Temperatura (lot. temperatura — zarur siljish, oʻlchamdorlik, normal holat) — makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining temperaturasi bir xil boʻladi.Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida maʼlum vaqtdan soʻng tizimning hamma qismlarida T.ning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi.
Temperatura - jismning issiqlik darajasi hisoblanib, molekulalarning issiqlik harakatidan aniqlanadigan ichki kinetik energiya miqdoridir. Temperaturani o'lchash imkoni issiqlik almashishiga, issiq moddaning issiqligi o'zidan kam bo'lgan moddaga o'tish qobiliyatiga asoslangan. O'lchanayotgan temperaturalarning son qiymatini topish uchun temperaturalar shkalasini o'rnatish, ya'ni sanoq boshini va temperatura intervalining o'lchov birligini tanlash lozim.
Temperatura ishlab chiqarishda texnologik jarayonning borishi hamda borish davrini xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biridir. Avtomatik boshqarishning samaradorligi temperaturaning aniq bahosini belgilaydi.
Harorat SI da kelvinlarda (K) o'lchanadi. Yordamchi o'lchov birligi sifatida esa Selsiy darajasidan (°C) keng foydalaniladi.
Temperaturani o'lchash usuliga ko'ra barcha termometrlar ikki guruhga bo'linadi: kontaktli va kontaktsiz (Bevosita muhit bilan kontaktda bo'ladigan va muhit bilan kontaktda bo'lmaydigan.) Birinchi guruhga kengayish termometrlari, manometrik termometrlar, termoelektrik termometrlar va qarshilik termometrlari (termistorlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa turli turdagi pirometrlar kiradi.
Temperaturani past chegaralarda o'lchashda keng qo'llaniladigan termo o'lchov absobi qarshilik termometrihisoblanadi. Bu termometrlarni markazlashtirilgan holda, masofadan turib ko'p nuqtalarda temperaturani o'lchashi asosiy o'rin tutadi.