Navoiy davlat konchilik instituti ham texnologiyalar universiteti yonidagi Nukus konchilik instituti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə5/6
tarix30.10.2022
ölçüsü298,61 Kb.
#66807
1   2   3   4   5   6
N1 Mustaqil Ishi Infarmatika

Shu mezonga mos holda, ishlab chiqarilgan axborotlarning miqdori va sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularni foyda olish imkoniyati mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda bozor tamoyillariga asosan, qanday ko‘rinishdagi axborotni ishlab chiqarish kerak, kim uchun va qanday shart-sharoitlarda, degan savollarga duch kelinishi tabiiy hol hisoblanadi. Ushbu iqtisodiy mezonga qarshi quyidagi e’tirozlar ilgari surilmoqda: > axborot sektoriga nimani kiritmoq kerakligi haqidagi masalani hal etishda, yashirin sharh va baholi mulohazani chetlab o‘tish mumkin bo‘lmay qoladi. Natijada axborot sektorining iqtisodiy ahamiyati bo‘rttirib ko‘rsatilishi mumkin. Misol uchun, F. Maxlup o‘zining «bilimlar sohasi»ga “axborot binolari”ni qurishni kiritadi, bu esa shunga o‘xshash binolar, masalan, universitetlar va kutubxonalar qurilishi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborxona inshootlari qurilishidan keskin farq qilishini nazarda tutadi. M. Porat o‘zining “ikkilamchi axborot sektori”ni tadqiq etganda, u har qanday sohani axborot va noaxborot qismlarga bo‘lib oladi.

Bu yerda aholi bandlik tuzilmasi va bu tuzilmaning o‘zgarish tendensiyasi ko‘rib chiqiladi. Faoliyat yurituvchi jamiyat a’zolarining ko‘pchiligi axborot sohasida ishlaganda, jamiyat o‘z rivojlanishining raqamli axborotlashgan bosqichiga kirib boradi deb tushuniladi. Bunday yondashuvda axborot jismoniy bo‘lmagan mehnat uchun xomashyovazifasini bajaradi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi insonlar bo‘lib, ularning asosiy vazifasi axborot yaratish va undan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Mehnat mezoni amerikalik sotsiolog Deniyel Bell asarlarida o‘z nazariy asosiga ega bo‘ldi. U har qanday bosqichda butunlay va yaxlit holda mehnatning ustuvor yo‘nalishi bilan belgilanadigan ijtimoiy tuzilish turkumlarini taklif qildi.

Uning fikricha, industrial rivojlanish davrigacha bo‘lgan jamiyatlarda qishloq xo‘jalik mehnati asosiy faoliyat turi bo‘lgan, industrial jamiyatlarda eng ko‘p tarqalgan mehnat manufakturalardagi mehnat bo‘lsa,postindustrial jamiyatda bandlikning asosiy turi hizmat ko‘rsatish sohasi ustuvorligida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababini Bell ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi tufayli deb tushuntiradi. Ishlab chiqarish unumdorligining o‘sishi sababli, jamiyatda o‘qituvchilar, shifokor hamda shifoxonalar va shu kabilar sonining oshishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Industrial jamiyat qanchalik ko‘p ne’matlar yaratsa, hizmat ko‘rsatish turlari shunchalik ko‘payadiki, industrial soha ishchilari hizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tadi. Hizmat ko‘rsatish sohasida mehnatni avtomatlashtirish qiyin bo‘lgani sababli, ushbu sohada ishlaydigan ishchilar soni industrial ishlab chiqarish unumdorligi o‘sgan sayin oshib boraveradi.


Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin