Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida ko‘plab xalqaro Konvensi-yalarga va BMT, YXHT, XMT kabilaming protokollariga qo‘shildi. Shu yillar mobaynida Oʻzbekiston o‘zining tashqi siyosatida, awalo, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari-ni rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. AQSH, Germaniya, Fransi-ya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa ko‘plab rivojlangan mamlakatlar bilan o‘matilgan aloqalar o‘z natijalarini bera boshladi. Turkiya bilan abadiy do‘stlik shartno-masi Oʻzbekiston tashqi siyosatidagi o‘ziga xos yangilikdir.
1995-yil 15-16-sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo Xavfsizlik va Hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar Kengashi boʻldi. Bu Kengashda ishtirok etish uchun 31 mamlakat, 6 Xalqaro Tashkilotllar vakillari qatnashdilar. Mintaqa xavfsizligi va mojarolarning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.
1995-yil oktabrda nishonlangan Birlashgan Millatlar Tashkilo tining 50 yilligi va uning yubiley sessiyasi Oʻzbekistonning xalqaro siyosat borasidagi yangidan yangi imkoniyatlarini ko‘rsatishga sha-roit yaratdi. Birinchi Prezident I.Karimovning ana shu mo‘tabar minbardan turib so‘zlagan nihoyatda qisqa va lo‘nda nutqi jahon hamjamiyatining tamoyilga aylangan qarashlarini o‘zgartirishga, xalqaro tashki-lotllar faoliyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitishga o‘ziga xos ta'sir ko‘rsatdi. Jumladan, u mamlakatlararo, mintaqalararo va qit'alararo munosabatlami chuqurlashtirish, har bir mintaqada vu-judga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming borishidan oldindan ogoh bo‘lish, ulami o‘z vaqtida o‘rganish va zamr xulosalarga kelish, shu asosda umumbashariy muammolami chigallashtirmasdan hal etish masalalarini ko‘tardi.
* * *
I.Karimov asosli va ahamiyati jihatidan dolzarb nutqi zamin va zamon taqdiriga, olam-u odamlar tashvishiga daxldor bo‘lgan har bir siyosiy arbob, har bir davlat rahbari va ayniqsa, xalqaro tashkilot-laming mas’uliyatini oshirish, ulami hushyorlikka chaqirish, olamga sergakroq va tiyrakroq qarash zarurligiga diqqatni qaratadi.
Darhaqiqat, XXI asr har bir davlat rahbarining faqat o‘z mamlakati va xalqi doirasida o‘ylashi kabi hodisalami unchalik ham xush ko‘rmaydi. Yangi yuz yillik o‘z tabiati va ehtiyojiga ko‘ra endi tor «mahalliy» doiralardan keng dunyoviy maydonga chiqishni, mamlakatning kundalik tashvishlariga o'ralashib qolmasdan, olam minbarlaridan turib dunyo kengliklariga nazar tashlashni va shu asosda umumbashariy muammolar hamda xalqaro masalalami hal etishning umuminsoniy va Yer kurrasining istiqboliga daxldor bo‘lgan keng miqyosli fikrlash tarzini taqozo etadi. Bulaming bari yangi dunyoning va yangi yuz yillikning jahon siyosatiga olib kirayotgan g‘oyat insonparvar, hayotiy va ezgulikka tayangan, dunyo siyosatining yangi madaniyat darajasini belgilaydigan omillardir.
Birinchi Prezident I.Karimov dunyoviy jarayonlami doimiy ravishda kuzatadi. Olis istiqbolga katta umid va ishonch bilan qaraydi. Ayni paytda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini, ulaming kelib chiqish manbalarini ancha oldindan kuzatadi va ulaming na-tijalarini, salbiy yo ijobiy xulosalarini ko‘plardan oldinroq ilg‘aydi, oldinroq qarorga keladi. Bulaming bari uning keng qamrovli tafak-kur egasi ekanligini, voqealarga donishmandlik bilan yondashishini yaqqolroq ko‘rsatadi.