Navoiy davlat pedagogika institu



Yüklə 79,7 Kb.
səhifə2/5
tarix04.05.2023
ölçüsü79,7 Kb.
#107482
1   2   3   4   5
Salimaaa

Ruboiy poetikasi
Ruboiy (arab.to‘rtlik ko‘pligi — ruboiyot) — to‘rt misradan iborat mustaqil lirik janr. «Arab tilidagi «arbaatun», «ruboiy yatun» (to‘rtliq to‘rt) so‘zlaridan olingan ruboiy termini Ajam (arab xalqlari va mamlakatlaridan boshqa ellar) shoirlari orasida to‘rt misradan iborat va qofiya tartibi a+a+b+a shaklidagi, mustaqil bir mazmunni ifodalaydigan lirik asarni anglatgan. Odatda ruboiyning birinchi misrasi tezis, ya’ni shoir
keyin isbot etishi lozim bo‘lgan fikrning da’vo shaklida o‘rtaga tashlanishidir. Ikkinchi misra antiteza, ya’ni avvalgisiga zid, uning aksidek jaranglaydi, biroq dastlab qo‘yilgan tezisning isbotiga xizmat qiladi. Uchinchi misra qofiyasiz bo‘lib,moddai ruboiyya deb ataladi. Shoir xulosa chiqarishga tayyorlanar ekan, bu go‘yo asosiy maqsadga, xulosaga olib keluvchi ko‘prik burchini o‘taydi. Nihoyat so‘nggi misra, maqsadning ochiq ravshan aytib tugatilishi sintezdir... Ruboiy to‘rt misraga singdirilgan butun bir she’riyat dunyosi, insonning g‘oyat xilma-xil va juda boy fikr-hislari, «qalb dialektikasi»ning ajoyib tarjimonidir». «Ruboiy janrining bohh xususiyati shundaki, u ko‘p vaqt inson hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng teran va keskin momentlardagi mulohaza va fikrlarni quyma satrlarda gavdalantiradi. Bunda mundarijaning yetakchiligi yaqqol sezilib turadi. Bunda yozuvchining asosiy maqsadi, bir fikrni ham tasviriy obrazlar vositasi
bilan, ham mantiqiy dalillar bilan ochiq-ravshan tasdiqlash yoki rad etish, biron muhim masalani jamoatchilik ongiga yetkazish... biron voqea yoki hodisaning oxiriga yetgan nuqtasini ko‘rsatish va unga o‘z munosabatini, fikrini bildirishdir. Bunda hamma so‘z va tasvir shu maqsadni mumkin qadar effektli ochib berishga xizmat qiladi...»
Ruboiyning shakliy poetik xususiyatlari: a) she’r hajm jihatidan, albatta, to‘rt misralik bo‘ladi; b) kompozitsiyasi tezis, antitezis, moddai ruboiyya va sintezdan tashkil topadi; v) hazaj bahrining axram va axrab vaznlari(24 vazn)da yoziladi; g) falsafiy, ijtimoiy, axloqiy va intim-ishqiy mavzularda yoziladi; d) qofiyalaniSh tartibi 2 xil: a+a+b+a hamda a+a+a+a; e) qofiyalari ko‘pincha radifli bo‘ladi.
Olimlarimizning aniqlalhicha, ruboiyning o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi arab istilosidan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Ruboiy janri va uning tarixiy taraqqiyoti adabiyotshunos Rahmonqul Orzibekovning «Lirikada kichik janrlar» kitobida mufassal yoritilganki, buni, albatta, o‘qib chiqish kerak.
Ruboiy Sharq adabiyotida keng tarqalgan. Fors-tojik adabiyoti mumtozlari Rudakiy, Sa’diy, Hofiz, Umar Xayyom kabi faylasuf -shoirlar ruboiy janrida jahonga shuhrat taratganlar. O‘zbek klassiklari ham ruboiy janrida katta madaniy meros qoldirishgan. Bular orasida, ayniqsa, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari g‘oyaviy-badiiy yetukligi, hikmatomuzligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan:
Ko‘z birla qoShing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zung yaxshi, dudog‘i ng yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin oyog‘i n g yaxshi.
(Alisher Navoiy)
Yod etmas emish, kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish, ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘aribliqdan shod o‘lmadi, oh
G‘urbatda sevunmas emish, albatta, kishi.
(Bobur)
Bu ikki ruboiyning qofiyalanish tartibi ko‘zdan kechiriladigan bo‘lsa, ularning ikki xil tartibda qofiyalanganligini payqaymiz: birinchi ruboiyning to‘rtala misrasi ham o‘zaro qofiyalangan (sxemasi: a+a+a+a), ikkinchi ruboiyning uch misrasi qofiyalanib, bir misrasi ochiq dolgan (sxemasi: a+a+b+a). Ruboiyning a+a+a+a tartibida qofiyalanuvchi turi, odatda, taronai ruboiy deb yuritiladi. Adabiyotimiz tarixida ruboiyning a+a+a+a
shaklida qofiyalanuvchi turi kamroq uchraydi, a+a+b+a shaklida qofiyalanuvchi turi keng tarqalgan.
O‘zbek shoirlaridan Sayfi Saroyi, Lutfiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy kabi so‘z ustalari ruboiy janrida barakali ijod etishgan. Bulardan tashqari, lirik she’riyatimiz tarixida, ahyon-ahyonda bo‘lsa-da, tuyuq-ruboiy, muammo-ruboiy, chiston-ruboiy, mustazod-ruboiylar uchrab turadi. Adabiyotshunos R. Orzibekovning aniqlashicha, Bobur va Lutfiy tuyuq-ruboiylar, Navoiy, G‘oziy, Muqimiylar ta’rix-ruboiylar, Uvaysiy chiston-ruboiylar, Ado mustazod-ruboiylar yozgan.

Pahlavon Mahmudning shaxsiyati, ijodi va ruboiylari bilan bog‘liq ko‘pgina manbalardan ma’lumot olish mumkin. Shamsiddin Somiyning “Qomus ul-a’lam”, Lutf Alibek Ozarning “Otashakadayi Ozariy”, Kamoliddin Husayn Fanoyining “Majolis ul-ushshoq” singari asarlarida, qator lug‘atlarda shunday ma’lumotlar keltirilgan. Ularda ko‘rsatilishicha, adibning “Pahlavon” unvoni bilan mashhur bo‘lishiga sabab Mahmudning jismoniy jihatdan baquvvatligi, sharqona kurashning katta vakili bo‘lganidir. Hatto uni “kuragi yrni ko‘rmagan” Pahlavon sifatida ilga olishadi. Mahmudning Puryoyvaliy, Puryorvaliy taxalluslari ham pahlavonlik bilan bog‘liq.


O‘tmish mutafakkirlari, xususan, mashoyixlar haqida manoqib hamda tazkiralar yaratish Sharq ilmiyt adabiy hayotida o‘ziga xos bir an`anaga ega. XV asrgacha ana shunday tazkiralardan o‘ndan ziyodi yaratilgan. Ular orasida Farididdun Attor, Abdurahamon Jomiy, Alisher Navoiy, Sayfiddin Ali Safiylarning asarlari alohida qimmatda molik. Bu adiblarning “Tazkirat ul-avliyolari”, bir tomondan, o‘zlarigacha yashab o‘tgan irfoniy tafakkur donishmandlari hayoyi, ijodiy merosi, aqidalari, ular haqidagi naqllar, hikmatlari, o‘zga bandalariga nasib etmagan nogihoniy ruhiy qudratlari haqida yaxlit ma’lumot bersa, ikkinchi tomondan, o‘sha oriflar yashagan davr ijtimoit-falsafiy qarashlari tarixini, turli so‘fiy oqim va ta’limotlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos jihatlarinin o‘rganishda ham eng nodir manbalar hisoblanadi.

Shoir va adabiyotshunos Kamoliddin Husayn Fanoiyning “Majolis ul-ushshoq” kitobi ham ana shunday turkumga kiradigan va biz tadqiqot obyekti sifatida oolgan mavzumizga daxldor bo‘lgan asarlardan biridir.


Avvalo, ruboiy janri haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, “ruboiy” so‘zi arabchadan olinga bo‘lib, “to‘rtlik” degan ma’noni anglatadigan Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janrdir. Aniq gʻoyaviy-badiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan to‘rt misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr hisoblanadi. Ruboiy hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. Ruboiy qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil ruboiylarning 1-2-4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida). Masalan:

Falakning ustidan kim topdi zafar, (a)


Yer qachon odam yeb to’yibdi, magar – (a)


Meni yemadi deb kekkaya ko’rma, (b)


Shoshmay tur, ko’p o’tmay navbating yetar. (a) Umar Hayyom.


Ikkinchi xil ruboiylarda toʻrtala misrasi ham qofiyalanadi (a-a-a-a shaklida). Masalan:

Kim istasa saltanat, sahodur anga shart, (a)


Kim va’daki aylasa, vafodur anga shart. (a)


Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart, (a)


Oldig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart. (a). Alisher Navoiy.


Ruboiydagi to‘rt unsur to‘rt misrada aytilmoqchi boʻlgan fikrning toʻgʻri, badiiy yuksak, kompozitsion jihatdan pishiq boʻlishini taʼminlaydi. 1-misra —tezisda shoir aytmoqchi boʻlgan fikr oʻrtaga tashlanadi; 2-misra — antitezisda birinchisiga qarama-qarshi fikr aytiladi, biroq, u tezisni isbotiga xizmat qiladi; 3-misra — moddai ruboiya 4-misrada aytilmoqchi boʻlgan xulosa uchun koʻprik vazifasini oʻtaydi; 4-misra — sintezda avvalgi uch misradan gʻoyaviy xulosa chiqariladi, bu shoirning asosiy gʻoyasi hisoblanadi.

Yüklə 79,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin