12.Budjet taqchilligi qachon ro‘y beradi? A)Davlat budjeti daromadlari xarajatlaridan oshib kesa;
B)Soliq tushumlari kamayib kesa;
V)Budjet xarajatlari ko‘payib kesa;
G)Davlat budjeti xarajatlari daromadlaridan oshib kesa.
13. Islohotlarning hozirgi bosqichida respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq-budjet siyosatining asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi: A)davlatning moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashdagi ishtiroki samaradorligini oshirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart sharoitlarni ta’minlash, respublika aholisining real daromadalarini oshirish;
B)soliq tizimini takomillashtirish va davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish;
V)iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish;
G) samarasiz davlat xarajatlarini qisqartirish va ularni maqbullashtirish.
14. Markaziy Bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini pasaytirilishi (boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda) quyidagi qaysi holatga olib keladi: A)tijorat banklari kreditlarining qimmatlashiga, mamlakat investitsion faollik darajasining pasayishiga;
B)pul taklifi miqdorining kamayishiga;
V)tijorat banklari kreditlarining arzonlashuviga, mamlakatda investiitsion faollik darajasining ko‘tarilishiga;
G)faqatgina baholar darajasining o‘sishiga va milliy valyuta almashinuv kursini pasayishiga.
15. Xususiy sektorni rivojlantirish deganda nimani tushunasiz? A)xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
B)xususiy sektorning mamlakat YaIMdagi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish;
V)iqtisodiyotni erkinlashtirish;
G)yuqorida aytilganlarning barchasi.
16.Operatsion balans deganda nimani tushunasiz A) an’anaviy balansga kamomadni qo‘shilib musbat foizlar ayriladi;
B) an’anaviy balansga inflyatsiyaga to‘g‘ri kelgan foiz to‘lovlari qo‘shiladi;
V) an’anaviy balansdan inflyatsiyaga to‘g‘ri keladigan foiz to‘lovlari ayiriladi;
G) birlamchi balansga foiz to‘lovlarning real komponentlari ayiriladi.