Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Gidrotsiklonda zarrachalarning tasniflanishi samaradorligiga ta’sir kiluvchi omillar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə11/28
tarix13.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#174863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Gidrotsiklonda zarrachalarning tasniflanishi samaradorligiga ta’sir kiluvchi omillar

Mexaniq tasniflagichlarga nisbatan gidrotsiklonlarda tasniflash samaradorligi ancha yuqori bo‘lib, 80 % ga etadi. Gidrotsiklonlarda tasniflanish samaradorligi quydigi omillarga: gidrotsiklon diametri (D), sliv chiqaruvchi (dc), quvurlarning diametrlariga, qattiq va suyuqlikning nisbatiga (K: C), bo‘tanani zichligiga, bo‘tanani qanday bosim ostida berilayotganiga bog‘liq.


Sikloning diametri kattalashgan sari uning unumdorligi diametrining kvadratibo‘yicha mutanosib ravishda oshib boradi, ammo slivdagi
zarrachani o‘lchamlari yiriklashib boradi.

  1. Bo‘tana keluvchi quvurning (db) shakli va o‘lchami: quvurni o‘lchami kattalashgan sari (bir xil bosimda ) mutanosib ravishda gidrotsikloning unumdorligi oshib boradi, sliv yiriklashadi. Bo‘tana beruvchi quvur uchining shakli to‘g‘ri to‘rt burchak bo‘lib, balandligi – kengligiga nisbatan 2 : 1 bo‘ladi. Amalda bo‘tana keluvchi quvurning ekvivalent diametri db = ( 0,08 -0,25 ) D deb qabul qilinadi .

  2. Sliv chiqib ketuvchi quvurning o‘lchami kattalashsa gidrotsiklonning unumdorligi oshadi, ammo yirik sliv olinadi. Amalda dc = (0,2 -0,4) D sliv chiqib ketuvchi quvurning o‘lchami ( dc) , bo‘tana keluvchi ( db) quvurning o‘lchamidan 20 -25 % kattaroq olinadi. Sliv chiqadigan trubani uchi gidrotsikloning slindr qismini konus qismiga ulangan erigacha tushirilgan bo‘ladi.

  3. Qum chiqib ketuvchi quvurlarning o‘lchami katta bo‘lsa, tasniflanish yuz bermaydi, xamma bo‘tana shu quvurdan chiqib ketishi mumkin. Quvurning diametri kichiklashib borgan sari qumda qattiq zarrachalarning miqdori oshib boradi, sliv yiriklashadi. Amalda dr= (0.5: 0.8)dsl qabul qilinadi.

Qum chiqaruvchi quvur diametrining (dl) sliv chiqaruvchi quvur diametriga ds nisbati dl/ds «qumlik nisbati» yoki «chiqaruvchilik nisbati» deb atalib, gidrotsiklonlarni moslashda asosiy omil xisoblanadi. Bunda dq- eng yirik zarrachaning o‘lchamidan kamida 3 marta bo‘lishi; sliv quvuri, bo‘tana quviridan kichik bo‘lmasligi kerak.
Tasniflashni eng yuqori samaradorligi dq/ dc = 0,3-0,5 qiymatiga to‘g‘ri keladi.
Konuslik burchagi amalda 200 bo‘ladi. Mayin sliv olish uchun konuslik burchagi = 5-100 bo‘ladi. Ammo ishqalanish kuchi yuqori bo‘lganligi sababli = 20 dan katta bo‘lishi kerak .
Bo‘tanani kirishdagi bosimisaralash natijalari qoniqarli bo‘lishi uchun bo‘tananing bosimi o‘zgarmas va yuqori bo‘lishi kerak. Gidrotsiklonga kirayotgan bo‘tananing bosimi (10-30 ) x 104 Pa bo‘ladi.
Mayin sliv olish uchun yuqori (20 – 30) x104Pa bosimli bo‘tana, yirik sliv olish uchun esa past bosimli bo‘tana ishlatiladi .
Mayin sliv olish uchun suyuqroq bo‘tana, yirik sliv olish uchun esa quyuqroq bo‘tana ishlatiladi. Bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning miqdori (T ) 10 % dan 50 % gacha bo‘lishi mumkin .
Flotatsiya mashinalarining klassifikasiyasi.
Hozirgi vaqtda sanoatda bir necha yuzlab har xil tuzilishga ega bo'lgan flotomashinalar ishlatilmoqda. Flotomashinalarni asosan bo'tanani aeratsiyalash usuliga qarab tasniflash qabul qilingan. Flotomashinalarning turlari 3-jadvalda keltirilgan.
Flotatsion mashinalarning klassifikatsiyasi
3-jadval.



Turi

Bo'tanani aeratsshlash usuli

Konstruktiv jihati

Mashinalar

I

Mexanik

Bo'tanani impeller aylanishidan so'rilgan havo yordamida

1.Parrakli impeller.
2.Rotorli impeller

«Mexanobr» MFU-63, «Gumbold», «Minamet», «FaGerGren»

II

Penovmatik

Bo'tanaga havo purkash yo'li bilan

1.Aerolift.
2.Bo'tanani ko'pik qatlamiga berish.
3.Kalonna turidagi kamerali.
4.Havoni mayda teshikchalar orqali berish.

Chuqur «Mexanobr», ko'pikni saralagich kalonnali «Apatit».

III

Penovmomehamik

I va II usullar birgalikda

1.Barmoqli aerator.
2.Titirama aerator.
3.Bo'tanani devor oldi qatlamini parchalovchi qurilma

«Mexanobr» barmoqli aerator bilan titratuvchi (vibratorli) aerator, uchli aerator

IV

Bo'tanada bosimni kamaytiruvchi

Eritmadan gazlarni ajratish yo'li bilan

1.Bo'tanani ustida vakuum hosil qilish.
2.Bo'tanani bosim ostida havo bilan to'yintirish va bosimni kamaytirish

Vakuumli, kompressorli

V

Elektroflotatsiya

Suvni elektrolizlash

-

Elektroflotatsion



Bundan tashqari, flotamashinalarni bo'tananing mashinalarda harakat yo'nalishiga qarab tasniflash mumkin. Ular uch turga bo'linadi: korita shaklidagi mashinalar, umumiy sathli va kamerali flotamashinalar (21-rasm).
Korita shaklidagi mashinalar yaxlit bo'lib, uzunasiga cho'zilgan. Flotatsiyaga tayyorlangan bo'tana mashinani bir tomonidan beriladi va u qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, chiqindi esa ikkinchi tomonidan chiqib ketadi. Ko'pik esa koritaning uzunasi bo'yicha hamma yeridan, uning ikkala qirg’og’i (borti) ga o'rnatilgan novga tushiriladi. Bo'tanani sathi kameraning hamma yerida bir xil bo'ladi 21-rasm, a).
Boshqa teng holatlarda flotatsiyalanuvchi mahsulotning o`lchami flotatsiya mashinasining ish samaradorligini belgilaydi.
Mayin va yirik zarralarni samarali flotatsiyalanishini amalga oshirish uchun maxsus tuzilishga ega flotatsiya mashinalarini qo`llash maqsadga muvofiq. SHu sababli yirikligi bo`yicha katta diapazondagi mahsulotlarni bitta turdagi flotatsiya mashinasida boyitish katta yoki mayda zarralarni yomon flotatsiyalanishiga olib keladi.
Shuning uchun rudalarni murakkab sxemalarda (yirik va mayin zarralarni alohida sikllarda flotatsiyalash va turli turdagi flotatsiya mashinalarini qo`llash) flotatsiyalash ko’zda tutiladi. Natijada har bir siklda yuqori tezlik va past xarajatni ta`minlaydigan yuqori texnologik ko`rsatkichlarga ega bo`lish mumkin.

chiqindi

chiqindi

boyitma

boyitma

boyitma

bo’tana

ko’pik

ko’pik

bo’tana

bo’tana

bo’tana

21-rasm. Flotatsiya mashinalari turlari: a)- korita turidagi mashina; b) – umuiy sathli mashina; v) – kmera turidagi mashina
Umumiy sathli mashinalarni, koritali mashinalardan farqi – uzun korita to'siq bilan bo'linma (otsek) larga bo'lingan. Har bir bo'linmada aeratsiyalovchi qurilmalar o'rnatilgan (16-rasm, b).
Kamerali turdagi mashinalar, juftlangan yoki alohida kameralardan iborat bo'lib, maxsus qurilmali tuynuklar yordamida bo'tana birinchisidan ikkinchisiga o'tishi va har bir kameradagi bo'tana sathini ko'tarishi yoki pasaytirishi mumkin.
Koritali mashinalar - pnevmatik, kompressorli va elektroflotatsiya moshinalariga bo'linadi.
Kamerali mashinalarni – pnevmatik, mexanik va pnevmamexanik turlari mavjud.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin