O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK UNIVERSITETI HUZURIDAGI NUKUS KONCHILIK INSTUTI UMUM TEXNIKA FAKULTETI « Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish » fanidan
KURS ISHI Mavzu: «Issiqlik almashinish jarayonlarini boshqarish tizimlarini modellashtirish»
Topshirdi: 3 B Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) talabasi:Yo’doshova Hilola
Qabul qildi: Reyipnazarova Zeynaxan
Nukus-2023 Mundarija
Kirish……………………………………………………………..….......................3
I-BOB. Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumotlar…...……………………5
1.1.Absorberlarning tuzilishi……………………………………………………….7
1.2.Absorbsiya qurilmalarining sxemalari……………..………..……………17
II.BOB.Absorberlar qurilmalarini tanlash……………………………..20 2.1.Qurilma asosiy detallarini tayyorlash texnologiyasi……………….20
2.2.Kolonna qurilmalari va absorberlarda qo`llaniladigan tarelkalar……….23
2.3.Absorbsiya koeffisienti………………..…………………………………..….26
Xulosa………..…...……………………………………………………………….28 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………..……………...…….……………...….29
Kirish Gaz hamda bug’ - gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. YUtilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o’zaro ta’siriga ko’ra absorbsiya jarayoni ikki xil bo’ladi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o’zaro bir biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotgan gaz absorbent bilan o’zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya) deyiladi. Absorbsiya bilan desorbsiya jarayonlarini uzluksiz olib borish natijasida yutilgan gazni toza holda ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir necha marta qayta ishlatish imkoni tug’iladi.
Absorbtiv va absorbent arzon va ikkilamchi mahsulot bo’lgani uchun, ular absorbsiya jarayonidan keyin ko’pincha qayta ishlatilmaydi. Sanoatda absorbsiya jarayoni turli maqsadlarda qo’llaniladi:
1) gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishda;
2) komponentlarni har xil zaharli moddalardan tozalash uchun;
3) tayyor mahsulotlar olishda va hakozo.
Har bir konkret sharoit uchun tegishli absorbent tanlab olinadi; bunda yutilishi lozim bo’lgan komponentning absorbentdagi eruvchanligi hisobga olinadi. Gazlarning suyuq holatdagi absorbentlardagi eruvchanligi quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi: 1) gaz va suyuq fazalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari; 2) harorat; 3) gazning aralashmadagi bosimi. Desorbsiya Absorberdan chiqib ketayotgan suyuq yutuvchi tarkibidagi erigan gazlarni ajratib olish jarayoni desorbsiya deb ataladi. Desorbsiya jarayonining asosiy maqsadi ishlatilgan absorbentni regenerasiya qilish hamda yutilgan gazni haydash yoki rektifikasiya usuli bilan ajratib olishdan iboratdir. Sanoatda desorbsiyaning turli usullari qo’llaniladi. Aralashmaning tabiatiga ko’ra desorbsiyaning u yoki boshqa usuli tanlab olinadi. Masalan, bug’-gaz aralashmasida aseton suv yordamida absorbsiya yo’li bilan ajratib olinganidan so’ng, suyuqlik tarkibidagi aseton rektifikasiya yordamida ajratib olinadi. Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usul yordamida ajratib olinadi: 1) inert gaz yoki suv bug’i yordamida ajratib olinadi; 2) absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi; 3) absorbsiya jarayonidan so’ng absorbentning bosimini kamaytirish natijasida ajratib olinadi.