Navoiy davlat pedagogika instituti boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə7/8
tarix13.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#97298
1   2   3   4   5   6   7   8
e9c59efaa1dee9aa95caca6f24e7ac53 Ona tili va uni o`qitish metodikasi

X U L O S A
3-sinf ona tili darslarida so`z tarkibi va yasalish usullarini o`rganishda quyidagi jihatlarga e`tibor qaratish lozim deb o`ylayman:
-o`qituvchi bayonining o`quvchilar ongiga to`la yetib borishi;
-barcha o`quvchilarning darsga faol va ongli munosabatda bo`lishi;
-dars jarayonida ta`limning eng so`nggi va interfaol usullaridan hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
-har bir savol va tushunchaning o`qituvchi tomonidan qisqa va tushunarli ifoda etilishi;
-o`quvchilar ishtirokida xilma-xil mazmundagi o`quvchilar nutqini o`stirishga qaratilgan qiziqarli savol va topshiriqlar va mustaqil ishlarni tashkil etish.
“3-sinf ona tili darslarini tashkil etish metodikasi” mavzusidagi kurs ishi mazmun mohiyatiga ko`ra quyidagi vazifalarni bajarishga yo`naltirildi.
-o`rganilgan mavzu yuzasidan suhbat o`tkazish, takrorlash orqali bilimlarni umumlashtirish;
-tushunchalarni mustaqil o`zlashtirish;
-o`quvchilarning nutq madaniyatini, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, faolligini oshirish, bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirish;
-o`quvchilarni o`zaro ishonch, mustahkam e`tiqod va jamoatchilik ruhida tarbiyalash;
-muhimni nomuhimdan ajratish, tegishli xulosa chiqarish.
Ona tili darslarini tashkil etishni mazmun jihatdan quyidagi guruhlarga bo`lib o`rgandik.
1. O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o`stirish yuzasidan qo`shimcha ishlashga qaratilgan savol va topshiriqlar.
2. O`quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini o`stirishga, shuningdek, darsda o`zlashtirgan bilimlarini mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar.
3. O`quvchilarning ona tili fanidan o`zlashtirgan tushunchalarini rivojlantirishga qaratilgan savol-topshiriqlar.
4. O`quvchilarga tushunilishi qiyin bo`lgan so`zlar, atamalar ma`nosini izohlashga qaratilgan savol-topshiriqlar.
5. O`quvchilarga ma`naviy-axloqiy tarbiya berish, dunyoqarashini tarbiyalashga qaratilgan savol-topshiriqlar.
6. O`quvchilarning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan savol-topshiriqlar.
Shunday qilib, “3-sinf ona tili darslarini tashkil etish metodikasi” mavzusidagi kurs ishini bajarish davomida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Qiziqarli savol va topshiriqlar orqali mavzuning yashirin qirralarini ochishga harakat qilindi.
2. Savol va topshiriqlarning berilishi unga o`quvchini javob berishga da`vat qilinishi o`quvchilarning so`z boyligi, nutqini o`stirishga, rivojlantirishga ijobiy ma`noda xizmat qiladi.
3. 3-sinf o`quvchilarining so`z boyligi va nutqi ustida ishlashda savol va topshiriqlar yuzasidan olib borilgan ishlar muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
4. Savol va topshiriqlarni haddan ziyod ko`p va maydalashtirib berilishi o`quvchilarni zeriktirib qo`yishga sabab bo`lishi o`qituvchilarga eslatib o`tildi.
O`quvchi tilga muhabbat bog`laydi, uni qunt bilan o`rganishga dadil qadam tashlaydi. Topshiriq o`quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, ularni mehnat faoliyati va mustaqil turmushga tayyorlashda muhim rol o`ynaydi. U topshiriq orqali o`quv qiyinchiliklarini sabot va matonat bilan yengishga, mustaqil ishlash va o`z bilimini mustaqil oshirib borishga o`rganadi.
Ona tili fanidan o`quv topshiriqlari 3-sinf o`quvchisining individual-psixik xususiyatlari: xotira, iroda, xarakter, qobiliyat kabilarni shakllanishiga xizmat qiladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin