Navoiy davlat konchilik universiteti huzuridagi nukus konchilik instuti umum texnika fakulteti



Yüklə 101,87 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü101,87 Kb.
#197147
1   2   3   4   5
ABSORBSIYALSH KURS ISHI

Kurs ishining maqsadi:.Kimyoviy-texnologik jarayonlarni yaratish tamoyillarining asosiy tushunchalari, vazifalari va ularni hisoblash usullarini o’rgatish, shuningdek, talabalarni kimyoviy-texnologik jarayonlarning keng tarqalgan elementlarini modellarini yaratish usullari bilan tanishtirishdir.
Kurs ishining vazifasi:Absorsiya tizimida chiziqli avtomatik sistemalarni modellashtirishni o‘rganish.Absordiya jarayonlarini tizimlashtirish modellarini ishlab chiqish.


I-BOB. Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumotlar
Gaz yoki bug` aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajralib chiqishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo’llaniladi.
Absorbtiv va absorbentlarning o`zaro ta`siriga qarab, absorbsiya jarayoni ikkiga bo`linadi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya.
Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi, ya`ni kimyoviy birikma hosil bo`lmaydi. Agar suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday karayon kimyoviy absorbsiya deyiladi.
Ma`lumki, fizik absorbsiya ko`pincha qaytar jarayon bo`lgani sababli, ya`ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo`ladi. Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish, yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni ko`p marta ishlatish imkonini beradi.
Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida ko`plab sohalarda qo`llaniladi. Masalan:
- uglevodorodli gazlarni ajratish,
- sulfatlarni ajratib olishda,
- azotlarni ajratib olishda,
- xloridlarni ajratib olishda,
- kislotalar olishda
- ammiakli suvlarni olishda,
- gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish
- boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi.
Jarayonning moddiy balansi va tezligi Absorbsiya jarayonining moddiy balansi quyidagi ko’rinishdagi umumiy tenglama bilan ifodalanadi:
Gdy  L dx (5.1)
Oxirgi tenglamani boshlang’ich va oxirgi konsentrasiyalar oraligida integrallagandan so’ng, undan absorbent sarfini (kmol/s) aniqlash mumkin:
ох б б ох х х у у L G    (5.2)
1 kmol inert gaz uchun zarur solishtirma sarf:
ох б б ох х х у у G L l     (5.3)
Absorberda konsentrasiyaning o’zgarishi (5.2) va (5.3) tenglamalar bilan ifodalanadi. Jarayon ishchi chizig’i u-x koordinatalarida to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi. Uning qiyalik burchagi tangensi l = L/G. Absorbent solishtirma sarfining absorber o’lchamiga va suyuq fazada tarqalayotgan moddaning oxirgi konsentrasiyasiga ta’sirini ko’rib chiqamiz. Absorberda fazalar yo’nalishi parallel deb qabul qilamiz. u-x koordinatalarning V nuqtasida aniqlanayotgan suyuq fazada tarqala-yotgan moddaning boshlang’ich konsentrasiyasi xb, gaz fazasidagi boshlang’ich konsentrasiya ub, oxirgisi esa - uox (5.1-rasm). Fazalar muvozanat holati um = f(x) tenglamaga binoan turli qiyalik burchagi ostida bir nechta ishchi chiziqlar o’tkazamiz. Rasmdagi A1, A2, A3 nuqtalar gaz faza va absorbentdagi boshlang’ich va oxirgi konsentrasiyalarni xarakterlaydi. Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi ishchi va muvozanat chiziqlar o’rtasidagi farq bilan aniqlanadi, ya’ni u=u-um. Butun qurilma uchun o’rtacha harakatga keltiruvchi kuch o’rtacha logarifmik qiymat sifatida topiladi. Agar, ishchi chiziq VA vertikal chiziq bilan ustma-ust tushsa, harakatga keltiruvchi kuch eng katta qiymatga ega bo’ladi. Agar, (5.2) tenglamaga xox= xb qo’yilsa, absorbentning sarfi cheksiz bo’ladi.
1.1.Absorberlarning tuzilishi
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro’y beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o’rtasidagi kontakt (to’qnashuv) yuzasini ko’paytirish zarur. Fazalarning to’qnashuv yuzasini hosil qilish usuligako’ra, absorberlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi: l) plyonkali; 2) nasadkali; 3) tarelkali; 4) suyuqlikni sochib beruvchi.(1-rasm).

1-Rasm. Tarelkali absorber
Plyonkali absorberlar
Plyonkali absorberlar. Bunday absorberlarning tuzilishi ixcham, samaradorligi yuqori bo’lgani uchun ko’proq ishlatiladi.Ushbu absorberlarda fazalarning kontakti qattiq (odatda vertikal) yuza bo’yicha oqayotgan suyuqlikning yupqa qatlamida yuz beradi. 2-rasmda quvurli plyonkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan.Bu qurilmaning tuzilishi qobiq-quvurli issiqlik almashinish qurilmasiga o’xshash.Absorbent qurilmaning yuqorigi qismidagi quvur to’siqlari orqali quvurlarga maxsus taqsimlagich yordamida bir me’yorda taqsimlanib, quvurning balandligi bo’ylab ichki yuzasidan suyuqlikning yupqa qatlami holida pastga harakat qiladi. Gaz esa quvurning pastki qismidan yuqoriga, yupqa qatlam holida oqib kelayotgan suyuqlikka qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi.

2-rasm. Quvurli plyonkali absorber: 1 — qobiq; 2 — quvurlar;
Gazning tarkibidagi tegishli komponentni yutib olgan suyuqlik qurilmaning pastki qismidagi shtutser orqali ajratib olinadi. Gazning inert qismi (ya’ni yutilmay qolgan qismi) qurilmaning yuqorigi shtutseri orqali tashqariga chiqariladi. Absorbsiya jarayonida hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun qobiq va quvurlar orasidagi bo’shliqqa suv yoki sovituvchi suyuqlik beriladi.
Quvurli absorberda gaz bilan suyuqlik o’rtasidagi kontakt yupqa qatlamda (plyonkada) yuz beradi; absorbsiya jarayoni paytida sovib turuvchi issiqlik almashinish yuzasining ustida suyuqlikning tez aralashishi yuz beradi. Shu sababdan bunday qurilmalardan yuqori issiqlik effektiga ega bo’lgan gaz aralashmalaridan kerakli komponentlarni ajratib olishda foydalaniladi.
Qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan plyonkali absorberlarda gazning mumkin bo’lgan eng katta tezligi yuqori qiymatga ega (3-6 m/s). Ushbu absorberlarning gidravlik qarshiligi juda kam. Shu sababli bunday absorberlardan gazning sarfi katta bo’lib, gidravlik qarshilikning qiymati kam bo’lishligi talab qilingan va ajratish darajasi esa yuqori bo’lmagan holatlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Nasadkali absorberlar
Nasadkali absorberlar. Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan absorberlar qatoriga kiradi.Har xil shaklli va turli o’lchamga ega bo’lgan qattiq jismlar, ya’ni nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo’lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi.Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o’tadigan tayanch to’rlariga o’rnatiladi.(4-rasm).

3-rasm. Nasadkali absorber:1 — qobiq; 2 — suyuqlik taqsimlagichi; 3 — nasadka qatlami;4 — tayanch to’ri; 5 — gidravlik zatvor.
Qurilmaning ichki bo’shlig`i nasadka bilan to’ldirilgan bo’ladi (4-rasm) yoki har birining balandligi 1,5—3m bo’lgan qatlamlar holatida joylashtiriladi. Gaz to’rning tagiga beriladi, so’ngra nasadka qatlamidan o’tadi.Suyuqlik esa kolonnaning yuqorigi qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o’tayotganda pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samarali ishlash uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko’ndalang kesimi bo’ylab bir xil sochib berilishi kerak.Bu qurilmaning kontakt yuzasi nasadkalar yordamida hosil qilinadi.Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko’ndalang kesimi bo’yicha bir me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli absorberlar samaradorligi ancha kam bo’ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo’lgan absorberlar ham ishlatiladi.
Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, polimer, halqalar, metalldan tayyorlangan to’rlar, sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (4-rasm). Nasadkalar samarali ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
1) Nasadkalar hajm birligida katta yuzaga ega bo’lishligi;
2) Sochilib beruvchi suyuqlik bilan yaxshi aralashishi;
3) Gaz oqimiga nisbatan kam gidravlik qarshilik ko’rsatishi;
4) Sochiluvchan suyuqlikni bir xil tarqatishi;
5) Kolonnada harakat qilayotgan suyuqlik va gazlarning ta’siriga nisbatan
kimyoviy mustahkam bo’lishi;
6) Solishtirma og`irligi kam bo’lishi;
7) Mexanik jihatdan mustahkam;
8) Arzon bo’lishi lozim.
Lekin amalda bunday talablarni qondiradigan nasadkalar uchramaydi, masalan, solishtirma yuzaning katta bo’lishi, qurilma gidravlik qarshiligining ortib ketishiga olib keladi.Shuning uchun sanoatda absorbsiya jarayonining asosiy talablarini qanoatlantiradigan nasadkalar ishlatiladi.Sanoatda Rashig halqalari eng ko’p qo’llaniladi.Nasadkali absorberlar bir qator afzalliklarga ega: tuzilishi sodda va agressiv suyuqliklar bilan ishlash imkoniyati mavjud.

Bunday qurilmalardan modda o’tkazishdagi diffusion qarshilikning qiymati suyuq yoki gaz fazada kata bo’lgan paytda ham foydalanish mumkin.Bunday qurilmalar kamchiliklardan ham xoli emas.
Nasadkali kolonnalarda gazlarning yutilishida ajralib chiqadigan issiqlikni yo’qotish qiyin, bundan tashqari suyuqliklarning sochilish miqdori kam bo’lganda nasadkalar yomon ho’llanadi. Bu qurilmalarda hosil bo’ladigan issiqlikni kamaytirish, nasadkalarni yaxshi ho’llash uchun absorbentlarni nasos orqali resirkulyatsiya qilish (ya’ni absorbertning ma’lum qismini qaytadan kolonnaga berish) usuli qo’llaniladi.Bu vaqtda absorbsiya qurilmasining tuzilishi murakkablashadi va resirkulyatsiya uchun quvur ishlatilishi natijasida uning qiymati ortib ketadi. Nasadkali kolonnalardaifloslangan yoki loyqalangan suyuqliklarni ishlatib bo’lmaydi.

Yüklə 101,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin