Eef.= (Sop. suщ. tex - Sop. proekt ) N =(103414 –88432 ) 1 000 =14982000 so‘m V. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI BO`LIMI
Hayot faoliyati xavfsizligi. Hayot faoliyati xavfsizligi- ish sharoitlarining inson sogligiga va ish kobiliyatiga ta’sirini urganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini soglomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yunaltirilgan sanitariya-gigiena, jaroxatlanishni, kasb kasalligini oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chikadi.
Teri – inson tanasining tashki koplamasi bulib, uni turli mexanik shikastlanishlardan saklab, tana xaroratini bir maromda bulishini ta’minlab turadi. Balogat yoshidagi kishi 18o-20o S xaroratda yengil jismoniy mehnat kilganda, sutkasiga o‘rtacha 11340 J issiklik sarflaydi. Inson uchun kurish, eshitish, nafas olish, sezish, asab sistemalari muxim omillar xisoblanadi. Inson 20 Gs dan 20000 Gs chastotali tebranishgacha bulgan tovush tulkinlarini eshita oladi. Kulokning sezish kobilyati ancha yukori bulib, 2000 Gs dan 4000 Gs gacha diapazondagi tovushlarni normal eshitadi. Birok 8000 Gs dan pastrok va 6000 Gs dan yukorirok chastotada sezish kobilyati bir muncha pasayadi. Xid bilish kabi sezgi organlari bilan kishi xavoning zararli moddalar bilan ifloslanganligini aniklaydi. Bu xidlar o‘zok vakt ta’sir etishi natijasida odamning sezish kobiliyatini pasaytiradi.
Atrof muxitdagi o‘zgarishlar (issiklik va sovuk, namlik, shovkin, tebranish) odamning fiziologik ruxiy xolatiga ta’sir o‘tkaza boshlaydi.
Ishlab chiqarish sharoiti yoki xolatini asosan 4 gruppa omillarga ajratish mumkin:
1-gruppa – atrof muxitning sanitariya gigiena xolati. Bularga xavo xarorati, atrof-muxitning tozaligi, yoruglik, tovush va boshkalar kiradi.
2-gruppa – mehnat vositalari: ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mashina-mexanizmlar, asbob va moslamalar.
3-gruppa – tashkiliy formalar kiradi. Ular ish rejimi va dam olishga hamda mehnat taksimotiga asoslanadi.
4-gruppa – odamlarning o‘zaro munosabatlari, ish sharoitlari va mehnat natijasiga bulgan munosabatiga boglik ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi.
Mashinasozlik sanoati korxonalarini kurishda sanitariya va gigienaviy umumiy talablari va zararli moddalardan himoya qilish. Korxonalarning loyihalarida: 1) Xona xavosiga, atmosferaga va okavo suvlarga zararli yoki yomon xidli moddalarning kushilmasligini yoki juda oz mikdorda bulishini, shuningdek, ish xonalarida issik va namlikning ajralib chikmasligini yoki juda oz mikdorda bulishini.
2) Shovkin, titrash, ultratovush, radiochastotalarning elektromagnit tulkinlari, statik elektr va ionlovchi nurlanishlar bulmasligi yoki juda oz mikdorda xosil bulishini ta’minlaydigan texnologik protsess va jixozlar ko‘zda tutilishi lozim. Yukorida sanab utilgan zararliklarni ajratib chikadigan yoki shu zararliklarning manbalari xisoblangan korxonalarni turar joy binolaridan sanitariya-himoya zonalari bilan ixotalash lozim. Sanitariya-himoya zonasining ulchami korxona ajratib chikaradigan zararli moddalar mikdoriga boglik bulib 50 … 1000 m ni tashkil etadi. Ishlab chiqarishda sanitariya-himoya zonasi 5 klassga bulinadi (SN 245-71)
I kl – 1000 m, II kl – 500 m; III kl – 300 m; IV kl – 100 m; V kl- 50 m
I, II, III kl – ximiya, metallurgiya, ayrim ruda va rudasiz ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
IV kl ga – ximiya va metallurgiya korxonalari bilan boglik ishlab chiqarish, elektr asbob-uskunalar ishlab chiqarish va metallarni ishlov berish korxonalari.
V kl ga – tipografiya, mebel fabrikalari, yengil sanoat korxonalari (shvey, xbk, piщevoy va boshkalar). Birta ishlovchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xonalarining xajmi 15 m3 dan, xonalar saxn esa 4,5 m2 dan kam bulmasligi kerak.
Ishlab chiqarish binoalari va inshootlarining derazalarida shamollatish uchun yoruglik tushadigan joylar umumiy saxnining 20% ini tashkil qilishi, ochiladigan tabakalar kilinishi kerak.
Sanitariya – maishiy xonalarning 1 kishiga to‘g‘ri keladigan saxni kuyidagicha xisoblanadi. (me’yorlangan)
-Gardirob va yuvinish xonalari – 0,6 m2 -Dushlar (bir dush xonaga 5 ta odam xisobida ) – 0,43 m2 -Dam olish, isinish va ovkatlanishga muljallangan xonalar – 1m2 -Korjomani kuritish xonalari – 0,2 m2 -Xojatxona – 40 kishiga 1 ta unitaz
Agar ishlab chiqarishda ishlaydigan ayollar soni 100 dan kup bulsa, ayollarning shaxsiy gigiena xonasi ko‘zda tutiladi. Bu xonaning saxni 1 ta ayolga 0,18 m2 dan to‘g‘ri keladi.
Mashinasozlik sanoatida ishlatiladigan uskunalarning ayrim turlariga kuyiladigan xavfsizlik talablari.
Mashinasozlik sanoatida qo‘llaniladigan uskunalarning ayrimlarida ularning xavfsizligini to‘liq ta’minlash maksadida muayyan uskuna uchun xavfsizlikni ta’minlashning maxsus talablari ishlab chikilgan.
Pnevmatik boshqarish kurilmasi. Bunday kurilmalardan xar turli ishlarni mexanizatsiyalashtirishda keng foydalaniladi. Pnevmatik boshkarish kurilmalari ishchilarning ishlarini yengillashtiradi. Pnevmatik boshqarish qurilmalari qo‘l bilan harakatga keltiriladigan kismlariga sarflanadigan kuch miqdorlari me’yorlari berilgan. Sarflanadigan kuch barmoklar bilan boshkarishda 10 N, umuman, bilak kuchi sarflansa 40 N, yelkagacha bulsa 150 N va ikkala kul bilan boshkarilsa 250 N kilib belgilangan.
Pnevmatik boshkarish kurilmalarini tik turgan xolda xarakatga keltirish mumkin. Bunda boshkarish dastasi 1200-1600 mm balandlikda buladi. O‘tirib boshqarish, unda boshkarish dastasi 600-1200 mm balandlikda buladi.
Pnevmatik boshkarish kurilmalarini xarakatga keltirish kismlarini xar xil bexosdan ta’sirlar natijasida (masalan titrash, tebranish, silkinish, ogirlik kuchlari va xokazo) ochilib ketmasligini ta’minlaydigan maxkamlash vositalari bilan ta’minlangan bulishi kerak. Yanglishmaslik uchun kranlarning «ochik» va «yopik» xolatlari yozuvlar bilan belgilab kuyiladi. Ish joylarida pnevmatik boshkarish kurilmalaridan tarkalayotgan shovkin sanitar-gigienik norma 80-85 B. dan oshmasligi kerak.
Pnevmatik boshkarish kurilmasi detal kismlarining mustaxkamligini, ishlatilishi zarur bulgan bosimni 1,5 marta orttirib, 5 minutdan kam bulmagan vaktgacha ta’sir etdirish yo‘li bilan sinab kuriladi. Ishlatib bulingan xavo odamlar turgan tomondan karama-qarshi tomonga chikarib yuborilishi kerak. Xavo tarkibidagi zararli moddalar mikdori yo‘l kuyilishi mumkin bulgan mikdordan oshmasligi kerak
Abraziv asboblar. Yogoch, metall, plasmassa maxsulotlarining yuzalarini silliklash, ba’zi bir ortikcha joylarini sidirib tozalash, shuningdek kesish asboblarini kayrash, kuyma detallarni tozalashda abraziv asboblardan foydalaniladi. Uni dumalok, to‘g‘ri turtburchak yoki segment shaklida maydalangan abraziv materiallarni bakelit, vulkanit kabi biriktiruvchi moddalar kushib presslash yo‘li bilan tayyorlanadi.
Abraziv materiallar tabiiy (korund, kayrok, kum, olmos) va sun’iy (elektrokorund, karborund, oyna changi) turlarga bulinadi.
Bunday moddalar bilan ishlov beriladigan dastgoxlarni abraziv dastgoxlar deb yuritiladi. Ular uch turga bulinadi: charxlovchi, silliklovchi va egiluvchi valli dastgoxlar.
Abraziv silliklash dastgoxlarida ishlaganda ishchi uchun xavfli bulgan va jaroxatlanishga olib kelishi mumkin bulgan abraziv va metall zarralarning, silliklanayotgan detalning otilib ketishi xam mumkin.
Charxlanayotgan detalni kulda ushlab turib charxlashda kulni charxga tegib ketishi xam jaroxatga olib keladi. Bundan tashkari charxga birmuncha kuch kuyilishi natijasida charx parragining parchalanib otilib ketish extimoli xam yuk emas.
Agar mabodo aylanib turgan charx maydalanib ketsa va yoki muhofaza tusiklari bulmasa, unda uning keltirib chiqarishi mumkin bulgan okibatlarini tasavvur qilish kiyin emas. Albatta bunday parchalanish sabablari turli-tuman bulishi mumkin. Masalan, charx aylanmasida darz ketganligi, uning tarkibiy kismida bushliklarning bulishi, charx gardishini yasaganda unga begona moddalar kirib kolishi, charxni noto‘g‘ri ishlatish va o‘zok ishlash davomida kizib ketishi va boshkalar bulishi mumkin.