Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yоʻnaltirilgan.
Uchinchitashabbus aholi va yoshlar оʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Tоʻrtinchitashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular оʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish bоʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yоʻnaltirilgan.
Beshinchitashabbus xotin-qizlarniishbilanta’minlashmasalalarininazardatutadi.
5 ta muhimtashabbus doirasida mamlakatimiz yoshlari оʻrtasida kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bоʻyicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar diqqatga sazovordir. 2017-yil sentyabr oyida ta’lim muassasalarida “Men sevib оʻqigan kitob”, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlari tashkil etiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablagʻlar, xayriya mablagʻlari hisobidan 160 mln. sоʻm ajratildi. Har bir tuman markazlarida kitob dоʻkonlari ochildi va yangi asarlar bilan boyitildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2017-yil 28 iyulda qabul qilingan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga kоʻtarish tоʻgʻrisida”gi Qarori bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Ushbu markazning faoliyati bilan bogʻliq asosiy vazifalarda, xususan, milliy gʻoyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari orasida keng targʻib qilish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy xarakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuygʻularini kuchaytirish bоʻyicha vazifalar belgilandi.
Mustahkamlash uchun savollar.
Tarixiy xotira yosh avlodni tarbiyalashdagi оʻrinigak izoh bering.