Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi



Yüklə 426,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix01.01.2022
ölçüsü426,1 Kb.
#50263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ozbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish

Ikkinchi  guruh  –  insonning  fikrlash, so`z  va  matbuot  erkinligini to`g’ridan-

to`g’ri  ta`minlashga  qaratilgan  fuqarolik  jamiyatini  alohida  instituti  –  ommaviy 

axborot  vositalarining  jamiyatdagi  huquqiy  maqomi  belgilab  qo`yilgan 

konstituciyaviy qoidalardan iboratdir..  

Konstitutsiyaning  67-moddasi  bunga  misol  bo`la  oladi.  Unda  qayd 

etilganidek:  “Ommaviy  axborot  vositalari  erkindir  va  qonunga  muvofiq  ishlaydi. 

Ular  axborotning to`g’riligi uchun belgilangan  tartibda  javobgardirlar.  Cenzuraga 

yo`l  qo`yilmaydi”.  Bunday  qoida  ilgari  O`zbekistonning  birorta  konstituciyasida, 

hattoki sobiq ittifoq konstituciyasida ham qayd etilmagan.

2

  



O`zbekiston  tarixida  birinchi  marta  ommaviy  axborot  vositalarining  erkinligi 

principi  konstitucciyaviy  qoida  tariqasida  Ushbu  modda  negizida  mustahkamlab 

qo`yildi.  eng  muhimi,  cenzura  bekor  qilindi.  Cenzuraning    taqiqlanishi  bilan 

ommaviy axborot vositalariga tazyiq o`tkazilishining oldi olindi. 

Ushbu  konstitusiyaviy  qoida  ommaviy  axborot  vositalari  chinakam  erkin 

faoliyat  yuritishining  huquqiy  kafolati  bo`lib, jamiyatning  yangilanishi  jarayonida 

mislsiz ahamiyatga ega. 

Shu  bilan  birga,  mazkur  konstitusiyaviy  qoida  ommaviy  axborot  vositalari 

qonunchiligining  asosi  bo`lgan  bir  qancha  qonunlar  qabul  qilinishida  mustahkam 

poydevor vazifasini o`tadi va o`tamoqda.  

                                                 

1

 Qarang: O`zbekiston Respublikasi Konstituciyasi. – T.: “O`zbekiston”, 2003, 5-b.  



2

 O`zbekiston Respublikasi Konstituciyasiga sharh. – T.: “O`zbekiston”, 1995, 175-betlar.  




 

Respublika  Prezidenti  I.A.Karimov  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va 



senatining  qo`shma  majlisidagi  ma`ruzasida  ta`kidlaganidek,  O`zbekistonda 

demokratik 

yangilanishlar 

jarayonini 

chuqurlashtirish 

va 


fuqarolarning 

erkinliklarini  ta`minlashning  g’oyat  muhim  sharti  –  bu  ommaviy  axborot 

vositalarini  rivojlantirish  uchun  andozalarni  joriy  etish  bo`yicha  aniq  choralarni 

amalga oshirishdir.

1

     


Bugungi  kunda  ommaviy  axborot  vositalarining  jamiyatdagi  o`rnini 

yuksaltirish,  matbuot,  televidenie,  radio  faoliyatini  yanada  liberallashtirish, 

ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta`minlash masalalari hayotimizni isloh 

qilish  va  yangilash  borasida  oldimizga  qo`ygan  besh  ustuvor  vazifa  yo`nalishdan 

biri etib belgilab qo`yilgan. 

Respublikamizda  ommaviy  axborot  vositalari  erkinligi  –  konstituciyaviy 

tamoyillardan  biri  sifatida  tan  olindi.  Shunga  amal  qilingan  holda  ish  olib 

borilmoqda.  

O`zbekistonda  ommaviy  axborot  vositalari  erkinlik  berilishi  va  bu 

erkinlikning  huquqiy  jihatdan  mustahkamlab  qo`yilishi  mustaqillik  bilan  bevosita 

bog’liq  jarayon  bo`lib,  eski  tuzum-sovet  hokimiyati  davrida  ma`muriy-

buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig’inish mustahkam qaror topganligi tufayli hatto 

ochiq axborot ham maxfiylashtirilgan edi.  

Respublikada  hali  mustaqillik  e`lon  qilinmay  turib,  1991  yil  14  iyunda 

“Ommaviy  axborot  vositalari  to`g’risida”gi  qonun  qabul  qilindi

1

.  Unda 



belgilanishicha, “O`zbekiston SSRda barcha ommaviy axborot vositalari erkindir. 

Ushbu  qonun  O`zbekiston  SSR  Konstitutsiyasi  asosida  har  bir  fuqaroning  so`z 

erkinligiga,  ommaviy  axborot  vositalarida  chiqish,  o`z  fikri  va  e`tiqodini  oshkora 

bayon etish huquqiga kafolat beradi. Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, 

tanlash,  qabul  qilish  va  ommalashtirishda  qonunga  muvofiq  ish  olib  boradilar. 

Ommaviy  axborot  vositalarini  cenzura  qilishga  yo`l  qo`yilmaydi”,  deb  ta`kidlab 

qo`yildi. Bu istiqlolgacha bo`lgan jarayonda ko`rsatilgan katta jasorat edi.  

                                                 

1

 Karimov I., O`zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. – T.: “O`zbekiston”, 2005, 25-bet.  



1

 O`zbekiston Sovet Socialistik respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991 yil 30 avgust, №8, 180-

modda, 56-bet. Mazkur qonunning 2-moddasi “So`z erkinligi va ommaviy axborot vositasi” deb nomlangan.  



 

Shu yo`l bilan fuqarolarning o`z fikrlarini erkin tarzda matbuotda yozma yoki 



og’zaki  chiqishlarda  ifodalash  huquqi,  ya`ni  so`z  erkinligi  ilk  bor  qonun  aosida 

kafolatlandi.  

1995  yil  6  mayda  imzolangan  “O`zbekiston  Respublikasining  ayrim 

qonunlariga o`zgartishlar kiritish to`g’risida”gi qonunning VIII bo`limiga muvofiq 

ushbu qonunga muayyan o`zgartirishlar kiritildi.

2

 



Bu  qoidalar  oddiy  qonun  darajasi  bilan  cheklanib  qolmay,  balki  ommaviy 

axborot  vositalarining  muhim  ahamiyatini  e`tiborga  olib,  Asosiy  Qonun  – 

Konstitutsiya darajasiga ko`tarildi. 

Oliy majlisning 1997 yil 26 dekabrdagi qaroriga muvofiq “Ommaviy axborot 

vositalari  to`g’risida”gi  yangi  qonun  amalga  kiritilishi  munosabati  bilan 

“Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi 1991 yilgi qonun va unga 1995 yilda 

kiritilgan o`zgartishlar o`z kuchini yo`qotgan deb topildi. 

1991  yilgi  qonunning  “So`z  erkinligi  va  ommaviy  axborot  vositasi”  deb 

nomlangan 2-moddasi qoidalari 1997 yilgi qonunda yanada mukammallashtirilgan 

va 3 ta alohida modda – “Ommaviy axborot vositalari erkinligi” (2-modda), “So`z 

erkinligi”  (3-modda)  va  “Senzuraga  yo`l  qo`yilmasligi”  (4-modda)  shaklida 

berilgan.

1

   


Qonunda ommaviy axborot vositalari erkinligi tushunchasi bilan so`z erkinligi 

tushunchasining  har  biri  alohida  ta`riflangani  muhim  yangilikdir.  Ya`ni,  2-

moddada:  “O`zbekiston  Respublikasida  ommaviy  axborot  vositalari  erkin  bo`lib, 

ular O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu qonunga va boshqa qonun 

hujjatlariga muvofiq faoliyat ko`rsatadi”, deb belgilangan bo`lsa, 3-moddada: “Har 

kim  ommaviy  axborot  vositalarida  chiqish,  o`z  fikri  va  e`tiqodini  oshkora  bayon 

etish huquqiga egadir”

2

 degan qoida bilan so`z erkinligiga ixcham, aniq va ravshan 



ta`rif berilgan.  

Senzuraga  yo`l  qo`yilmasligiga  taalluqli  qoida  4-moddada  quyidagicha 

rivojlantirilgan:  “O`zbekiston  Respublikasida  ommaviy  axborot  vositalarini 

                                                 

2

 O`zbekiston respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil iyun`, №6, 118-modda, 80-bet.  



1

 O`sha manba, 63-bet.  

2

 O`sha manba, o`sha joyda.  




 

cenzura  qilishga  yo`l  qo`yilmaydi.  e`lon  qilinayotgan  xabarlar  yoki  materiallar 



oldindan  kelishib  olinishini,  shuningdek  ularning  matni  o`zgartirilishini  yoki 

butunlay  nashrdan  olib  qolinishini  (efirga  berilmasligini)  talab  qilishga  hech 

kimning haqqi yo`q”.

3

 



Yurtboshimiz I.A.Karimov iborasi bilan aytganda, biz mustabid tuzum merosi 

va  aqidalaridan,  uning  mafkurasi,  ma`muriy  nazorati  va  cenzurasidan  juda  katta 

qiyinchiliklar bilan xalos bo`lyapmiz.

4

 



Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida ushbu masalalarga alohida urg’u 

berilayotgani  O`zbekiston  Respublikasi  mustaqilligining  dastlabki  davridanoq 

ommaviy  axborot  vositalarini  tom  ma`noda  “to`rtinchi  hokimiyat”  darajasiga 

ko`tarish  borasida  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilayotgan  uzviy  islohotlarning 

mantiqiy davomidir.  

Bu  borada  Prezidentimiz  o`zining  matbuot  va  OAV  xodimlariga  2006  yil 27 

iyunda  yo`llagan  tabrigida  yana    bir  bor  ko`rsatib  o`tdi.    “Ommaviy  axborot 

vositalarimizning  istiqlol  yillarida  bosib  o`tgan  rivojlanish  yo`liga  nazar  tashlar 

ekanmiz, tabiiyki, jurnalistlarimizning bugungi saviyasi va darajasini bundan o`n-

o`n besh yil avvalgi holat bilan mutlaqo solishtirib bo`lmaydi. 

Keyingi  paytda  milliy  matbuotimizning  qiyofasini  tubdan  o`zgartirib 

yuborgan komp`yuter va axborot texnologiyalari, Internet tizimi bilan bir qatorda, 

eng avvalo, bu vositalarning barchasini jonlantiradigan, ularga mazmun beradigan, 

ta`sirchanligi va samarasini amalda namoyon qiladigan asosiy kuch-jurnalistlar va 

matbuot  xodimlarimizning  malakasi  va  dunyoqarashi,  tafakkuri  va  mahorati 

boshqalardan  kam  bo`lmaydigan  darajaga  o`sib  borayotganini  e`tirof  etish 

adolatdan bo`ladi. 

Bugun  biz  yurtimizda  huquqiy  davlat,  demokratik  jamiyat  qurayotgan 

ekanmiz,  bu  masalaning  eng  muhim  sharti  bo`lmish  inson  qadri,  inson  huquq  va 

erkinliklarini  himoyalash,  odamlarni  dunyoda  xolisona  xabardor  qilish,  bu 

jarayonlarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish, bir so`z bilan aytganda, el-

                                                 

3

 O`sha manba, 63-64-betlar.  



4

 Qarang: Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilish, mamlakatni 

modernizaciya va isloh etishdir.// O`zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. –T.: “O`zbekiston”, 

2005, 36-bet.   




 

yurt  dardi  va  intilishlari  bilan  yashash,  barchamizdan,  birinchi  galda,  ommaviy 



axborot vositalari vakillarridan bu talab va mezonlarni kundalik hayotimizda izchil 

joriy etishni taqozo etadi. 

Matbuotimiz  oldida  turgan  mana  shunday  dolzarb  vazifalarni  ado  etishda 

bugun  bu  borada  olib  borilayotgan  ishlarni  yanada  takomillashtirish,  jumladan, 

ommaviy  axborot  vositalarining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  ularni 

eng  zamonaviy  texnologiya  va  uskunalar  bilan  jihozlash,  soha  rivoji  uchun  zarur 

bo`lgan  islohotlarni  amalga  oshirish,  matbuot  ahlining  mas`uliyatli  mehnatini 

qadrlash,  moddiy  va  ma`naviy  rag’batlantirish  masalalari  bundan  buyon  ham 

davlatimiz, hukumatimiz e`tibor markazida bo`lishi tabiiy, albatta”.

1

 



Davlatning  boshqaruvida  “to`rtinchi  hokimiyat”ga  juda  katta  mas`uliyat 

yuklandi,  vazifalar  belgilandi.  Biz  kurs  ishiishimizda  ana  shu  modammolar, 

ularning echimlari haqida so`z yuritamiz. 


Yüklə 426,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin