Ball
|
Baho
|
Talabalarning bilim darajasi
|
86-100
|
A’lo
|
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.
|
71-85
|
Yaxshi
|
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish.
|
55-70
|
Qoniqarli
|
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish.
|
0-54
|
Qoniqarsiz
|
Mohiyatini tushunmaslik. Bilmaslik, aytib bera olmaslik.
|
Fan bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi, shundan: JN – 30, ON – 40, YaN – 30 ball qilib taqsimlanadi.
Fan bo‘yicha saralash balli 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balldan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.
Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
R=V * O‘/100
bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); O‘-fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy (JN) va oraliq nazorat (ON) turlari bo‘yicha 55 ball va undan yuqori ballni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga o‘z xoxishiga ko‘ra kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy balli har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
ON talabaning fan dasturini o‘zlashtirishni belgilovchi va fan doirasida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida guruhda bajargan ishining natijasi hisoblanadi.
ON mavzulari kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan fanning o‘quv dasturiga mos ravishda tuziladi, kafedra muhokamasidan o‘tkaziladi va o‘quv semestrining 2-3 haftalarida talabalarga biriktiriladi.
ON taqdimot shaklida qabul qilinganda (ma’ruza mashg‘uloti o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi). Akademik guruh talabalari kichik guruhlarga (4-5 talaba) bo‘lib topshiriqlar talabalarga biriktiriladi. Topshiriqni himoyasida kichik guruhdagi talabalarning faolligi, berilgan topshiriqlarni nazariy va amaliy jihatdan yoritilishi, xulosalarning mantiqiy bog‘liqligi, mulohazalarning mavjudligi, normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, tasavvurga ega bo‘lishi va boshqa talablarga mosligi hisobga olinadi. Kichik guruhdagi talabalarning faolligiga qarab, har bir talabaga 0-40 oralig‘ida bir xil ball qo‘yiladi.
ON topshiriqlari mavzusi dolzarb yoki aniq amaliy vazifani yechishga bag‘ishlangan, shuningdek fan dasturiga mos bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |