Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə21/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Mustahkamlash uchun savollar.
  1. Mustaqillik ostonasida Оʻzbekiston SSRda ta’lim tizimining holati.


  2. Оʻzbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar.


  3. Ta’lim tizimining mazmun mohiyatining jaxon standartlariga mos keltirish borasidagi оʻzgarishlar.


  4. YAngilanayotgan Оʻzbekistonda ta’lim sohasining sifat оʻzgarishlari hamda xalqarolashtirish tamoyillari.


  5. Fan, oliy ta’lim va ishlab chiqaruvchilar integrsiyasining qabul kоʻrsatkichlardagi оʻrni.




11-mavzu. MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOGʻISTON
RESPUBLIKASI (2 SOAT).

    1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari

  1. Qoraqalpogʻistonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.


  2. Qoraqalpogʻistoninng madaniy va ma’naviy hayoti.


  3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.




Tayanch so‘z va iboralar:
Ijtimoiy-iqtisoliy soha, ta’lim, ekologik vaziyat, orol muammosi, ijtimoiy ahvol, aholi salomatligi, ma’naviy islohotlar, ma’rifat, madaniy aloqalar, ijtimoiy omil, tibbiy omil.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida institutsional va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda ma’lum ijobiy siljishlarga erishildi. Noqulay ekologik sharoitga qaramasdan mintaqada makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsatmoqda.

Amaliyotda asosan mintaqani rivojlanish strategiyasi davlat tomonidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar orqali amalga oshiriladi. Misol uchun mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga kiritilganligi sababli, Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2017-2018-yillarda kompleks rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.


SHuni alohida ta’kidlash lozimki mintaqada iqtisodiy o‘sish sur’atlari 2005-2017-yillarda umummamlakat ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lgan. Tahlillarni ko‘rsatishicha ushbu yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari avvalambor mintaqada qurilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hisobiga erishildi. Ayniqsa, 2016 yilda yuqori iqtisodiy o‘sish (18,7 foiz) yangi qurilgan Qo‘ngʻirot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobiga to‘gʻri keladi.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, ularning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta’siri turlicha bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda oxirgi yillarda ma’lum darajada nomutanosiblik kuzatilmoqda. Ichki iste’molni shakllantiruvchi tovar ayirboshlash va xizmatlarning o‘sish sur’atlarining keskin kamayishi aholi turmush sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi umumdavlat mehnat taqsimotida tabiiy gaz (2017-yildagi ulushi 3,0 foiz), paxta tolasi (4,0 foiz), osh tuzi (32,0 foiz), soda (100 foiz), guruch (31,0 foiz) ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega.
Erishilgan natijalarga qaramasdan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi mavjud tabiiy salohiyatga mos kelmaydi. 2017-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3,3 foizni, mos ravishda sanoat ishlab chiqarishi 4,6 foizni, qishloq xo‘jaligi 2,8 foizni, eksport 2,0 foizni, xizmatlar 3,0 foizni tashkil qilgan. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqa mintaqalarga nisbatan, qishloq xo‘jaligi va chakana tovar ayirboshlash bo‘yicha pastroq natijalarga ega79.
Qoraqalpogʻiston respublikasi yalpi hududiy mahsulot, iste’mol tovarlari, pullik xizmatlar indeksi bo‘yicha ham mamlakat mintaqalari orasida oxirgi o‘rinlardan birini egallagan. 2005-2017-yillar davomida asosiy ijobiy siljish sanoat sohasiga to‘gʻri keladi. Ushbu holat mintaqada oxirgi yillarda ishga tushirilgan yirik kimyo korxonalari hisobiga erishilgan.
Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari iqtisodiyot tarkibini shakllanishi bilan ham to‘gʻridan to‘gʻri bogʻliq. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yalpi hududiy mahsulotning tarkibida, ya’ni diversifikatsiya jarayonida ma’lum o‘zgarishlar kuzatilgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlararo tarkibida 2005-2017-yillarda bir qator ijobiy siljishlar yuz berdi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 14,2 foizdan 26,7 foizga oshgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 19,2 foizga kamaygan. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ishlab chiqarilgan ichki hududiy mahsulotning tarkibiy o‘zgarishida ushbu tendensiyani kuzatish mumkin. Bunda sanoatning ulushi keskin oshgan (9,5 foizdan 32,7 foizga), qishloq xo‘jaligining ulushi esa kamaygan (21,3 foizdan 15,2 foizga). Ushbu vaziyatni mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda yuz bergan ma’lum sifat o‘zgarishlar bilan izohlash mumkin. Agarda Qo‘ngʻirot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobga olinmasa, sanoatning ulushi kamaygan va xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi talablarga javob bermasligi, ekologik vaziyatning (Orol dengizi inqirozi, suv va erning sifat ko‘rsatkichlari tushib ketganligi) salbiy natijalar ekanligini qayd etish lozim80.
SHuningdek, mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda olib borilayotgan tarkibiy va investitsion siyosatda mavjud tabiiy, ekologik, demografik omillarga tizimli e’tiborning yo‘qligi, yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablagʻlarning bir qator xorij davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlarning samaradorligi pastligi bilan bogʻliq.
O‘rta va uzoq muddatli mintaqa strategiyasini ishlab chiqishda monografik kuzatuv natijalari orqali aniqlangan reyting, ya’ni eng asosiy tizimli muammolarni hal qilish, aholi turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilishi maqsadga muvofiq.
Davlatimiz rahbari 2017-yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpogʻistonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi.
Masalan, Qorao‘zak tumanidagi "Qoraqalpoq sement" korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi "Texnik global" korxonasida "Samsung" brendi ostida yiliga 150 ming televizor, "Nukus polimer" korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. To‘rtko‘l tumanidagi "Vegateks global" korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. SHuni inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik "Qo‘ngʻirot – Mo‘ynoq" suv quvuri va "Qo‘ngʻirot" suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablagʻlari va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. SHu tariqa 35 aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bo‘ldi.
Nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki butun mamlakatimizning faxri bo‘lgan, dunyoda "Sahrodagi Luvr" deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim YUsupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bogʻi, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bunday o‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda.
Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi "2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida"gi qarori qabul qilinib, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi ana shunday inshootlar qurish, ularni zamonaviy uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
SHavkat Mirziyoyevning joriy yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida"gi farmoni bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. YAngi vazirlikning asosiy vazifalari bosqichma-bosqich barcha bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish, o‘zaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmogʻini yaratish, amaliyotga maktabgacha ta’lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini joriy etishdan iborat.
Mazkur qaror va farmon ijrosi yuzasidan bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududda 318 ta maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, ularning 3 tasi xususiy, 7 tasi turli tashkilotlar tasarrufida. Ularda 48 ming 106 nafar, umumiy bolalarning 32 foizi ta’lim-tarbiya olmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “YOshlar tarbiyasiga bugun e’tibor bermasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarini Qoraqalpogʻistonning iqlim sharoitidan kelib chiqib qurish kerak. Har bir xonani isitiladigan pol bilan ta’minlash zarur. Bundan tashqari, bu soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini ham qayta ko‘rib chiqish, buning uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida maxsus kurslar tashkil qilish lozim. Tarbiyachilar saviyasi bolalar kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega”.
Qoraqalpogʻistonda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish maqsadida bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda.
SHu maqsadda qizilmiya bu hudud iqlimi va sharoitiga mos kelganligi uchun CHimboy tumanidagi "Lanextrakt" qo‘shma korxonasida ushbu o‘simlik ildizidan ekstrakt ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish o‘rni yaratilgan.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3 maydagi "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo‘stonliq-farm" va "Parkent-farm"9 erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘gʻrisida"gi farmoni ijrosi yuzasidan hududda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari va resurslar salohiyatidan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida 2018-2019-yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning bir qismi eksport qilinadi.
Nukus shahridagi "Nukus Med Tex" MCHJ tomonidan tibbiy buyumlar, "Berlin farm" MCHJ tomonidan onkologik dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. To‘rtko‘l tumanidagi "To‘rtko‘l shisha idishlari" MCHJda farmatsevtika shisha idishlari tayyorlanadi.
Qoraqalpogʻistonda ikki bosqichda sellyuloza ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, amalga oshiriladigan mazkur loyiha qogʻoz ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.
Taxiatosh tumanida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 11 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2018-2019-yillarda komleks rivojlantirish dasturi doirasida yana 1 ming 309 loyiha rejalashtirilgan. Ularni amalga oshirishga tashabbuskor korxonalar va tijorat banklari mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar yo‘naltiriladi. Buning natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, mahalliylashtirish va qayta ishlash darajasi oshadi, 10 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi.
Hudud sanoatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida mamlakatimizdagi yirik korxonalar ham jalb etilgan. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati Taxiatosh tumanida metall konstruksiyalar va nostandart jihozlar, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Qorao‘zak tumanida temir-beton mahsulotlar va qum-shagʻal ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.
Tebinbuloq konini o‘zlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda metall mahsulotlar mavjud shunday buyumlarni eritish orqali ishlab chiqarilmoqda. Tebinbuloq koni temir rudasining ulkan zaxirasiga ega. Ushbu konni o‘zlashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Natijada 2021-yildan boshlab yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni tashkil etish maqsadida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tarkibida direksiya tashkil etildi.
Samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar negizida yangi korxonalar tashkil etish loyihalari haqida ham ma’lumot berildi. Qoraqalpogʻistonda 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan. Ulardagi ob’ektlar 5 yil muddatga keyinchalik mulk huquqini rasmiylashtirish sharti bilan bepul beriladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va tiklashishlari davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. SHu tariq aushbu zonalarda ishlabchi qarishni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratiladi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining madaniy rivojlanishining ham o‘ziga xos jihatlari mavjud. Ayniqsa madaniy sohadagi rivojlanish Xorazm viloyati bilan mushtarak rivojlandi. 1991 yil Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston, Xorazm va Toshhovuz yoshlarining uchrashuvi o‘tkazilgan bo‘lib, unda do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, birgalikda bayramlar, tanlovlar va festivallar, sport musobaqalari va turli uchrashuvlarni o‘tkazish muammolari muhokama qilindi.
1992 yil boshida Qoraqalpogʻiston Joqargʻi Kengesi, Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati hokimliklari mintaqa xalqlari orasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni belgiladilar. 1998 yili qoraqalpoq adabiyoti klassigi Berdaqning 170 yilligini, keyingi yilda Ajiniyozning 175 yilligi nishonlandi. SHu yili O‘zbekiston Qahramonlari – I.YUsupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yillik yubileylari o‘tkazildi. 1999 yilda O‘zbekiston, Qoraqalpogʻiston va Tatariston xalq artisti, “ikki qirgʻoq bulbuli” nomini olgan O.Xudoyshukurov hotirasiga bagʻishlangan respublika tanlovi o‘tkazildi. U nafaqat o‘zbekcha qo‘shiqlarni, balki mintaqadagi boshqa xalqlar – qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlarning qo‘shiqlarini ham kuylagan. U hamma uchun umumiy o‘rtoq, qadimiy madaniyat vakili, millatlararo kelishuv va birdamlik siymosi edi. 2001 yilning 14-­15 iyulida Xorazm viloyatida Qoraqalpogʻiston madaniyat arboblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Gurlantumanidamaydoni 20 ga dan iborat “Xalqlardo‘stligi” xiyobonibarpoetildi. Baxshivajirovlar, “Muxalles” folklor ansambli, “Ayqulash” va “Amuto‘lqini” raqs ansambllari chiqishlari bilan birgalikda, K.Serjanov, T.Xo‘janazarov, R.Kutekeevalarning musiqa ijodi namunalari ham yangradi. 2001 yilda qoraqalpogʻistonlik olimlardan J.Bozorboev, V.N.YAgodin, M.Mambetullaev, G.Xojaniyazovlar “Avesto” ning 2700 yilligiga bagʻishlangan yubiley tantanalarida faol ishtirok etdilar. Xorazm viloyati madaniyati va san’at vakillari 2003 yilda Nukus shahrining 70 yilligini nishonlashda faol qatnashdilar. O‘zbekiston xalq artisti G.Matyoqubova rahbarligidagi “Xorazmraqs” birlashmasi raqs guruhi “Dutorlazgisi” raqsini ijro qildi. Adabiyot, fan va madaniyat vakillari – O.Matchon, A.Sadullaev, M.Qo‘shchonov, S.Iskandarova, D.Bobojonov, R.Qurbonov, B.Karimov, E.Madrahimov, M.Abdulhakimov, Q.Iskandarov, G.Matyoqubova, K.Ismoilova, T.Quryozovlar o‘zbek va qoraqolpoq xalqlarining hurmatiga sazovor bo‘ldilar. Bunday bayramlar va uchrashuvlar an’anaviy bo‘lib qoldi. Xorazm va Qoraqalpogʻiston madaniyat va san’at vakillari do‘stona uchrashuvlar hamda birgalikdagi chiqishlar uchun imkon topardilar. 2004 yil 24 iyulda Urganch shahrida O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti K.Otaniyozov yubileyini nishonlashda ushbu respublikalar delegatsiyalari ishtirok etdilar81.
Qoraqalpogʻistonning muzeylari va ko‘rgazma pavilonlarining faoliyatidagi eng asosiy maqsad inson ma’naviy hayotining gʻoyaviy­fuqarolik tuygʻularini shakllantirish hisoblanadi. Millatlararo munosabatlarning yangi mafkurasi millatlararo muhitning sifat jihatdan o‘zgarish jarayonlariga javob beradigan ancha unversal, harakatchan va moslashadigan, dunyoqarashli, axloqiy ­ etik ustuvorlikga ega bo‘lmoqda. Xalqning jipsligi va hamfikrliligi, millatlararo totuvlik gʻoyasi tobora ommalashib, jamiyat milliy ­ iqtisodiy rivojining muhim omili hisoblanib, milliy – madaniy aloqalar doirasi, milliy va etnik guruhlar hamkorligi kengaymoqda.
Orol dengizi boy tabiiy resursi bilan mashhur bo‘lgan. Bu dengiz biologik jihatdan boy ekotizim sifatida e’tirof etilgan. 1964 yilgacha dengiz hududi 68,9 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Yiliga 30-35 ming tonnagacha baliq etishtirilgan. Noyob flora va faunasi dunyoga mashhur edi. Afsuski, suvdan noto‘gʻri va tartibsiz foydalanish natijasida so‘nggi 50-55 yil ichida suv hajmi 15 barobarga tushib, sathi 29 metrga pasaydi. Dengizning qurigan hududini oq tuz konlari egalladi. Hayvonot va o‘simlik dunyosi tobora yo‘qolib bormoqda.
Dengizning qurib qolgan tubida vaqti-vaqt ibilan chang va sho‘r bo‘ronlar kuzatiladi. Jumladan, har yili 100 million tonnaga yaqin qum-tuz bo‘ronlari bo‘lib, 400 kilometrdan ortiq masofaga tarqaladi. Bu esa insonlarning sogʻligʻiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hududda nafas yo‘llari, onkologik, surunkali bronxit kabi kasalliklar kuzatilmoqda. Atrof-muhitning buzilishi iqtisodiy ko‘rsatkichlar pasayishiga ham sabab bo‘ladi. Hududda chorvachilik va baliqchilik sohasi oqsamoqda. Iqtisodiy zarar ko‘rsatkichi ortib bormoqda.
Orol dengizi fojiasi natijasida yuzaga kelgan suv resurslari tanqisligi, er degradatsiyasi, cho‘llanishning kuchayishi, bioxilma-xillikning keskin kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari jiddiy tashvish uygʻotmoqda.
Orol halokati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha mintaqa hududida 500 dan ortiq keng miqyosli loyihalar amalga oshirildi, qurigan dengizning 350 ming gektar maydoniga saksovul va sho‘rga chidamli оʻsimliklar ekilib, butazorlar barpo etildi. Bugun bunday hududlarning umumiy maydoni qariyb 700 ming gektarga etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-2021yillarda Orol bo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi. Moliya vazirligi huzurida Orol bo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi va unga 200 milliard so‘mdan ortiq mablagʻ yo‘naltirildi. Hozirda ushbu mablagʻlar hisobidan amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta’minoti, turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda.
Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Oro dengizining qurishi bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirish, BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2017-yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi masalasiga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratgan edi.
SHuningdek, joriy yilning 7-8 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangi yondashuvlar, innovatsion echimlar va investitsiyalar” mavzusidagi xalqaro anjumanda qabul qilingan rezolyusiya bu borada amaliy echim sifatida xizmat qilishi shubhasiz.
Darhaqiqat, hozirgi kunda Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolariga echim topish bo‘yicha qo‘shni davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish lozimligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda.
Yaqinda Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida Prezidentimiz ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratdi. O‘z navbatida, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishda mintaqadagi davlatlarning o‘zaro hamkorligi borasida ustuvor ahamiyatga molik konstruktiv yo‘nalishlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Prezidentimiz Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon to‘planib qolgan savollar ochiq va konstruktiv muhokama qilinganini, endi qogʻozdan amaliy ishga o‘tilishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, mintaqa davlatlari umumiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish va Orol bo‘yidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolariga echim topish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni birlashtirishl ozimligi qayd etildi. Darhaqiqat, mintaqa davlatlarining barchasi Jamgʻarma faoliyatida, jumladan, Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha to‘rtinchi Dasturni ishlab chiqish va o‘zaro kelishish jarayonida to‘la qonli qatnashishi bu boradagi umumiy muammolarni hal etish va tahdidlarni bartaraf qilishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan Oro lfojias oqibatlarini yumshatish yuzasidan taklifetilgan konstruktiv yo‘nalishlar xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin