Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Jo‘vali maydalagichlarda xom ashyo 2 ta, bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan silindrik yoki o‘tkir tishli jo‘valar orasida uzluksiz maydalanadi. Bolg‘ali



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə7/28
tarix13.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#174863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Jo‘vali maydalagichlarda xom ashyo 2 ta, bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan silindrik yoki o‘tkir tishli jo‘valar orasida uzluksiz maydalanadi.
Bolg‘ali maydalagichlarda xom ashyo to‘xtovsiz aylanadigan valga biriktirilgan bir nechta bolg‘alarning kuchli zarbi natijasida rudalarni maydalaydi. Bunday maydalagichlardan asosan o‘rtacha va yumshoq (Fosforit rudalari, sement xom ashyolari, oxaktoshlar va h.) tog‘ jinslari hamda foydali qazilmalarni maydalash uchun kullaniladi.


Foydali kazilmalarni yanchish jarayoni
Tegirmonlar 2 xil bo‘ladi: mexaniq va aerodinamik. Tegirmon ichida materialni ezadigan jismlari bo‘lsa mexaniq tegirmonlar va aksincha materialni ezadigan jismlari bo‘lmasa aerodinamik tegirmonlar deyiladi. Metallni ezadigan jismlarga metall sterjenlar, po‘lat sharlar va yanchiladigan ruda bo‘laklarining o‘zi kiradi ya’ni ruda, rudani ezib maydalaydi. Tegirmon xar xil ash’yolarning kattaligini 5mm gacha o‘lchamda maydalovchi agregat. Ularni shakliga va yanchish usuliga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1. Aylanma (soqqali, zoldirli, sterjenli, o‘zi yanchar va boshqalar);
2. Korpusi ko‘zg‘almas, inersion, titrama;
3. Planetar tegirmonlar;
4. Gaz oqimi yordamida yanchuvchi tegirmonlar.
Barabanli tegirmonlar
Barabanniing formasiga ko‘ra tegirmonlar silindrik va konussimon bo‘ladi. Silindrik tegirmonlar 3 xil bo‘ladi:
a)qisqa – barabanning uzunligi uning diametriga teng yoki kichik;
b) uzun – barabanning uzunligi uning diametriga teng yoki katta;
v) uzun – barabanning uzunligi uning diametridan 3 marta katta.
Qiska va uzun silindrli tegirmonlar boyitish fabrikalarida ko‘proqqo‘llaniladi. Quvurli tegirmonlar esa sement va alyuminiy zavodlarida keng qo‘llaniladi va qo‘llanilib kelinmokda. Barabanli tegirmonlarni o‘zi xam sharli yoki sharsiz ishlashi bilan birgalikda birnechta quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) markazdan bo‘shatuvchi sharli tegirmon MSHS;
b) panjara orqali bo‘shatuvchi sharli tegirmon MSHR;
v)o‘zi yanchar va yarim o‘zi yanchar tegirmon MMS.
Aylanma tegirmonlar baraban yon tomonlarida qopqoqlar 2 va 44 – 45% hajmi yanchuvchi sharlar bilan to‘ldirilgan. YOn qopqoqllar markazida ichi bo‘sh sapfalar borki, birinchisidan dastlabki material beriladi, ikkinchisidan yanchilgan maxsulot chiqadi. Sapfalar podshipniklarga biriktirilgan. Tegirmon gorizontal o‘q bo‘yicha aylanma harakat qiladi.

Aylanma harakat davomida ezuvchi sharlar ishqalanish kuchi va markazdan kochma kuchlar ta’sirida tegirmonning devorlariga maxkam o‘rnashib, aniq bir balandlikgacha ko‘tarilib, so‘ngra pastga tushadi va xom ash’yoni yanchadi. Tegirmonlar uzluksiz aylanib turadi. Xom ash’yo berilishi va yanchilgan maxsulotning chiqishi xam uzluksiz ravishda amalga oshiriladi.


Tegirmonlar barabanning shakliga ko‘ra siltindrik yoki silindro – konusligi bilan farqlanadi.
Tegirmonlar yanchuvchi jismlariga va shakllariga qarab quyidagicha bo‘ladi: sharli, sterjenli, galkali va o‘ziyanchar. SHarli tegirmonlarda yanchuvchi jismlar po‘lat va cho‘yan sharlar hisoblanadi; sterjenli tegirmonda–po‘lat sterjenlar; galkali tegirmonda – kremniy qumidan bo‘lgan galkalar; o‘ziyanchar tegirmonlarda esa yanchuvchi jismlari – yanchilayotgan rudalarning yirik bo‘laklari hisoblanadi. YAnchuvchi sharlarning diametri 60 mm dan 125 mm gacha bo‘ladi. barabanli tegirmonlar asosan II – III bosqich yanchish jarayonlarida qo‘llaniladi.






Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin