O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI “ELEKTRONIKA VA ASBOSOZLIK” YO‘NALISHI TINGLOVCHISI NISHANOVA MINOVARXON MAMASOLIYEVNANING MAHORAT DARSI Toshkent 2023 “YARIMO’TKAZGICHLARDAGI ZARYAD TASHUVCHILAR KONSENTRATSIYASI” MAVZUSIDAGI
Hozirgi kundagi rivojlanish oliy ta'lim tizimi va unda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar zimmasiga ilm-fan yangiliklaridan xabardor, intellektual salohiyatli, ma'nan yetuk, ijodkor va keng tafakkur egalarini yetkazib berishdek mas'uliyatli vazifani yuklaydi. Bunday vazifalarni bajarish har bir pedagogdan yuksak mahorat va tajribaga ega bo‘lishni, har bir o‘quv mashg‘ulotlariga kreativlik nuqtai nazardan yondashishni, ta'lim sohasidagi innovasiyalarni tezlikda o‘zlashtirib, o‘quv jarayonlari mazmuniga olib kirishni talab etadi. Ta'lim jarayoniga innovasion ta'lim texnologiyalarini tatbiq etishda ilg‘or xorijiy mamalakatlarda ommalashib, hozirgi kunda bizning ta'lim tizimimizda keng qo‘llanilayotgan modulli o‘qitish texnologiyalari o‘quv jarayonlari sifat-samaradorligini oshirishga xizmat qilishi o‘z tasdig‘ini topdi va ayni vaqtda ta'lim jarayonlariga bunday yondashuv dolzarb ahamiyatga ega.

Shu nuqtai nazardan, bizning tanlagan mavzuimiz ham “Elektron texnika materiallari va elementlari” mutaxassislik fani mavzulariga modulli texnologiya talablari asosida yondashgan holda o‘qitishning samarali shakl, usul va vositalardan foydalanib, talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi mavzuning modulli ishlanmasini yaratishga qaratilganligi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi.