4-AMALIY MASHG’ULOT Strategik rejalashtirish va
uni amalga oshirish
Reja: 4.1 Strategik rejalashtirishning maqsad va vazifalari
4.2 Strategik rejalashtirishda muhit tahlili.
4.3 Strategiyalarning turlari.
4.4 Korxona missiyasi.
Mavzuning maqsadi: Тalabalarda strategik rejalashtirishning maqsad va vazifalari, strategiya
turlari va korxona missiyasi to’g’risidagi tushunchalarni asosiy tayanch so’z va
iboralar hamda masalalar, muammoli savollar, krossvord va boshqotirmalar
yechish orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
Mavzuga oid asosiy tushunchalar Strategik rejalashtirish barcha boshqaruv vazifalarini o’zaro birlashtirib,
korxona boshqaruvida asos yaratganligi va uning rivojlanishini ta’minlaganligi
uchun ham menejmentning muhim elementi bo’lib hisoblanadi.
Strategik rejani ishlab chiqishda eng muhimi bu korxona maqsadlarini
tanlab olish bo’lib hisoblanadi.
Тashqi va ichki muhit tahlili korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini
aniqlab olish, muhimlilik darajasiga ko’ra ularni taqsimlab chiqish va shu asosida
korxonaning vazifaviy hududini belgilab olish imkoniyatini beradi.
Strategik muqobillikni ishlab chiqish va uning tahlili: Ishlab chiqish;
yakunlash; tahlil; baholash bosqichlaridan iborat.
21
Asosiy tayanch iboralar Strategik rejalashtirish
tashqi muhit
menejerlar dunyoqarashi
strategik boshqaruv
korxona strategiyasi
maqsadlar
ichki va tashqi muhit
maqsadlar klassifikatsiyasi
innovatsiyalar
iqtisodiy omillar
raqobatchilik omillari
ishlab chiqarish
bozor talabi
sotuv hajmi