O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI HUZURIDAGI NUKUS KONCHILIK INSTITUTI «TABIIY VA UMUMIY KASBLIK» KAFEDRASI
“SOHANING TEXNOLOGIK O‘LCHASHLARI VA ASBOBLARI ” fanidan
“Difmanometrni ko’rsatishiga harorat o’zgarishi sababli yuzaga keladigan xatolikni aniqlash.” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishining rahbari:___________ .
Kurs ishi bajardi:_______ 2 B TJA guruh talabasi Yo’ldoshev.O.J.
Nukus – 2022 1 KIRISH So‘ngi paytda ishlab chiqarish, energetika, kimyo va boshqa sanoat sohalarida texnologik jarayonlarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini kuzatmoqdamiz. Ishlab chiqarish va issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 10-15 marta oshishi, texnologik jarayonlarni tezligini ham oshirmoqda, ulardagi o‘lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy o‘lchash vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. O‘lchash texnologik jarayonlarni, qurulmalarni ishonchli ishlashini, ishlab chiqarish xavfsizligini, masalan, issiqlik elektr stansiyalarining ob'ektiv nazoratini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi va energiya tejamkorligi, ayniqsa katta quvvatli qurilmalarning muammolarini yechishda texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega.
Har qanday o‘lchash natijasi, xatoligi, o‘lchash jarayonining parametrlaridan qat'iy nazar, o‘lchash vositasiga ham bevosita bog'liqdir. Issiqlik texnikasi qurilmalarining ishlashini, o‘lchashni bajarish, o‘lchash vositalari va usullarini bilmasdan turib o‘rganish mumkin emas. Turli o‘lchash vositalari mavjudligi o‘lchash texnikasini to‘g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni kerakli aniqligi bilan ta'minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda o‘lchash aniqligi va o‘lchash vositalarining ishonchli ishlashi muhim ahamiyatga ega. Issiqlik va elektr energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta ahamiyat berilayotganligi va so‘ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar qabul qilinayotganligini inobatga olsak, ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatilayotgan o‘lchov asboblari orasida harorat o‘lchash vositalari muhim ahamiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. “Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari” fani sanoatda, jumladan barcha korxonalarimizda keng qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bo‘lmish harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini tahlillagich qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni o‘lchash xatoliklari to‘g'risida amaliy va nazariy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi.