Navoiy davlat konchilik instituti


) kombayn konveyer yonida (b) zaboy tarafda (K103)



Yüklə 20,97 Kb.
səhifə4/9
tarix16.12.2023
ölçüsü20,97 Kb.
#183761
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yer osti qazish kon ishlari kon mashinalari va avtomatlashtirilg-fayllar.org (1)

1) kombayn konveyer yonida (b) zaboy tarafda (K103);
2) kombayn korpusi konveyer reshtagi yoniga (o’tilgan bo’shliq tarafda) joylashtirilgan, uning ishchi organi esa zaboyda (MK67M) (v)..
Eng ko’p tarqalgan tor qamrovchi kombaynlarning strukturaviy sxemasi a – rasmda ko’rsatilganidek, kombayn zaboy konveyeri ustida ikkala shneklari zaboy tarafda (1K101, 2K52M, 2K52MU) quyidagi ketma-ketlikdagi ishlaydi.
Elektrodvigatel D validagi aylanish momenti bir tarafdan uzatuvchi mexanizm PM lar yordamida ish bajaruvchi organ IO ga, ikkinchi tarafdan esa harakatlanish organi MP ga uzatiladi. Ish bajaruvchi organ ko’mirni massifdan ajratib olib bir vaqtning o’zida zaboy konveyeriga yuklaydi. Oxirgi jarayonni oddiy konstruktsiyali yuklash qurilmasi PU (podpornыy щit) bajaradi. Kombayning harakatlanishi unda joylashgan yurituvchi yulduzcha va kalibrli zanjir orqali amalga oshiriladi. Zanjirsiz harakatlanishda tortuvchi organ sifatida zaboy konveyeri bortida joylashgan tishli reyka va kombaynda tishli shesternya ishlatiladi. Bunda shesternyaning tishli reykaga birikishi natijasida harakat yuzaga keladi. Kombaynda ishga tushirish-moslash qurilmasi, chang bostirish va boshqa yordamchi qurilmalar bo’ladi.
Tor qamrovchi kombaynlar konstruktiv tuzilishini KSH-1KG kombayni (16.2-rasm) misolida ko’rib chiqamiz. Kombayn quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: elektroblok 1, 1G405 tipidagi gidravlik harakatlanish mexanizmi 2 (tezlikni avtomatik boshqarish bilan), 24*86 mm kalibrli aylana zvenoli tortish zanjiri 3, suv bilan sovitiluvchi elektrodvigatelь 4, asosiy 5, oraliq 6 va ikkita buriluvchi 7 va 12 reduktorlardan tashkil topgan ko’p tarmoqli uzatish mexanizmi, 2 ta shnekli ishchi organ 8 va 11, har bir shnekka bittadan 9 va 10 gidrodomkratlar, boshqarish punkti va chang bostirish tizmlari.
Sinflari va ishlatilish ko’lami
qatlam yotiqlik qiyaligiga bog’liq ravishda tor qamrovchi kombaynlar farqlanadi: qalin va qiya (350 gacha) qatlamlarni qazishga mo’ljallangan (qachonki qazib olingan ko’mirni tashish lozim bo’lganda); 350 dan oshiq yotiqlikdagi qatlamlarni qazishga mo’ljallangan (ko’mirni tashish lozim bo’lmaganda, ya’ni qazib olingan yuk o’z og’irligi bilan harakatlansa).
qatlam qalinligiga bog’liq ravishda 0,6-5m qalinlikdagi qatlamlarni qazib olishga mo’ljallangan kombaynlar farqlanadi: qatlam qalinligi 0,8 m va undan yuqori bo’lsa, kombayn zaboyda yonida joylashgan suriluvchi kurakli konveyer ramasida xarakatlanib qazib oladi. Xuddi mana shu asosiy texnologmk sxema bo’yicha ko’plab tor qamrovchi kombaynlar 5 m gacha qalinlikdagi qatlamlarni qazib oladi .
Zamonaviy qazish kombaynlari konstruktsiyasida shnekli ishchi organlar eng ko’p tarqalgandir. Bular 2K52M, 1K101, 1GSH68, KSH1KG, KSHZM, K102, K120, K128P kombaynlaridir. Shneklarning asosiy ishlatish afzalliklari qatlamni butun qalinligi bo’yicha qazib olish, qatlam gipsometrik o’lchamlarida ishchi organlarning qazish qalinliklarini oson o’zgartirish, yuqori unumdorlik, frontal burg’ulash imkoniyatlarining mavjudligidir. Ishlab chiqarilayotgan shnekli kombaynlar kesishga qarshiligi 220—300 kN/m bo’lgan qatlamlarda samarali ishlatilmoqda.
Ish bajaruvchi organlarning qamrash kengligini quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi
1,2—2,5 m qalinlikdagi qatlamlar uchun 0,63 m
1,2 m dan kichik qalinlikdagi qatlamlar uchun 0,8 m
2,5 m dan oshiq qalinlikdagi qatlamlar uchun qamrash kenligi 0,5 m

Yüklə 20,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin