiyati aqliy faoliyat shakllanishining bosqichlariga mos 
ravishda solishtiriladi. Bunday yondashuvda o‘qitish o‘qitiluvchining shaxsiga yo‘naltiriladi 
va rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi. 
Akmeologik (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va 
o‘qish degan ma'noni bildiradi) yondashuv o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan 
xususiyatlarini ochib beradi. Uning asl mohiyati shundan iboratki, o‘qitish shaxsning 
hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayoti mazmuniga bir tekisda kirib boradi. 
O‘qitish nafaqat o‘qitiluvchi va va pedagogning fikr va munosabatlarini uyg‘unlashtirib, 
mazmun maydonini o‘zgartiradi, balki, o‘zaro munosabatlarning yaxlit sub'ektining paydo 
bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunda o‘qitishning o‘zaro tarbiya, o‘zaro ta'lim, o‘zaro 
hamkorlik, o‘zaro ijodiylikka aylanishiga omil bo‘ladi. 
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta'lim maqsadlari 
mavjud: tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy. 
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi – bola extiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtai-
nazarni tadbiq etish (kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatda bola 
tomonidan o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni bosib o‘tish yo‘li). 
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga 
hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi. 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 46,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin