Mis rudalari haqida umumiy ma’lumot Mis rudalari — misning sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan minerallari. Ular 170 dan ortiq boʻlib, shundan faqat 17 tasi sanoatda foydalaniladi. Mis rudalari boy (mis 3%dan ortiq), oʻrta (mis 0,3—1%), juda past (mis 0,3% dan kam) sifatli guruhlarga boʻlinadi. Xalkopirit CuFeS2(Cu—34,6%), bornit Cu5FeS4(Cu—52—65%), xalkozin Cu2S (Si—79,8%), kovellin CuS(Cu — 64,4%),malaxit Cu2[CO3][OH]2 (Cu57,4%) muqim Mis rudalaridir. Mis rudalarining paragenetik bogʻlanishi xilma-xil. Xalkopirit baʼzi sulfid rudalarining gidrotermal konlarida boʻladi. Koʻpchilik konlarda u rudalarning asosiy tarkibiy qismidir. Xalkopirit oʻrnida psevdomorfozalar hosil qilgan ikkilamchi mis sulfidlari — bornit, xalkozin va kovellinlar mis konlarining ikkilamchi sulfidli boyish zonalarida keng tarqalgan. Malaxit — oksidlangan Mis rudalarida eng koʻp uchraydigan mineral. Mis rudalari tarkibida oltin, molibden, reniy va boshqa ham boʻladi.
Mis rudalarining muhim turlariga mis-porfirli va mismolibdenli, mis-qumtoshli va slanetsli, misnikelli (sulfidli), polimetall, tomirli, kvarssulfid li, skarnli (misvanadiyli), mis-kobaltli, misvismutli, mistemirli, mis-oltinli va boshqa kiradi. Jahonda ishlab chiqariladigan misning 90% sulfidli rudalardan olinadi. M.rg-konlari RF (Ural), Zakavkazye, Krzogʻiston, AQSH, Chili, Kongo, Zambiyada bor. Oʻzbekistonda Mis rudalari konlari Olmaliq rudali r-ni — Qalmoqqir, Saricheku, Qizota va boshqa joylarda mavjud. Shulardan hozirgi kunda Kalmoqqir va Sarichekuda Mis rudalari qazib olinmoqda. Olmaliqning Mis rudalari tarkibida nodir komponentlar borligi jihatidan ular kompleksli hisoblanadi. Ulardan 15 dan ortiq eng nodir ruda hosil qiluvchi elementlar — mis, oltin, kumush, molibden, reniy va boshqa olinadi
Tayyorlash jarayonlari uchun talablar Boyitish jarayonlarining samaradorligi ularni qayta ishlashga tayyorlashda ajratiladigan minarallarning qanchalik darajada yuzalarini ochilganligiga va ularni gravitatsiya, flotatsiya va boshqa to‘liq ajratib olish usullari uchun zarur sinflarga ustuvor ajratishga bog‘liq.
Malumki so‘ngi yillarda katta zahiraga ega bo‘lgan qiyin boyitiluvchan kambag‘al rangli metal rudalarini qayta ishlashga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday rudalari o‘ta mayin yanchishni va boyitishning texnologik ko‘rsatkichlarini oshirishni talab qiladi. SHu maqsadda maydalash va yanchish jarayonlari rivojlanishining quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor berish zaruriyati tug‘ildi:
YAnchish va maydalash uskunalarining quvvati sezilarli o‘sdi;
Bir vaqtning o‘zida rudaning fizika kimyoviy xossadariga asoslangan holdi bir nechta vazifani bajaradigan, po‘lat yanchuvchi jismni kam sarflaydigan mashinalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
YAnchish va maydalash sxemalarini takomillashtirish va avtomatlashtirish;
Amaldagi va yangi tayyorlash jarayonlari va uskunalarini o‘rganish va takomillashtirish.
Rangli metal rudalarini asosiy boyitish usuli (flotatsiya) ga tayyorlash jarayonida yanchilgan ruda o‘lchamini ta’minlashda ikkita asosiy talabni bajarilishi zarur. Birinchidan, flotatsiyalanadigan mineral zarrasining o‘lchami flotatsiyaning samarali olib boriladigan (zarrachalar havo pufakchasiga samarali yopishadigan) zarracha o‘lchamining yuqori chegarasidan baland va pastki chegarasidan kichik bo‘lmasligini ta’minlash. Ikkinchidan, flotatsiyalanadigan zarralarning asosiy massasi kollektiv flotatsiyadan avval bo‘sh tog‘ jinsidan ajralgan va selektiv flotatsiyadan avval bir biridan ajralgan, xolos bo‘lgan bo‘lishi zarur.
Ko‘p hollarda minerallarning barcha yuzalarini to‘liq ochishning imkoni bo‘lmaydi. Barcha qimmatbaho komponentlar yuzasini ochish uchun o‘ta mayin yanchish kerak bo‘ladi, bu esa minerallarni o‘ta yanchilib ketishi (pereizmelcheniya)ga olib keladi va bu iqtisodiy va texnologik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. SHuning uchun har bir ruda o‘zining iqtisodiy samarali yanchilish darajasiga ega. Rudadagi metal miqdorining kamayishi va uni mayin yanchish zarurligi tayyorlash jarayonida iqtisodiy omillarni zudlik bilan oshishiga olib keladi. SHunday ekan, tayyorlash jarayoni, uskunalari va sxemalariga zaruriy talablar quyidagilar:
1) o‘ta yanchilib ketishning oldini olish va samarali uskunalarni tanlash maqsadida rudaning ashyoviy tarkibini o‘ziga xosligini hisobga olish;
2) yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan bitta uskunada bir nechta texnologik jarayonlarni amalga oshirish orqali mahsulot o‘lchamini yuqori darajada qisqartirishga erishish;
3) energetik va material xarajatlarni minimal darajada bo‘lishini ta’minlash;
4) uskunalar chidamliligini va emirilishga qarshiligini yuqori darajaga ko‘tarish;
5) avtomatlashtirish imkoniyatlari, mexnat sharoitini va atrof–muhit muhofazasini yaxshilash.
