12-mavzu. Iqtisodiy o‘sishni prognozlash. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi. Iqtisodiy o‘sish turlari, ularning prognozlashtirishda ishlatilishi. Iqtisodiy o‘sishning ikki jihatdan tahlil qilinishi. Resurslarning intensiv ishlatilishi. Fond intensivligi, fond sig‘imi, mehnat sig‘imi, iqtisodiy o‘sish modellarining maqsadi. Iqtisodiy o‘sishni prognozlashtirishda ishlab chiqarish funksiyasi. Iqtisodiy o‘sishni prognozlashtirishda darajali va ko‘p omilli funksiyalar. Multiplikativ ishlab chiqarish funksiyasining afzalliklari. Ekstropolyatsiya usuli, korrelyatsion analiz usuli. Iqtisodiy o‘sishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy o‘sishni prognozlashtirish. Bir yoki bir necha omilli modellar. Ko‘p chiziqli, darajali, ko‘rsatkichli, ko‘p o‘zgaruvchili modellar. Matematik ishlab chiqarish funksiyasi. Ekonometrik modellar. Dispersiyaning o‘sishi.
13-mavzu. Ilmiy-texnik taraqqiyotni prognozlash.Ilmiy tadqiqot natijalarini prognozlash ob’ekti sifatida. Ilmiy-texnik tadqiqotlarning xususiyatlarni amalga oshirish ketma-yetligi, murakkabligi, tasodifligining darajasining yuqoriligi. Ilmiy tadqiqot turlari. Fundamental tadqiqotlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, samaradorligini ob’ektiv baholash usuli va umumiy tadqiqotlardagi ulushining salmog‘i. Ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonini prognozlashning xususiyatlari va tamoyillari. Ilmiy-texnik taraqqiyotning prognozlash usullari, evristik-logistik usullar. Innovatsion tadqiqot loyihalari va ularning natijalarini prognozlash.
14-mavzu. Ijtimoiy jarayonlar va aholi turmush darajasining o‘sishini prognozlash.Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Mamlakat budjetidan ijtimoiy jarayonlarni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lar, ularning o‘zgarish dinamikasi, O‘zbekiston ijtimoiy sohalarni rivojlantirish siyosati. Ijtimoiy sohalarni prognozlash usullari va modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Aholi turmush dinamikasini baholvchi ko‘rsatkichlar, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish dinamikasi. Aholi turmush darajasini belgilovchi me’yoriy miqdorlar. O‘zbekistonda ularning amaldagi miqdori prognoz uchun asosiy axborot bazasi. Maishiy xizmatlar sohasini prognozlash, chakana savdo aylanmasi va unga bo‘lgan talabni prognozlash. Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimining tarkibiy o‘zgarishei prognozlash.