Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
Oʻzbekiston Yevropadagi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o‘matishga jiddiy e’tibor berdi. Xususan, Birinchi Prezident I.Karimovning
1996-yillardagi GFR, Fransiya, Buyuk Britaniyaga tashriflari tufayli Yevropaga yo‘l ochildi. Bu mamlakatlar bilan iqtisodiy, sav-do va madaniy aloqalar kengaydi.
yil may oyida Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanov rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Shu kuni shahar tashqarisidagi Do‘rmon qarorgohida Oʻzbe-kiston Prezidenti I.Karimov bilan Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanovning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xalqaro hayotdagi dolzarb voqealar, ikki mamlakat o‘rtasidagi mu-nosabatlaming bugungi ahvoli, o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivoj-lantirish uchun amalga oshirilishi zamr bo‘lgan chora-tadbirlar va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezidentlaming o‘zaro muloqoti oxiriga yetgach, ikki mam-lakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi mu-zokaralari boshlandi. Muzokaralarda asosiy e'tibor ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga qaratildi. Oʻzbekiston bilan Bolgariya o‘rtasidagi hamkorlikni ri-vojlantirishdan har ikki tomon ham birdek manfaat ko‘radi,-dedi Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov.-Janob Petr Stoyanovning Bolgariya rahbari sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgani ham bejiz emas. Shu o‘rinda bir gapni aytish kerak-Oʻzbekiston Bolgariya uchun hamisha ochiqdir.
Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik haqida gapirganda, awalo, kommunikatsiya va tranzit masalasiga to‘xtalish ke-rak bo‘ladi. Bu borada asosiy dastur TRASEKA loyihasi hisoblanadi. Sharq va G‘arbni bir-biriga birlashtiradigan mazkur transport yoTagini toTa quwatda ishga tushirish uchun u o‘tadigan mam-lakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalami mustahkamlash zamr boTadi. Negaki mazkur yoTak bu yo‘nalishdagi barcha davlatlarga bir xil foyda keltiradi. Xususan, nafaqat Bolgariya, balki Yevropa bozoriga chiqishimiz uchun ham Bolgariyaning Vama shahri portlaridan foydalanishimiz mumkin. Bolgariya esa Oʻzbekiston orqali nafaqat Markaziy Osiyo balki butun Osiyo bozoriga chiqishi mumkin. Ayni mavzuda gap ketganda shuni aytish kerakki, bugungi kunda Gruzi-yaning Poti porti bilan Bolgariyaning Vama porti o‘rtasidagi aloqa yoʻlga qo‘yilgani TRASEKA loyihasini hayoʻlga tatbiq etishdagi mu-him ishlardan biri boʻldi.
Q‘zaro hamkorlikdan ko‘zlagan maqsadimiz bitta-xorijiy sar-moyaning mamlakatimizga oqib kelishi uchun qulay sharoit yara-tish,-dedi Bolgariya Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi ham-korlik haqida o‘z fikrlarini bayon qilar ekan-shuning uchun o‘zaro sa’y-harakatlami birlashtirish kerak. Shunda bizga Sharqqa, Oʻzbekiston uchun esa G‘arbga chiqish oson kechadi. Qolaversa, yaratilajak transport yoTagi tufayli mamlakatimizga kirib keladigan sarmoya ham ko‘payadi.
Muzokaralarda Bolgariya tomoni Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib Toshkentda o‘z elchixonasini ochajagini ma’lum qildi. Shu-
ningdek, yaqin kelajakda Sofiyada Oʻzbekiston elchixonasini ham ochish rejalashtirilayotgani aytildi. Yana bir gapni aytib o‘tish ke-rakki, muzokaralar chog‘ida o‘zbekistonlik bolalami Qora dengiz sohilidagi dam olish maskanlariga jo‘natish borasida muayyan keli-shuvga erishilgani ham muhim ish bo‘ldi.
Muloqot chog‘ida shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi mada-niy aloqalami, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida ham so‘z bordi.
Muzokaralar nihoyasida ikki tomonlama qo‘shma hujjatlami imzolash marosimi bo‘ldi. Oʻzbekiston va Bolgariya hukumatlari o‘rtasida belgilangan hududlar hamda ulardan tashqarida o‘zaro havo aloqasini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida hamda jinoyatchilikka qarshi ku-rash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida im-zolangan do‘stona munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma ratifikatsiyalangani haqida yorliqlar almashish to‘g‘risidagi proto-kolga ham imzo chekildi.
Oʻzbekiston keyingi yillarda Boltiq bo‘yi respublikalari bi-lan ham do‘stona hamkorlikni saqlab qolish va uni yangi sharoitda yanada rivojlantirishga harakat qildi.
yil 6-iyun kuni Birinchi Prezident I.Karimov davlat tashrifi bi-lan Latviya Respublikasiga bordi. Shu kuni Latviya Prezidenti Gun-tas Ulmanis bilan I.Karimov o‘rtasida muloqot bo‘lib, har ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma chu-nonchi, transport, havo aloqalari, sayyohlik va ilmiy-texnik aloqalar yuzasidan bitimlar tuzildi.
iyun kuni u Riga birjasi binosida Latviya ishbilarmonlari bilan uchrashdi. So‘ng Latviya seymiga tashrif buyurib, uning raisi Anato-liy Gorbunov bilan muloqotda bo‘lib parlamentlararo munosabatlar-ni yanada yaxshilash yuzasidan kelishib olindi.