Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuqlardan mu-himi uning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olganidir.
1991-yi| 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qi-lingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da Oʻzbekistonning tashqi siyosatdagi yo‘li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan unda: «Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan Oʻzbekiston Res-publikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yaroqlardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlami hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat»,-deb qayd qilindi.
Oradan ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Konstitutsiyasida bu yo‘l yana bir bor ta’kidlanib davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari qonun bi-lan mustahkamlab qo‘yildi. «Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro mu-nosabatlaming to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlaming suveren tinchligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralaming daxlsizligi, nizolami tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlaming ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va me’yorlariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovon-ligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin»,-deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida.
Mamlakat tashqi siyosatiga doir bunday qoidalar Birinchi Prezident I.Karimovning nutq, maqola va risolalarida yanada oydinlashtirildi. U o‘zining «Oʻzbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida: «Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga mos ke-ladigan, ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirishdavlatimizning mustaqiiligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyin-chiliklarni bartaraf etish va xaiq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasidir»,-deb alohida uqtirdi.
Hukumatimiz o‘zining tashqi siyosatida mana shu ko‘rsat-malarga amal qilib keldi. Oʻzbekistonning tashqi siyosat borasida tutgan yo‘li davlatimiz biron bir buyuk davlat ta’sir doirasiga tushib qolmasligi, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, mojarolami tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa mamlakatlaming ichki ishlariga aralashmaslik, mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar tash-qi siyosatda ochiq-oydinlik tamoyilini ro‘yobga chiqarish, xalqaro tashkilotllar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va mezonlariga asoslanadi.