Burg’ilash machtalari – bu asosga montaj qilingan, tutib turuvchi stvol-styerjen yoki A-simon konstruksiya. Tutib turuvchi stvol stoyka, ferma yoki ochiq turdagi yoki ochiq old yoqli (P-simon kesimli) panjarali sterjen ko’rinishida bo’ladi. Ochiq old yoqli machtalar qo’zg’aluvchan aylantirgichli qurilmalarda keng qo’llanadi. A-simon machtalarning oyoqlari uch yoqli yoki to’rt yoqli fazaviy fermalar ko’rinishida, ba’zan esa quvursimon kolonnalar ko’rinishida bo’ladi.
Baland bo’lmagan machtalar (12-14 m gacha) odatda qismlarga ajralmaydi, balandligi katta bo’lganda esa transportda tashishda o’lchamlarini kichraytirish uchun seksiyali bo’ladi. Seksiyali machtalar yig’ma, buklama va teleskopiklarga bo’linadi (2-rasm).
Yig’ma machtalar alohida yaxlit payvand seksiyalardan iborat, bu montaj-demontaj ishlarini ancha tezlashtiradi. Yig’ma VAS turdagi A-simon machtalar (2, a-rasm) neft va gaz quduqlarini burg’ilashda keng ishlatiladi. Machta VAS-42, masalan, 37ta ajraladigan detallardan iborat, huddi shunday balandlikdagi va yo’q ko’tarish qobiliyatli VM-41 minorasimon minorada esa ularning soni 7 barobar ko’proq.
Buklama machtalarda sharnirli ulangan seksiyalar bo’ladi, bu ularni transportda tashish uchun yig’ish imkonini beradi. 2, b-rasmda ikki seksiyali machta ko’rsatilgan, u yuqori seksiya va podkos 1 bilan sharnirli ulangan gidrosilindr 2 bilan ko’tariladi va tushiriladi.
Teleskopik machtalarda (2, v-rasm) yuqori seksiya demontaj vaqtida pastkiga tushadi.
Geologiya qidiruv quduqlarini burg’ilashda asosan sterjensimon turdagi machtalar ishlatilib, ularning tutib turuvchi stvollari fazaviy panjarasimon metallokonstruksiya yoki quvursimon kolonna ko’rinishida bo’ladi. Panjarasimon konstruksiyali machtalarning konstruktiv sxemasi murakkabroq, ishlab chiqishdagi sermashaqqatligi esa quvursimon machtalarga ko’ra yuqoriroq, shuning uchun oxirgi yillarda ko’proq quvursimon machtalar ishlatiladi.
Minoralar va machtalar asosiy parametrlariga balandlik, yuk ko’taruvchi kuchi, pastki va yuqori asoslarining o’lchamlari (minoralar uchun), vazn, quduq qazish burchagining o’zgarish diapazoni kiradi.
Minora yoki machta balandligi – bu oyoqlar tayanchidan kronblok shkivlarining o’qlarigacha (vertikal bo’yicha) bo’lgan masofa. Minoraning ratsional balandligi tushirish-ko’tarish opyeratsiyalarga ketadigan vaqt sarfini qisqartirish hisobidan burg’ilash ishlarining unumdorligi oshishiga yordam beradi.
Minora balandligi N aylanma burg’ilashda quyidagi elementlar bilan aniqlanadi (4, a-rasm):
N = r + l1 +l2 + l3 + l4 + lc + l5, (1)
bu yerda r– kronblok radiusi; l1 ,l2,l3 ,l4 – qayta ko’tarish, tal bloki, vertlyug-amortizator va elevator balandliklari; lc– burg’ilash shami uzunligi; l5– burg’ilash quvurlarini burab ulash va ajratish mexanizmining asosi ustidagi belgi.
Yuk ko’tarish kuchi machtalar va minoralar burg’ilash jarayonida paydo bo’ladigan yuklamalarni qabul qilishini belgilaydi. Yuk ko’tarish qobiliyati nominal va maksimal bo’ladi.
Nominal yuk ko’tarish qobiliyati Qnom belgilangan so’nggi diametrli nominal chuqurlikdagi quduqlarni burg’ilashda qo’llanadigan, mustahkamlovchi yoki burg’ilash kolonnasining eng katta vaznidan ilgakdagi statik yuklamaga to’g’ri keladi.
Maksimal yuk ko’taruvchi kuch Qmax burg’ilovchi yoki mustahkamlovchi kolonnani ko’tarishda qarshilik kuchini hisobga oluvchi koeffitsientga ko’paytirilgan nominal yuk ko’tarish qobiliyatiga Qnom teng:
Qmax =kpr xQnom (2)
GOST 7959-74 bo’yicha kolonkali qurilmalarning ikkita birinchi sinflari burg’ilash kolonnalari uchun kpr = 2,0, keyingilari uchun esa kpr = 1,6. Neft va gazga qidiruv burg’ilash qurilmalarida GOST 16150-74 ga muvofiq 100 m gacha chuqurlikda kpr= 2,5, undan ortiqda esa - kpr= 1,6.
3-rasm.machtaning qiya holatdagi 4-rasm.Qurilma minoralari va machtalari balandligini belgilaydigan
holatidagi kranblok surilishi sxemasi elementlar: a-aylanma burg`ilash; b-zarb-arqon burg`ilash
Ilgakdagi kuch va tal tizimi sxemasi kronblokka yuklamani belgilaydi. Uni hisoblashda arqonning lebedkali va qo’zg’almas tarmoqlaridagi kuchlar teng hisoblanadi, harakatlarining yo’nalishlari esa og’ish burchaklaridagi kichik farq natijasida – foydali yujklama yo’nalishi bilan bir xil.
Arqonning lebedkali tarmog’idagi kuch Rl =Qmax/mηc, bo’lganligi sababli (3)
Kronblokka umumiy yuklama Qo quyidagilarga teng: arqonning tarmog’i qo’zg’almas bo’lgan moslama uchun
Qo =Qmax+ 2Rl = Qmax(1 + 2/ mηc); (4)
qo’zg’almas tarmoqsiz moslama uchun
Qo =Qmax+ Rl = Qmax(1 + 1/ mηc); (5)
Bu yerda m va ηc– torlar soni va tal tizimining f.i.k.
Formulalarni (4) va (5) taqqoslaganda ko’rinib turibdiki, ilgakdagi yuklama bir xil bo’lganda arqonning qo’zg’almas tarmog’isiz talli moslamada kronblokka va minoraga (machtaga) kichikroq yuklama ta’sir qiladi. Biroq bu holda minora yuklanishining simmetriyasi kichikroq, shu munosabat bilan chuqur burg’ilashda arqonning tarmog’i qo’zg’almas bo’lgan moslama olinadi.
Minora asosining o’lchamlari. Pastki asosning o’lchamlari burg’ilash jihozini qulay joylashtirish va xavfsizlik qoidalarida ko’zda tutilgan zarur zazorlar qoldirilishi bilan belgilanadi. Jihozni joylashtirish keng tarqalgan sxemasi uchun pastki asosning tomoni V :