Bajardi: __________________________ Guruh 9c(b)-19 KI Tekshirdi: ________________________
Navoiy -2022yil Muzli va qattiq tog‘ jinslarida kon lahimlarini o‘tishda yordamchi ishlar
Reja:
1.Muzli va qattiq tog‘ jinslarida kon lahimlarini o‘tish
2.Mustahkamlash inshooti haqida tushuncha
Muzli va qattiq tog‘ jinslarida kon lahimlarini o‘tish Mustahkamlovchi materiallar deganda kon mustahkamlash inshootini tayyorlashda ishlatiladigan, lahimda bo‘sh jinslar o‘pirilishining oldini olish uchun va foydalanish davrida zaruriy ko‘ndalang kesim maydonini saqlash uchun tiklanadigan sun’iy inshootlar tushuniladi. Mustahkamlovchi materiallar krep tuzilishida ishlatilishiga ko‘ra, tuzilishning tutib turuvchi elementlarida qo‘llaniladigan–asosiy (metall, beton, yog‘och va b.), eritmalar tayyorlashga xizmat qiladigan –bog‘lovchi va yordamchi (suv himoyalovchi materiallar, kimyo reagentlari va b.) ga bo‘linadi.
-Lahimlarda ishlatilish muddatiga ko‘ra: uzoq chidaydigan (beton metall va b.) va uzoq chidamaydigan (yog‘och).
Mustahkamlovchi materiallar yuqori solishtirma mustahkamlikka ega bo‘lishi lozim va bu materialning uning zichligiga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi munosabati (vaqtinchalik qarshilik) bilan aniqlanadi va tuzilish sifati koeffitsienti deb ataladi. Bu koeffitsient po‘latda 30XGS, masalan, 140 tashkil etadi, sosnada— 200 (cho‘zilishi bo‘yicha) va 67 (qisilishi bo‘yicha). Bundan tashqari, mustahkamlovchi material yuqori bo‘lmagan qiymatga ega bo‘lishi, tez yonuvchi bo‘lmasligi, zanglash va chirishga chidamli bo‘lishi lozim.
2. YOg‘och mustahkamlovchi material sifatida kon-qidiruv lahimlarini mustahkamlash uchun ko‘p ommalashgan materialdir. Quyidagi daraxt turlari ko‘p qo‘llaniladi: archa, sosna, tilog‘och, kedr, pixta. YOg‘ochli tuzilishlar afzalligi: oddiy tayyorlanishi, tiklashning yuqori bo‘lmagan mehnati, yuqori bo‘lmagan dastlabki qiymat. Kamchiliklari: er osti sharoitlarida kam muddat ishlatilishi, yong‘inga xavfli, chirishga moyilligi, ko‘p marotaba ishlatilishga yaroqli emasligi. Archa va pixtaga qaraganda sosna yuqori mexanik xossalarga ega bo‘lganligi uchun ko‘p ishlatiladi.
Mustahkamlash inshooti tayyorlash uchun imkoniyat darajasida quruq yog‘och qo‘llash lozim. Ninabargli daraxtlar uchun me’yoriy namlik 10—12%, tilog‘och - 14—15% ni tashkil etishi lozim. YAngi kesilgan yog‘ochda o‘rtacha namlik 40% tashkil etadi. YOg‘ochda namlik kamayishi va zichlik ortishi bilan uning mexanik xossalari ortib boradi. YOg‘ochning nuqsoni – (buralma qatlam, sershox, chirishi) uning mexanik xossalarini keskin pasaytiradi. CHirigan yog‘ochlarni qo‘llash mumkin emas.
Mustahkamlash yog‘ochlarining sortlari. Aylana yog‘och turlariga quyidagilar kiradi: g‘o‘la (xari), podtovarnik, ustun, arralangan materiallarga – yassi taxtacha (arralangan), to‘sin, taxta va obapollar (cheti bo‘rtiqli taxta). Lahimlarni mustahkamlashda ko‘proq ustun va obapollar ishlatiladi. Xoda – yog‘och stvol kesmasi, uzunligi 5m.dan 9 m.gacha va yuqori yon yuza qalinligi 12sm. va undan ortiq. Podtovarnik – aylana yog‘och, uzunligi 3m.dan 9 m.gacha va yuqori yon yuza qalinligi 9sm dan 11sm gacha. Kon ustunlari - aylana yog‘och, uzunligi 0,5 m.dan 5 m.gacha va yuqori yon yuza qalinligi 7sm dan 30 sm gacha. Ustun uzunligi og‘ishi ±2 sm o‘lchamgacha joiz, diametri — 0,5 sm ustun qalinligi 11 sm gacha (oxirgi o‘lcham) va 1 sm ustun qalinligi12 sm bo‘lganda.