Kapital xarajatlarni, ishlatish uchun xarajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, maydalash yanchish uskunalarining o‘lchami va quvvatini oshirish uchun hal qiluvchi omillarni hisobga olgan holda hozirgi vaqtda yuqori solishtirma unumdorlikka va texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bir qator yangi mashina va uskunalar o‘zlashtirilmoqda. Ular orasida:
1) konusli yirik maydalagich, qo‘zg‘aluvchi konus diametri asosi 2900 mm (KKD 1500/270 GRSH);
2) inersiyali maydalagichlar (KID-1750 va KID-2200), ochiq siklda mahsulotni 100 mm dan 10-12 mm gacha maydalab berishni ta’minlaydi;
3) yuqori unumdorlikka ega g‘alvirlash mashinalari, elash yuzasi 15m2 (GST-72M) va 24m2 (GST-81R );
4) sharli tegirmonlar, deametri 6 m (MSHR-60x80, hajmi 190 m3) va 5,5 m (MSHR-55x65, hajmi 140 m3);
5) deametri 10,5 m bo‘lgan o‘ziyanchar va yarimo‘ziyanchar tegirmonlash (MMS-105x38 hajmi 300 m3 va MMS-105x50 hajmi 350-400 m3);
6) diametri 6 m bo‘lgan MSHS-60x85(hajmi-220 m3) va 7 m bo‘lgan MSHS-70x90 (hajmi– 320 m3) yanchilgan mahsulotni markazdan bo‘shatuvchi sharli tegirmonlar ishlab chiqilgan.
Tayyorlash jarayonlari sohasida amaldagi uskunalarni takomillashtirish, solishtirma ish unumdorligini va emirilishga qarshiligini oshirish yaqin kelajakda bajarish zarur bo‘lgan asosiy ishlardandir. Gidrotsiklonlar bundan mustasno. YAnchish jarayoni siklida yanada yuqori samarali klassifikasiyalashga erishish maqsadida deametri 500 va 710 mm bo‘lgan, boyitma va yarim oraliq mahsulotlarni qayta yanchish siklida deametri 360 mm dan kichik bo‘lgan gidrotsiklonlar ishlatilmoqda.
Unimdorlik bo‘yicha eng yahshi ko‘rsatkichlar yirik konusli va rotorli maydalagichlar uchun (3000 t\soat gacha); barabanli tegirmonlar (sterjenli, sharli va o‘ziyanchar) 300 m/soat.
Tegirmon va maydalagichlarda maydalangan ruda o‘lchamining kichiklashishi unumdorlikning kamayishiga olib keladi. Bararanli tegirmonlar uchun esa dastlabki mahsulotning yirikligi pasayishi unumdorlikning oshishiga olib keladi.
Maydalangan mahsulot o‘lchamining kichiklashishi bilan sharli tegirmonning unumdorligi oshadi va yanchishga ketadigan xarajatlar kamayadi, ammo, maydalash uchun xarajatlar oshadi.
O‘ziyanchar tegirmonlarni qo‘llashga o‘tish energiya xarajatlarini 10-15 % ga oshishiga olib keladi, ammo, o‘ziyanchar tegirmonlarni qo‘llash 2 ta bosqichda maydalash va 1-2 bosqichda po‘lat muhitda yanchish jarayonlarini o‘rnini bosadi. Bu esa ekspluatatsion xarajatlarni 8-10 % ga kamayishiga olib keladi. Mahsulot yirikligining qisqarish darajasi kamayadi. Biroq, o‘ziyanchar tegirmonlar muayyan fizik–mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan rudalar uchun qo‘llaniladi.
Tayyorlash jarayonlari sxemasi dastlabki rudalarning o‘ziga xosligi va fizik xususiyatlarini (mustahkamligi, yoriqligi, tayyor mahsulot miqdori mavjudligi, namlik va gilning miqlori) inobatga olgan holda tanlanadi.
YAnchishga yuboriladigan maydalangan oxirgi mahsulotning maksimal yirikligi quyidagi o‘lchamlardan oshmasligi kerak:
1) rudali o‘zi va yarimo‘ziyanchar tegirmonlar uchun 300-350 mm ;
2) sterjenli tegirmonlar uchun 15-20 mm;
3) sharli tegirmonlar uchun 10-13 mm.
YAnchish sxemasini tanlashda quyidagilar e’tiborga olinadi:
1) boyitish uchun etarli bo‘lgan yiriklikdagi mahsulot olishni ta’minlash;
2) rudaning ashyoviy tarkibi;
3) rudaning fizik xossalari;
4) birlamchi shlamning mavjudligi va rudaning uta yanchiluvchanlikka moyilligi;
5) ruda tarkibida qimmatbaho metallarning mavjudligi;
6) fabrikaning unumdorligi;
7) yanchuvchi muhit va elektr energiyasi narxi.