Навоий кон-металлургия комбинати


Radial parmalovchining ish o‘rni xavfsi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə18/21
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#200101
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Na`muna TAYYOR

Radial parmalovchining ish o‘rni xavfsizligi. Radial parmalash stanogida ishlaydigan parmalovchining ish urni ung tomonida kor­pus detallar uchun tagliklar, chap tomonida asboblar jovoni joylashgan. Ishchining chap yonida zagotovkalarga ishlov berish uchun zarur asboblar stolchasi joylashgan. Kesish, ulchash asboblari, yordamchi asboblar jovonida turadi. Moslamalar jovonlarda saqlanadi. Ish o‘rnida ko‘chma qabul stolchalari ham bor. Ish chizmalari va texnologik hujjatlar ishchining ork;a tomonidagi planshetda saqlanadi.
Parmalovchining ish o‘rnidagi yorug‘lik, harorat va namlik me’yorida, havo toza va boshqa sharoitlar ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Tokarlik stanogiga texnik xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik qoidalari
Tokarning ish o‘rnini tashkil etish. Tokarning ish o‘rni deyilganda stanok, moslamalar, asboblar va yordamchi uskunalar komplekti, zagotovkalar va tayyor detallar uchun idishlar joylashgan sexdagi ma’lum maydonga ega bulgan joyni tushuniladi. Yordamchi uskunalarga: texnik hujjatlar komplekti (kursatmalar, ma’lumotnomalar, yordamchi jadvallar); stanokka va ish o‘rniga xizmat ko‘rsatish asboblari komplekti (moydonlar, chutka-supurgilar, hokandozlar, artish lattalari); asboblar shkafi, tagliklar, tokchalar, oyok ostiga tushaladigan panjaralar, taburetkalar kiradi.
Tokarning ish unumdorligi ish urnining jihozlanishiga va mehnatni tashkil etish darajasiga bog‘lik;. Ish o‘rni yomon jizhozlangan va mehnat yomon tashkil etilsa ish vaqtining 20—30 foizi yukotiladi.
Ish o‘rnida ishlab chiqarishni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar:
unumli ishlash uchun yetarli sharoitlarni yaratish; ishlov berish jarayonini mumkin qadar to‘liq mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; qo‘lda bajariladigan unumsiz va charchatadigan ishlarni bartaraf etish, ishning xavfsiz bajarilishini ta’minlash.
Tokarning ish urnida uskunalarning joylashishiga qo‘yiladigan asosiy talablar: ish o‘rnidagi ishlab chiqarish maydonidan tejamli foyda lanish;
tokarning harakati va jismoniy kuchi mumkin qadar tejalishi;
mehnat muhofazasi va xavfsizlik koidalari hamda talablarning kat’iy bajarilishini ta’minlash.
Ishlash uchun kulay sharoitlar yaratish va yuqorida ko‘rsatilgan talablarni bajarish uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
asbob-uskunalarni tegishli qul ostida joylashtirish: ishchining ung tomonida o‘ng qo‘l bilan olinadigan, chap tomonda esa chap qo‘l bilan olinadigan asbob-uskunalar joylashishi lozim;
tez-tez kerak bo‘ladigan narsalar ishchiga yaqinroq, kamroq ishlatiladiganlari esa uzoqroqda turishi lozim;
narsalar to‘planib, ishchining harakatiga to‘sqinlik qilmasligi, shuningdek narsalar ish joyida sochilib yotmasligi va ortiqcha harakat qilishni talab etmasligi kerak;
yordamchi uskunaning doim bir xil joylashishi maqsadga muvofiqdir.
Tokarning ish o‘rnini rejalashning ikki usuli bor. Birinchi usul buyicha asboblar shkafi ishchining ung tomonida, zagotovka­lar va tayyor detallar idishi esa chap tomonida joylashadi. Bunday rejalash vallar toifasidagi detallarga ishlov berishda qulay bo‘ladi. Chunki zagotovkani markazlarga o‘rnatish va tayyor detalni stanokdan olish ishi chap qo‘l bilan bajariladi. Ikkinchi usulda asboblar shkafi ishchining chap tomonida, tayyor detallar idishi esa o‘ng tomonida joylashadi. Bunday rejalash disklar va vtulkalar toifasidagi detallarga ishlov berishda qulay bo‘ladi, chunki ular patronga. ung qo‘l bilan o‘rnatiladi.
Stanokka texnik xizmat ko‘rsatish. Bundan maqsad — stanokning dastlabki aniqligini uzoq vaqt saqlash va undagi qismlarning barvaqt yeyilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Stanoklarga ishni boshlash oldidan, ish vaqtida va ish tugagach texnik xizmat ko‘rsatiladi. Texnik xizmat ko‘rsatishda bajariladigan ishlarning mazmuni ularni o‘tkazish davriga bog‘liq.
Ish boshlash oldidan:
qo‘l bilan moylanadigan joylardagi barcha moydonlarga moy quyiladi, surish vinti va surish valigi moylanadi;
tezliklar qutisi, fartukdagi moy sathi moyko‘rsatkichga qarab tekshiriladi va kamiga moy quyiladi;
stanok salt ishlatib kuriladi, boshqarish organlari, elektr uskunalar, sovitish gidrostansiyasi va hokazolarning yaxshi ishlashi tekshiriladi.
Ish vaqtida:
stanokning ishlashi diqqat bilan kuzatib boriladi; stanina va supportdagi yunaltirgichlarni zagotovkalar, ishlov berilgan detallar va qirindilar tegib shikastlashidan saqlash kerak;
tezliklar va surishlar qutisini ishlab turganda almashlab qo‘shishga ruxsat etilmaydi;
shpindelning aylanish tomonini almashtirishdan avval uni to‘xtatish zarur;
supportning tez siljish harakati vaqtida asbobning zagotovkaga urilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
ish vaqtida yaroqsiz asboblardan foydalanmaslik va asosiy harakat yuritmasiga hamda surish mexanizmiga ortiqcha yuk bermaslik kerak; ish tugagach, stanokni albatta to‘xtatish shart.
Ish tugagandan keyin: stanokni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi; stanok (ayniqsa yo‘naltirgichlar) qirindi, chang, MSS ning tomchilaridan tozalanadi; stanokning ish sirtlarini zanglashdan saqlash uchun ularni moylab qo‘yish zarur;
stanokni ishlatishga oid ko‘rsatmalarga muvofiq; markazlashtirilgan usulda moylash sistemasidagi moy almashtiriladi; moydonlar qo‘yuq moy bilan to‘latiladi.
Xavfsizlik qoidalari. Bu qoidalarga binoan tokar ishni boshlash oldidan, ish vaqtida va ish tugagandan keyin ma’lum talablarni bajarishi shart.
Ish boshlash oldidan tokar:
ish kiyimlari stanokning harakatlanadigan qismlariga o‘ralib qolmasligi uchun ularni tartibga keltirishi, jumladan, galstuk, manjetlar, tasmalar, ro‘mol va hokazolarning osilib turgan uchlarini yig‘ishtirib qo‘yishi, sochini bosh kiyimi ostiga olishi, barmoqlarga bint o‘ralgan hollarda ishlamasligi kerak;
stanok, moslamalar (patron, ketingi babka markazi, lyunet) va asboblarning yaxshiligini tekshirishi zarur;
muhofaza kojuxlari va ekranlarning mavjudligi hamda durustligini tekshirishi lozim;
oyoq ostiga to‘shalgan panjaraning qimirlamasligini va o‘lchamlarini tekshirishi kerak;
aniqlangan kamchiliklar to‘grisida ustaga albatta xabar berishi va ular bartaraf etilgandan keyingina ishga kirishishi shart.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin