Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ilgari surilgan iqtisodiy masalalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishni ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. PF-4848. 05.10.2016 y.
Prezident Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali ma’rosimdagi ma’ruzasida ilgari surilgan iqtisodiy masalalar.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?
Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring.
Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.
Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.
Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining ta’rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko‘rsating.
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi?
Milliy iqtisodiyotning muvozanat darajasiga erishishda xususiy mutanosibliklarning roli qanday?