Topshiriqlar 1 - masala Birinchi jadvaldagi ma’lumot asosida YaIM o‘sishidagi ekstensiv va intensiv omillarning ulushini aniqlang va bu hisoblarning natijalarini ikkinchi jadvalda aks ettiring.
12.1 - jadval
Ko‘rsatkichlar
O‘lchov birligi
1999 y.
2000 y.
Qo‘shimcha o‘sish sur’atlari, %
Iqtisodiyotdagi ishchilar soni
Ming kishi
8885
8983
Mehnat unumdorligi
Ming so‘m
239.6
246.5
YaIM hajmi
Mlrd. so‘m
12.2 - jadval
Ko‘rsatkichlar
O‘lchov birligi
Mutlaq qo‘shimcha o‘sish
Qo‘shimcha o‘sish ulushi
YaIM qo‘shimcha o‘sishi
Shu jumladan:
Ishchilar sonining o‘sishi hisobiga
Mehnat unumdorligi-ning o‘sishi hisobiga
2 - masala. Daromaddagi kapital hissasi 40% ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish omillarining umumiy unumdorligi bir yilda 3% ga, ishchilar soni esa 1,3% ga o‘sayapti, iqtisodiy o‘sish yiliga 6% ni tashkil etayapti. Kobb – Duglas funksiyasi asosida kapitalning bir yillik o‘sish sur’atlarini aniqlang.
3 - masala. Iqtisodiyotdagi YaIM 104% ga, ishchilar soni 1,1% ga, kapital hajmi esa 1,0 % o‘sdi. Daromaddagi mehnat hissasi 60 % tashkil etadi. Iqtisodiy o‘sishda ekstensiv va intensiv omillarining ulushini aniqlang.
4 – masala Mamlakatdagi YaMMning real o‘sishi yiliga 4%ni tashkil etadi. Asosiy fondlarning umumiy qiymati YaMMdan uch baravar ko‘proqdir. Bir yilda kapitalning ishdan chiqib ketishi YaMMning 15%ini tashkil etadi. Umumiy daromaddagi mehnatning hissasi 60%ga teng. Jamg‘arma normasi 20%ga teng bo‘lganda kapital bilan ta’minlanganlikning barqaror darajasini aniqlang (A = 1).
5 - masala Mamlakatdagi YaMMning real o‘sishi yiliga 4%ni tashkil etadi. Asosiy fondlarning umumiy qiymati YaMMdan uch baravar ko‘proqdir. Bir yilda kapitalning ishdan chiqib ketishi YaMMning 15%ni tashkil etadi. Umumiy daromaddagi mehnatning hissasi 60%ga teng. Jamg‘armaning optimal normasini (“Oltin qoida”ga to‘g‘ri keladigan jamg‘arma normasini), kapital bilan ta’minlanganlikning barqaror darajasini va bir ishchiga to‘g‘ri keladigan daromadni aniqlang (A = 1).