Texnologik mezonga qarshi quyidagi e’tirozlar olg’a suriladi: - jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hajmini o‘lchashning oqilona birligi mavjud emasligi; - texnologik daraja ko‘rsatkichida jamiyatni axborotlashgan deb atash mumkin bo‘lgan nuqtani aniqlashning qiymatli yechimi topilmaganligi muammosi; - texnologiyalar ijtimoiy sohadan ajralmasdir, ular ijtimoiylikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Iqtisodiy mezon esa axborotning iqtisodiy qadr-qimmati o‘sishini hisobga olishni nazarda tutadi. Yalpi ishlab chiqarishning ichki mahsulotida axborot biznesi ulushining ko‘payishi jamiyat rivojlanishining axborotlashgan jamiyat tomon harakatlanishini bildiradi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasini aniqlash uchun olimlar tomonidan “Yalpi raqamli mahsulot” ko‘rsatkichini kiritish taklif qilinmoqda. U axborot texnologiyalari yoki axborot va intellektual tarkibiy qism yordamida iqtisodiy sektorlarda yaratilgan iste’molchi uchun foydali bo‘lgan axborot, tovar va hizmatlarining bozor qiymatini aks ettiradi.Iqtisodiy mezonni eng birinchilardan bo‘lib, amerikalik olim Fris Maxlup taklif etgan, u axborot sohalariga ta’lim, huquq, noshirlik ishi, ommaviy axborot vositalari va kompyuterlarni ishlab chiqarishni kiritdi. Mark Porat esa birlamchi va ikkilamchi iqtisodiyot sektorlari orasiga farq kiritgan amerikalik olimlardan biri hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasini aniqlash uchun olimlar tomonidan “Yalpi raqamli mahsulot” ko‘rsatkichini kiritish taklif qilinmoqda. U axborot texnologiyalari yoki axborot va intellektual tarkibiy qism yordamida iqtisodiy sektorlarda yaratilgan iste’molchi uchun foydali bo‘lgan axborot, tovar va hizmatlarining bozor qiymatini aks ettiradi.Iqtisodiy mezonni eng birinchilardan bo‘lib, amerikalik olim Fris Maxlup taklif etgan, u axborot sohalariga ta’lim, huquq, noshirlik ishi, ommaviy axborot vositalari va kompyuterlarni ishlab chiqarishni kiritdi.
Mark Porat esa birlamchi va ikkilamchi iqtisodiyot sektorlari orasiga farq kiritgan amerikalik olimlardan biri hisoblanadi. Birlamchi sektor aniq iqtisodiy baholanishi mumkin, chunki u bevosita bozor qiymatini yaratadi. Ikkilamchi sektor iqtisodiyot uchun muhim hisoblansada, ammo uni iqtisodiy baholanishni amalga oshirish ancha mushkul amal hisoblanadi, chunki u kompaniyalar va davlat korxonalari ichidagi axborot faoliyatini o‘z ichiga oladi. Axborot jamiyatini aniqlashning iqtisodiy mezoni amerikalik olim,professor Gerbert Shiller ishlarida ham o‘zining nazariy asosini topgan. U “axborot va kommunikatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday innovatsiyalarga nisbatan bozorning o‘rni hal qiluvchi bo‘lib qoladi: axborotlar tovar bo‘lib qolishi kerak,ya’ni ularga kirish yo‘li faqat tijorat asosida bo‘ladi”- degan hulosaga keladi. Bunday holatda axborot ko‘proq har qanday boshqa tovarlarga o‘xshab qoladi. Shillerning ta’kidlashicha, bozor tamoyillari axborot sohasida ham xuddi kapitalistik jamiyatdagidek to‘laligicha ishlaydi.