Mexanik tasniflagichlar yarim doira shaklidagi karitadan va uning ichiga o‘rnatilgan shnek (spiral)dan iborat. SHnek aylanishi yirik zarrachalarni yuqoriga surib borib tasniflagichdan chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
бўtана
Rasm. 2. Mexanik tasniflagichni ishlash sxemasi: 1-taglik; 2- qumlar; 3- mayda zarrachalar qatlami; 4- sliv
Mexanik tasniflagichlar 16-180 kiyalik bilan o‘rnatiladi. Tegirmondan chiqayotgan bo‘tana tasniflagichning o‘rta qismiga beriladi. Spiralli tasniflagichda bo‘tanani balandligi bo‘yicha 4 ta qatlamga bo‘lish mumkin:
1 qatlam – karita tagiga cho‘kib qolgan zichligi yuqori bo‘lgan zarrachalar va temir qirindilardan iborat bo‘lib, zich joylashgan. Karitani mexaniq emirilishdan saqlaydi.
2 qatlam – cho‘kmaga tushgan yirik zarrachalar qatlami bo‘lib, spiral aylanishidan uzluksiz yuqoriga karab harakatda bo‘ladi.
3 qatlam – muallaq suzuvchi qattiq zarrachalarga boy, doimiy harakatdagi bo‘tana qatlami;
4 qatlam – tasniflagichning bo‘tanani chiqarish ostonasiga qarab yuqoriga va gorizontal harakatlanuvchi bo‘tana oqimi qatlami.
Tasniflagichni uzunligi bo‘yicha uchta mintaqaga (zonaga) bo‘lish mumkin:
I zona – bo‘tanani tasniflagichga berish joyida bo‘lib, bo‘tana shiddatli aralashtiriladi, chuqurligi uncha katta emas.
II zona – slivni chiqarish ostonasiga yaqin joylashgan.gorizontal va vertikal xarakatlanuvchi oqim bo‘lib, mayda zarrachalarni tasniflagichdan chiqarib tashlaydi.
III zona – Vannani bo‘tana bilan to‘ldirilgan qism asosini tashkil qiladi. Bu zonada tasniflash jarayoni o‘tadi. Bo‘tana nisbatan sekin harakatlanadi.
Spiralli tasniflagichlar qiya yarim silindr karitadan iborat bo‘lib, metall ramaga o‘rnatiladi. Karitaga bitta yoki ikkita spiral qadalgan o‘q joylashtirilgan. Spirallar kengligi spiral diametrini 0,1/0,4 gacha bo‘lgan po‘lat lentalardan tayyorlanadi. Spiralni qadami uning diametrini yarmiga teng. Spiralni tashqi qismi (emirilishdan saqlash uchun) cho‘yan yoki yuqori mustaxkamlikka ega bo‘lgan qotishmalarning plastinkasi bilan qoplangan. Spiralqadalgan o‘q podshipnika mustaxkamlanadi. Pastki podshipnik bo‘tana ichida ishlaydi. SHuning uchun u zich yopilgan bo‘lishi kerak. O‘qning yuqoridagi podshipnigi sapfa yordamida tiralgan podshipnika maxkamlanadi. O‘q spiral bilan birga sekin aylanadi. O‘qni aylantiruvchi (privod) karitaning yuqori qismiga joylashtirilgan.
Tasniflagichni spirali bo‘tanaga to‘liq cho‘ktirilgan bo‘lsa mayin sliv, yarim cho‘ktirilgan bo‘lsa yirik (0,2 mm) sliv olish uchun ishlatiladi.
Spiralli tasniflagichning texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlovchi omillar quyidagilardan iborat: spiral diametri (karita kengligi), karita uzunligi va uning qiyalik burchagi, sliv ostonasining balandligi, spiralni aylanish tezligi.
Karitani kengligi (spiral diametriva ularning soni) tasniflagichni unumdorligini aniqlaydi.
Spiralni uzunligi – yirik zarrachalarni suvsizlantirish tezligidan va tegirmonni unumdorligidan kelib chiqib qabul qilinadi. 20-25% namlikka ega bo‘lgan maxsulot olish uchun karitani «yauritish» yaismini uzunligi 1,5-1,8 m bo‘lishi kerak.
Qiyalik burchagi – bo‘tana xajmi, cho‘ktirish yuzasi qiymatini qanday sliv olish va qayta tegirmonga yuboriladigan maxsulotning namligini inobatga olib tanlanadi.
Sliv ostonasi balandligi – mayin sliv olish uchun ostonasi baland, yirik sliv olish uchun past bo‘lishi kerak.
Spiralni aylanish tezligi – bo‘tanani aralashtirish tezligi orqali mayin va yirik sliv olish uchun moslashtiriladi.
Bo‘tanani zichligi – asosiy omillardan biri bo‘lib, slivni mayin yoki yirikligini moslash uchun xizmat qiladi.
Umuman olganda spiralli tasniflagichlarni samaradorligi 35-65% atrofida bo‘ladi.