Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik fakulteti kon elektromexanikasi kafedrasi



Yüklə 179,02 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2022
ölçüsü179,02 Kb.
#76213
1   2   3   4   5
VEDIO OYBEGIM (2)

Burg’ilash minoralari profilli prokat quvurlaridan, kam o’zlashtirilgan va borish qiyin bo’lgan o’rmon hududlarida – yog’ochdan ishlab chiqiladi. Profilli prokatga nisbatan quvurlar kattaroq siquvchi yuklamalar qabul qilishi mumkin, undan tashqari, yuk ko’tarish qobiliyati teng quvurli konstruksiyalar kichik vaznga ega. Metall minoralar yog’ochga nisbatan 8-10 barobar chidamliroq, yuk ko’tarish qobiliyati kattaroq, yong’in jihatdan xavfsiz.
Burg’ilash minoralari uch va to’rt yoqli bo’lishi mumkin. To’rt yoqli minorasimon minoralar asosan turli chuqurlikdagi vertikal quduqlarni burg’ilash uchun keng qo’llanadi. Bu minoralar katta gabarit o’lchamlarga ega, sShuning uchun transportda tashishga qulay bo’lish uchun ular qismlarga ajraladigan bo’ladi. Qidiruv ishlarida qo’llanadigan 18-26 m balandlikdagi metall minoralarning elementlari – stoykalar, kamarlar, tirgovichlar va xomutlar - bir xil bo’ladi. Stoykalar va kamarlar odatda quvurlardan, tirgovichlar – ugoloklardan, quvurlardan yoki chiviqdan, xomutlar esa – po’lat tunukadan ishlab chiqiladi.
Minoraning yoqi (1-rasm) kamarlar 2 bilan panellarga bo’linadi. Stoykalar 1, kamarlar va tirgovichlar 3 ulangan joy tugun deyiladi, ularni ulovchi detal esa – xomut 4. Pastki 6 va yuqori 7 ramalar stoykalardan iborat bo’lgan oyoqlar uchlariga o’rnatilgan boshmoqlarga mahkamlanadi. Minoraning old va orqa yoqlarida kolonkalarni to’plamlarni, burg’ilovchi va mustahkamlovchi quvurlarni taglamalardan ko’tarish va quduqning og’ziga tashish uchun zarur bo’lgan darcha-peshtoq 5 mavjud. Montaj-demontaj ishlarida kronblokni ko’tarish va tushirish uchun yuqori ramada montaj g’altakli fonar (chiroq) 8 o’rnatilgan. Minoraning barcha elementlari boltlar bilan ulangan, bu zarurat bo’lganda ko’chirish vaqtida ularni qismlarga ajratish imkonini beradi.
1-rasm. Minora
Burg’ilash machtalari har xil chuqurlikdagi quduqlarni gorizontga 90-70° qiyalik burchagi ostida burg’ilashda qo’llanadi. Minorasimon minoralarning balandligiga va yo’q ko’tarish qobiliyatiga teng balandlikda va yo’q ko’tarish qobiliyatida ularning metall sarfi kamroq va yechiladigan detallarining soni kamroq. Minoralar o’rniga machtalardan foydalanish montaj-demontaj ishlari uchun vaqt sarfini quduqni burg’ilash vaqtidan 8 dan 2% gacha kamaytiradi, transport va boshqa foydalanishdagi sarflarni kamaytiradi.

a b v
2-rasm. Seksiyali burg’ilash machtalari

Yüklə 179,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin