Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə24/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi uchun asosiy shart-sharoitlar bu-iming jug‘rofiy-siyosiy jihatdan qulay mintaqada ekanligidir.Ma’lumki, Oʻzbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay makonda joylashgan. Ya’ni u, birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil ener-getika omillari markazida joylashgan.
Ikkinchidan, Oʻzbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va bosh-qa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilardan ma'lum dara-jada ustun turadi.
Uchinchi tarafdan, Oʻzbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xomashyo resurslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan paxta tolasini yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, ra-qobatga bardoshli meva-sabzavot mahsulotllarini ishlab chiqarishga hamda ulami qayta ishlangan holda yetkazib berishga qodir.
To‘rtinchidan, davlatimiz nafaqat o‘zini o‘zi ta’minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, neft mahsulotllari, gaz va umuman, iq-tisodiyotning asosi bo‘lmish muhim tarmoqlarga ega. Oʻzbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, deylik, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor.
Beshinchidan, Oʻzbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida sal-moqli o‘mi bor. Yurtimiz ma’naviy-tarixiy merosga boy. U oldindan nafaqat mintaqada, balki dimyoda ham turli ma’naviy va siyosiy jarayonlarga, jahon sivilizatsiyasiga kuchli ta’sir o‘tkazib kelgan.
Shu jihatlami hisobga olsak, Oʻzbekiston o'zining barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahondagi madaniy, ilmiy texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsi-ya markaziga aylanishi mumkin.
Albatta, bu yo‘lda qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar:
Birinchidan, agar geografik-strategik tarafdan olib qarasak, Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko‘ramiz.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bog'liq ekologik falokat ta’siri seziladi.
Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e’tibomi ta-qozo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta’sir etish istaklari bor-ligini ham hisobga olmasdan bo'lmaydi.
To‘rtinchidan, musulmon dunyosidagi ba’zi mamlakatlaming bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotiijam bo‘lishimizga yo‘l bermaydi.
Beshinchidan, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolar ichida qolgan «uchinchi dunyo» davlatlari ham mavjud. Jumladan beqarorlik va xavf-xataming bugungi kundagi o‘chog‘i-Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlari ham shu mintaqada.
Bayon etilgan bu muammolami kuchaytirib va ma’lum dara-jada ko‘p ishlami ijobiy hal qilishga to‘siq boʻlib turgan yana bir masala bor. Sho‘ro tizimidan qolgan meros-bu shu mintaqada Turkiston atalmish yagona zaminda yashayotgan millat va elatlami sun'iy ravishda boʻlib tashlash va shundan foydalanib, o‘z siyosatini o‘tkazish, ularga hukmronlik qilish asoratlari hali-beri yo‘qolmagan.
XXI asr bo‘sag‘asida dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari tubdan o'zgardi, inson va insoniyat, odam va olam taqdiriga daxldorlik hissi tobora kuchaydi. XX asming so‘nggi o‘n yilligi har qanday zo‘ravonliklar, tazyiqlar va g‘oyaviy xumjlami aql-idrok va ochiqdan ochiq munosabatlar orqali hal etish sari dadil qadam qo‘yilgan davr boʻldi. Oʻzbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o‘z ma’qeyi va nufuzini mustahkamlash bilan birga dunyo ahlini jahon siyosatini isloh qilishga da’vat etgan davlatlardan biri boʻlib maydonga chiqdi.
Geografik-siyosiy o‘mi jihatdan Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning qoq o‘rtasida joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta boʻlib xizmat qildi. Mustaqillikning tarixan qisqa davrida u o‘zining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudratini to‘la-to‘kis ko‘rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir boʻlgan kuchli davlat sifatida o‘zini namoyon etdi.
Birgina bu emas: Oʻzbekiston Osiyo va Yevropa qifalari o‘rtasida munosabatlami muvofiqlashtimvchi, siyosiy iqlimni mo‘tadillashtimvchi G‘arbu Sharq o‘rtasidagi azaliy raqobatni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaralar va muzokaralar orqa-li uyg‘unlashtirishga da’vat etgan shu mintaqadagi yagona davlat boʻlib maydonga chiqdi.
Darhaqiqat, bugim Oʻzbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog‘iston muammolari bi-lan birga Rossiya va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma’lum bir o‘zanga solishga da’vat qilayotgan, uni o‘zining amaliy
faoliyati bilan yaxshilik sari burishga katta ta’sir ko‘rsatayotgan davlatdir.
Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov dunyo muammolarini hal qilishning eng insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarini o‘rtaga tashlar ekan, u mintaqaviy mojarolar va qo‘shni mamlakatlami o‘zaro kelishmovchilik muammolaridan tortib butun yer shari va insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan juda ulkan masalalami o‘rtaga tashlamoqda. Bu ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardir. Ayni ana shu muammolar bugun dunyo ahli hayotiga tahdid solayotgan eng og‘ir fojia ekanligini, u bilan murosa qilib bo‘lmasligini, bu illatlami barbod qilishda juda katta qafiyat, siyosiy iroda va ichki qudrat kerakligini O‘zbekistan o‘z timsolida ko‘rsatdi.
Birinchi Prezident I.Karimovning «zbekiston XXI asr bo ‘ sag ‘ asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli kitobida va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XIV sessiyasida qilgan «Oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma’ruzasida xuddi ana shu muammolami keskin qilib qo‘ydi. Xalqaro terrorizm va narkobiznesning o‘zaro uzviyligi, bir-biriga bog‘liqligi, uning tarqalishiga ba’zan diniy niqoblardan foydalanila-yotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekstremizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan. Oʻzbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillikdagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o‘nlab mamlakatlarida tarjima qilib bosilganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko‘tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, jahon j amoatchiligining katta qiziqish bilan unga qarayotganligi fikrimizning dalilidir.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin