Навоий кон-металлургия комбинати



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə14/21
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#200101
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Na`muna TAYYOR

IV. IQTISODIY QISM.
DETALGA MEXANIK ISHLOV BERISHDAGI VARIANTLARNI TAQQOSLASH
Variantlarni texnik-iktisodiy takkoslash uchun avval ishlab chiqilgan operatsiyalarni tanlash zarur. Ikki operatsiyani taqqoslash uchun nisbatan ilg‘or uskuna, dastgohiy moslama, kesuvchi va o‘lchovchi asbobdan foydalanish kerak. Operatsiyaning har bir varianti bo‘yicha texnologik tannarx aniqlanishi va taqqoslash amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash uchun bitta yuzaning o‘ziga har xil usullar bilan ishlov berish tortiladi.
Xomaki detalga ishlov berishning texnologik tannarxi quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  • xomaki detal materiallarining bahosi;

  • ishlab chiqarish ishchilarining ijtimoiy ximoyalash bo‘yicha ustama kiymati hisobga olingan holdagi asosiy va qo‘shimcha ish xaqi;

  • elektroenergiya xarajatlari;

  • asbob va moslamalar va ularni ishlatish va saqlashga xarajatlar;

  • uskunaning balansdagi bahosidan amortizatsion ajratmalar;

  • texnologik uskunani saqlash bo‘yicha xarajatlar;

  • texnologik uskunaning joriy ta’mirlashga xarajatlar.

Ishlov berish variantini tanlashda operatsiya tannarxining hisobi xarajatlarning bevosita taqsimlanish uslubi (kalkulyatsiya qilish uslubi) yoki me’yoriy uslubda amalga oshirilishi mumkin.
Operatsiya uchun xom–ashyoga ishlov berish texnologik tannarxining barcha moddalari bo‘yicha xarajatlar bevosita kalkulyatsiya qilish bilan aniqlanadi:
Sop = Zop + Es + Zi.r + Zpr + Ast + Os.o + Tu (1)
Bu yerda:
Zop – ishchining bir operatsiyani bajarishda olgan ish xaki, so‘m;
Es – elektr energiya uchun xarajatlar, so‘m;
Zi.r – kesuvchi asbob uchun xarajatlar, so‘m;
Zpr – dastgoh moslamasi uchun xarajatlar, so‘m;
Ast – uskunaning balansdagi tannarxidan amortizatsion ajratmalari, so‘m;
Os.o – uskunani saklash buyicha xarajatlar, so‘m;
Tu – uskunani joriy ta’miri uchun xarajatlar, so‘m.
Materiallar va yarim fabrikatlarning narxi materiallar sarfining turli me’yorlari yoki xomaki detal xosil kilishning turli uslublari ko‘zda tutiladigan texnologik operatsiya samaradorligini solishtirma baholashda hisobga olinadi.
Dastgohchilarning ish xaqlari bir operatsiya uchun ishlov berish mexnat xajmiyligi murakkabligi) bo‘yicha aniqlanadi:
Zop = Tsh ∙ Tz (2)
bu yerda Tz – tegishli ish razryadi ish xaqining tarif stavkasi, so‘m Tz=2400 so‘m.
Tshoperatsiyani bajarish uchun donabay vaqt, min Tsh=4,91 min
Zop = 4,91 ∙2400=11784 so‘m
Elektroenergiya uchun xarajatlar dastgohni ishatish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Berilgan operatsiyada bitta xom–ashyoga ishlov berishga tegishli ushbu xarajatlarning qiymati quyidagicha aniqlanadi.
(3)
bu yerda
Nst - dastgoh elektrodvigatellarining o‘rnatilgan quvvati, kVt; Nst=8 kVt.
ηt – dastgoh elektrodvigatellarining quvvat bo‘yicha yuklanish koeffitsienti, metallni kesish maromiga bog‘liq ravishda (ηt = 0,5 ÷ 0,9);
To – berilgan operatsiya uchun asosiy (texnologik) vakt, min; To =1,27 min
ηs – tarmokdagi kuvvat yo‘qolishini hisobga oluvchi koeffitsient ηs = 0,96;
ηst – elektrodvigatellarning foydali ish koeffitsienti (F.I.K.), (st = 0,90 + 0,95).
Se– 1 kVt/soat elektro-energiyaning narxi, so‘m (elektr energiya bilan ta’minlash manbaiga bog‘liq ravishda 1000-1200 so‘m).

O‘lchov asboblaridan foydalanish bo‘yicha xarajatlar odatda kam, shuning uchun hisoblashlarida ularni e’tiborga olmaslik mumkin.
Operatsiyaga tegishli metall qirquvchi asboblarni xarajatlari:
(4)
bu yerda

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin