Fanga ta’luqli bo‘lgan barcha turdagi adabiyotlarni va manbalarni ko‘rib chiqish lozim.
- maxsus:
- ilmiy;
- ilmiy-ommabop;
- ma’lumotnomalar, shu singari statistik;
- umumiy.
Adabiyotlarni o‘rganish va asosiy ma’lumotlarni yig‘ish
Adabiyotlarni o‘rganishdan oldin yana bir bor mavzuni to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Talaba adabiyotlarni kurs ishi mavzusi bo‘yicha, unga mos tarzda tanlashi kerak. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tanlagan manbalarni qayta ko‘rib, asosiylarini qoldirishdir.
Manbalarni to‘plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e’tibor berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb hisoblangan muammolarni yechishda unchalik ahamiyatli bo‘lmay qoladi.
Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o‘ziga eng ma’qul deb topgan ma’lumotlarni olgandagina kurs ishi tadqiqoti samarali bo‘ladi.