1. Ustuvor yоʻnalish: Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
2. Ustuvor yоʻnalish: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Ustuvor yоʻnalish: Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish;
4. Ustuvor yоʻnalish: Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Ustuvor yоʻnalish: Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik, оʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.
2017-yilning yanvar oyida sud tizimi islohotlari dasturi taqdim etildi. Islohotlar sudlar mustaqilligini ta’minlash, obrоʻsini oshirish, demokratlashtirish hamda sud tizimini milliy va xalqaro amaliyotlarga asoslangan holda takomillashtirishga qaratilgan.
2017-yil dekabrda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida isloh qilinishi lozim bоʻlgan kоʻplab sohalarni, jumladan, “Davlat xizmati tоʻgʻrisida”gi Qonunni qayta kоʻrib chiqish, ijro etuvchi organlar faoliyat vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab berish, iqtisodiyotga davlat aralashuvini kamaytirish va bozor mexanizmlarini iqtisodiyotga yanada keng joriy etish zarurligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Murojaatnomada parlamentning qonunchilik va nazorat jarayonlaridagi rolini oshirish ta’kidlangan.
2019-yilgi Davlat dasturida parlament huzurida Davlat byudjeti boshqarmasini tashkil etish kоʻzda tutilgan bоʻlib, u parlamentni davlat moliyasini boshqarish va parlament nazoratini qоʻllab-quvvatlovchi byudjet, iqtisodiyot va davlat moliyasiga aloqador masalalarda mustaqil, xolis va professional maslahat va tahlil bilan ta’minlashga qaratilgan muassasa bоʻladi. U davlat boshqaruvida zamonaviy menejment vositalari va usullarini joriy qilish hamda inson resurslarini boshqarish tizimini isloh qilishni nazarda tutadi.
Qonunchilik palatasi 150 nafar deputatdan iborat: hozirgi kunda 135 nafar deputat bir mandatlik saylov okruglarida tоʻgʻridan-tоʻgʻri ovoz berish yоʻli bilan saylanadi. Oxirgi saylovlarga qadar 15 nafar deputat Оʻzbekiston Ekologik harakati tomonidan saylanib kelgan.6 Islohotlar doirasida 2019-yil dekabr oyiga belgilangan parlament saylovlari arafasida Оʻzbekiston Ekologik harakatiga ajratilgan оʻrinlar bekor qilinadi. 2017-yilda Prezident tomonidan ilgari surilgan bu taklif siyosiy-partiyaviy tizim hamda parlamentdagi raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qaratilgan.
SHu sababli 2019-yil yanvar oyida Оʻzbekiston ekologik partiyasi rоʻyxatdan оʻtdi.
2020-yil 24 iyun kuni Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qоʻshimcha chora-tadbirlar tоʻgʻrisida» Qarori qabul qilindi. Unga kоʻra,sоʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bоʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.
Xususan, nohaq ayblangan 2,3 mingga yaqin kishi oqlandi, adashib jinoyat yоʻliga kirib qolgani sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishi mumkin bоʻlgan 3,5 mingdan ortiq yoshlar va xotin-qizlarga mahalla va jamoatchilik kafilliklari asosida engilroq jazolar tayinlanib, оʻz oilalari bagʻrida qoldirildi, inson huquqlarini qоʻpol tarzda buzgan 60 nafar huquq-tartibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.
Shu bilan birga, sud himoyasini ta’minlashdagi ortiqcha byurokratik tоʻsiqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta kоʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi, investorlar huquqlarining sud himoyasida bоʻlishi etarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta kоʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida sud-huquq sohasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda kоʻrish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta’minlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Sudyalar oliy kengashi va sudyalar hamjamiyati bilan birgalikda qonunchilik tashabbusi asosida sud tizimida 2021-yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tashkiliy-tuzilmaviy оʻzgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
4.Sоʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ijtimoiy taraqqiyotda nodavlat sektorining ahamiyatini yaqqol kоʻrsatmoqda. Bugungi kunda eng chekka hududda yashayotgan fuqaro bilan mamlakat rahbari оʻrtasida aloqani ta’minlashda aynan nodavlat sektori eng samarali mexanizm sifatida namoyon bоʻlayotganiga guvoh bоʻlmoqdamiz.
Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasiga kоʻra, davlat jamoat birlashmalarining manfaatlarini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlarining demokratik jarayonlardagi ishtirokini huquqiy ta’minlash, ularga qоʻshimcha shart-sharoitlar yaratish mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning gʻoyat muhim sharti hisoblanadi.
Оʻzbekiston Respublikasi Biringchi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qоʻshma majlisida ilgari surgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid konsepsiyada boshqa sohalar qatori fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi. CHunonchi, konsepsiyada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada rivojlantirish, amalga oshirilayotgan izchil
islohotlarning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning huquqiy demokratik davlat qurishdagi rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik tоʻgʻrisida»gi qonun qabul qilinishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Bu qonun, eng avvalo, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar sohalarda davlat
idoralari bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining оʻzaro hamkorligini nazarda tutadi. Ya’ni jamiyat hayotining turli yоʻnalishlarida
istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishlari uchun muhim huquqiy asos bоʻlib xizmat
qiladi. Boshqacha aytganda, mazkur qonun hududlarni har tomonlama rivojlantirish, turli ijtimoiy masalalar echimini nodavlat tashkilotlar
hamkorligida hal etishga sharoit yaratadi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikni tartibga solishga qaratilgan ayrim qoidalar tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. Xususan, «Jamoat fondlari tоʻgʻrisida»gi qonunning 8-moddasida
fondlarning davlat organlari bilan оʻzaro munosabatlari ijtimoiy sheriklik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosida quriladi. Davlat organlari fondlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydilar, fondlarning ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qоʻllab-quvvatlashlari mumkin.
Qolaversa, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari fondlar faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, fondlarning davlat organlari faoliyatiga aralashishiga yоʻl qоʻyilmaydi, deya belgilangan.
Shu bilan birga, Оʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 28-moddasida ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan оʻzaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining manfaatlarini ifoda etish yоʻli bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xоʻjalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir, deb kоʻrsatilgan. Ushbu kodeksning 52-moddasida esa, jamoa kelishuvlarida ijtimoiy sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga kоʻmaklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash tоʻgʻrisidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin, deyilgan.
SHuni alohida aytish kerakki, yuqorida sanab оʻtilgan qonun hujjatlarida faqat umumiy normalar belgilangan bоʻlib, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishning aniq mexanizmi va tartibi etarli darajada emas. Bu esa maxsus qonun loyihasini tayyorlash hamda qayta tayyorlashni taqozo etadi. Xususan, «Ijtimoiy sheriklik tоʻgʻrisida»gi qonunni qabul qilish va unda bir qator normalarni aks ettirish ayni muddaodir. Eng avvalo, ushbu qonunda ishlatiladigan asosiy tushunchalar ta’rifini, amalga oshirish mexanizmini, predmetini, ijtimoiy sheriklikning shartnomaviy-huquqiy shaklini, оʻz navbatida, sub’ektlarini оʻz ichiga oladigan umumiy qoidalarni belgilash lozim.
Ayni paytda qonunning maqsadi sifatida fuqarolik jamiyati institutlari оʻrtasida hamkorlikning turli xil shakllarini rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, Оʻzbekiston tarixi va madaniyatining yodgorliklaridan birgalikda foydalanish, ularni himoya qilish va tiklash, оʻzbek xalqining ma’naviy an’analarini va urf-odatlarini, shuningdek, milliy madaniy оʻziga xosligini saqlab qolish va uni rivojlantirish, xayriya faoliyatini taraqqiy ettirish kabi munosabatlar bоʻlishi maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda respublikamizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5
mingtadan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritayotir. Bu 2000
yildagiga qaraganda 2,5 barobarga kоʻp, degani. Ular qatorida «Kamolot» YOIH, Оʻzbekiston Xotin-qizlar qоʻmitasi, «Sogʻlom avlod uchun», «Nuroniy»
jamgʻarmalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab оʻtish mumkin. Birgina,
Оʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi 400 dan
ortiq tashkilotni оʻz safida birlashtirgan.
Umuman, ijtimoiy sheriklik — turli xil fikrga ega bоʻlgan fuqarolar va turliguruhlarning umumiy maqsad yоʻlidagi hamjihatligidir. Turli maqsadga egabоʻlgan insonlarni bir maqsad yоʻlida birlashtirish murakkab vazifadir. AmmoVatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishishda ana shu ezgu gʻoyalar,pok maqsad va niyatlar yakdillashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qolaversa,ijtimoiy sheriklik jamiyatda siyosiy kuchlar va ijtimoiy qatlamlarninghamjihatligi, turli millat, irq va din vakillarining оʻzaro hamkorligi, ilgʻorgʻoyalarning оʻzaro uygʻunligi, har bir shaxs оʻzining fuqarolik burchini his etishi,jamiyatdagi tinchlik va barqarorlik asosida shakllanadi, rivojlanadi.
Konsepsiyada ilgari surilgan «Ijtimoiysheriklik tоʻgʻrisida»gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy-iqtisodiytaraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal etishda,mamlakat aholisi turli qatlamlarining huquqi, erkinliklari va manfaatlarinihimoya qilishda nodavlat notijorat organlarining davlat hokimiyati organlaribilan оʻzaro munosabati tashkiliy-huquqiy mexanizmlarinitakomillashtirishning tоʻlaqonli huquqiy tayanchi bоʻlib xizmat qiladi.
5. Оʻzbek jamiyatida jamoa bоʻlib yashashning eng oliy shakli mahalladir. Оʻzini оʻzi boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda. Mahalla mamlakatimizda kоʻp asrlardan buyon mavjud bоʻlsa-da, Оʻzbekiston davlat mustaqilligidan keyingina munosib ijtimoiy-huquqiy maqomga ega bоʻldi. 1992 yil 12 sentyabrda Оʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan “Mahalla” Respublika hayriya jamgʻarmasi tashkil etilgani, 1993 yil 2 sentyabrda “Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tоʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinishining оʻziyoq mahalla institutining davlat tomonidan qоʻllab-quvvatlanayotganligini yorqin dalilidir. 1995 yil 21 dekabrda tasdiqlangan Оʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ham mahalla haqida alohida modda kiritilgan bоʻlib (78-modda), unda qayd etilganidek, “Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir”.
Jamiyat taraqqiyoti takomillashgan sari hamda bozor munosabatlariga оʻtish davrida, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining vujudga kelishi bilan ushbu Qonunni ma’lum normalar bilan tоʻldirish ehtiyoji sezildi. SHu boisdan 1999 yil 14 aprelda Оʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning оʻzini-оʻzi boshqarish organlari tоʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi. Fuqarolar оʻzini оʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar jumlasiga Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 23 apreldagi “Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlarini qоʻllab-quvvatlash tоʻgʻrisida”gi Farmoni, Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 apreldagi “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari tоʻgʻrisidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori mamlakatimizda fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tizimining rivojlanishida muhim rol оʻynadi.
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga berilgan vakolatli huquqlar: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; atrof-muhitni muhofaza qilish; mahalliy kommunal xоʻjalikka rahbarlik qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilishdir.
Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimlari tomonidan tayinlanadi.
SHaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimlari tomonidan tayinlanadi va ishdan ozod qilinadi. Viloyat, tuman va shahar hokimlarining qarorlari Xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik idorasi bоʻlib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga rahbarlik qiladi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga: shaharlardagi tuman, shahar va viloyat Kengashlari kiradi.
Mustaqillik yillarida hokimlik institutining tashkil qilinishi hududiy boshqaruv tizimining muvofiqlashishi va mexanizmining aniq faoliyat kоʻrsatishida muhim qadam bоʻldi. 1993 yil 2 sentyabrdagi “Оʻzbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish tоʻgʻrisida”gi Qonun bu borada tegishli huquqiy hujjat vazifasini оʻtadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va tegishli hokimlarning faoliyati Оʻzbekiston Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati tоʻgʻrisida”gi Qonun va Qoraqalpogʻiston Qonunlari bilan tartibga solinadigan bоʻldi.
1994 yil 4 yanvarda Oliy Kengashning 9-sessiyasida “Оʻzbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish tоʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Toshkent shahri va 12 viloyatda 1992 yil davomida Prezident tavsiyasi asosida birinchi marta hokimlar tayinlandilar.
1995 yil sentyabrda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil qilindi. Ushbu akademiyada оʻtgan faoliyat yillari davomida 2000 ga yaqin rahbar va tegishli mutaxassis kadrlar оʻz malakalarini oshirdilar. Respublika Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2018-yil 30 maydagi qarorida istiqbolli boshqaruv kadrlar faoliyatini takomillashtirishda mazkur akademiyaning оʻrni va roli alohida belgilab qоʻyildi.
6. Jamiyatni demokratlashtirish, huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etish - Оʻzbekiston istiqbolda tanlagan bosh strategik yоʻl bоʻlib hisoblanadi.
Оʻzbekiston uchun an’anaviy sharq falsafasi va islom dini ta’limotlarini aks ettiruvchi hamjihatlik, totuvlik, bagʻrikenglik gʻoyalari hamda jamoatchilik fikrining ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar asos qilib olindi. SHubhasiz оʻz-оʻzini boshqaruv tizimida an’anaviy mahalla institutining оʻrni va roli katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy jihatdan mahalla kishilarni hamjihatlikka, totuvlik, оʻzaro hayrihohlik organ bоʻlib kelgan.
«Mahalla» sоʻzi asli arabcha “joy”, “оʻrin”, ma’nosini anglatadi. Respublika Konstitutsiyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning оʻzini-оʻzi boshqarishninghuquqiy оʻrni belgilab qоʻyilgan.
Оʻzini-оʻzi boshqarish organlarini tashkil qilishda 1993 yil sentyabrda Oliy Kengash 12-sessiyasida qabul qilingan “Fuqarolarning оʻzini-оʻzi boshqarish organlari tоʻgʻrisida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega bоʻldi. Prezidentning 1992 yil 12 sentyabrda “Mahalla” xayriya jamgʻarmasini tashkil etish va 1992 yil 8 oktyabrda xayriya jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish tоʻgʻrisidagi Farmonlari mahallalarga homiylikni tashkil etishda katta ahamiyatga ega bоʻldi.
Yirik shaharlarda kоʻp qavatli uylar joylashgan kvartallarga 1992 yil boshlaridan mahalla maqomi berilib, tarixiy nomlar berildi, fuqarolar yigʻini оʻtkazilib, mahalla oqsoqoli va mas’ul kotiblar saylandi. Sovet davrida tuzilgan qishloq va posyolka (shaharcha)larda vakillik boshqaruv organlari qishloq yoki posyolka sovetlari deb atalgan, ular mustaqil hokimiyat organi bоʻlmay, xalq deputatlari tuman yoki shahar kengashlari, ularning ijroiya qоʻmitalariga bоʻysunar edi. Mustaqil bоʻlgach mahalliy оʻzini оʻzi boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi, fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tizimi davlat hokimiyati tizimidan ajratish tomon yоʻl tutildi.
1994 yil 12 mingdan ortiq оʻzini оʻzi boshqarish organlari shakllantirildi, 2001 yil ularning soni 7847 tani tashkil etdi. 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tоʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Qonunda оʻzini оʻzi boshqarish organlarining vakolatlari va huquqi kengaytirildi.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida оʻzini оʻzi boshqarish organlarining оʻrni beqiyosdir. Zero, boshqa mamlakatlardan farqli оʻlaroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga оʻtish sharoitida xalqimizning urf- odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol kоʻrib turibmiz.
Mahallaning tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab оʻzgarib turgan, ammo u оʻzini оʻzi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, оʻz hududida istiqomat qiluvchi kishilar оʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan.
Mahalla оʻzini оʻzi boshqarish organlarining eng yorqin kоʻrinishi, ayni paytda fuqarolik jamiyatining asosi va tayanchi deb tan olinganligi bilan ham оʻzining yuksak mavqeiga ega. U yuksak madaniyat va kishilar оʻrtasidagi munosabatlar ma’naviyatiga asoslanadi.
Mustaqillik yillari mobaynida jamiyatdagi boshqaruv tizimlarini isloh qilish, davlat vazifalarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich оʻtkazish, ya’ni kuchli davlatdan kuchli jamiyatga оʻtish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari va ularning asosiy negizini tashkil etuvchi mahalla instituti fuqarolik jamiyati institutlarining eng muhim bоʻgʻini sifatida muhim ahamiyatga ega bоʻlmoqda.
Konstitutsiyaning ushbu qoidasi mahallaning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish uchun dasturulamal bоʻlib xizmat qildi. SHunday qilib, 1993 yil 2 sentyabr kuni “Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tоʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun ilk marta qonunchilik darajasida mahalla faoliyatini tartibga soldi, ya’ni uning huquqiy maqomini belgilab berdi.
Fuqarolarning moddiy mustaqilligi va siyosiy-huquqiy ongi oshishiga sabab bоʻlayotgan demokratik islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari mahalla institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati tugʻildi. Natijada 1999 yil 14 aprel kuni “Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tоʻgʻrisida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish huquqi bevosita mustahkamlab qоʻyildi, mahalla faoliyatining asosiy tamoyillari, uning faoliyatini qоʻllab-quvvatlashga davlat kafolati belgilab berildi, fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirildi.
2004 yil 29 aprelda «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tоʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi mahalla faoliyatini demokratlashtirish yоʻlidagi ulkan qadam bоʻldi. Ushbu qonunda, birinchidan, fuqarolar yigʻini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab berildi va mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi; ikkinchidan, saylov jarayonining barcha bosqichlari batafsil tartibga solindi; uchinchidan, qonun darajasida mustahkam huquqiy kafolat yaratildi.
Mahalla оʻz faoliyatini moliyalashtirish bоʻyicha ham davlat kоʻmagini ola boshladi. SHunday qilib, rais, mas’ul kotib, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari va fuqarolar yigʻinlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bоʻyicha maslahatchisidan iborat tоʻrt nafar mas’ul shaxs ishi, shuningdek, mahallaning qоʻshimcha xarajatlari davlat hokimiyatining mahalliy organlari byudjetidan moliyalashtirilmokda.
Hozirgi paytda Оʻzbekistonda 10 000ga yaqin оʻzini оʻzi boshqarish organi faoliyat kоʻrsatmoqda, shundan 8275 ta mahalla, 1301 ta qishloq, 154 ta shaharcha va 155 ta ovul fuqarolar yigʻinidir. Mahalla fuqarolar yigʻinlari va faollari qonunchilik belgilab bergan vakolatlardan kelib chiqib, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yоʻnalishlari bоʻyicha tuzilgan komissiyalar yordamida aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb qilish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish, oilalarda qulay muhitni saqlab qolish, ehtiyojmand oilalar va nogironlarga moddiy yordam kоʻrsatish, aholining tadbirkorlik sohasidagi bilim va kоʻnikmalarini oshirish, hududlarni obodonlashtirish bоʻyicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda, boshqa bir qancha tadbirlarni tashkil etmoqda.
2013 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tоʻgʻrisida”gi qonunga kоʻra fuqarolar yigʻinlaridagi asosiy yоʻnalishlar bоʻyicha komissiyalar rоʻyxati quyidagilardir:
yarashtirish komissiyasi;
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bоʻyicha komissiya;
ijtimoiy qоʻllab-quvvatlash bоʻyicha komissiya;
xotin-qizlar bilan ishlash bоʻyicha komissiya;
voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bоʻyicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bоʻyicha komissiya;
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va kоʻkalamzorlashtirish bоʻyicha komissiya;
jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bоʻyicha komissiya оʻz faoliyatini olib boradi.
2017-yil fuqarolar yigʻinlari va оʻzini оʻzi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. SHu yildan boshlab mahalla оʻz-оʻzini boshqaruv organlarining faoliyatida zamonaviy asnodagi оʻzgarishlar rоʻy berib, uni tom ma’noda xalq organiga aylantirish chora tadbirlari belgilandi.
Mahalla oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, oilalarni mustahkamlash, odamlarni loqaydlik, boqimandachilik kabi illatlardan forigʻ etish, aholini tom ma’nodagi fuqarolik jamiyatini barpo etishga safarbar qilishdir.
Оʻzbekistonda fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tomonidan yarashtirish masalasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib borayotgan YArashtirish komissiyalarining vazifasi faqat nizoli oilalardan kelib tushgan arizalarni kоʻrib chiqishdagina emas, balki nizoni keltirib chiqaruvchi sabablarni atroflicha оʻrganib, oilalarda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan ham iborat hisoblanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining muqaddimasida xalqlar оʻrtasida dоʻstona munosabatlarni rivojlantirishga kоʻmaklashish zaruriyatiga e’tibor qaratish lozim, deb belgilangan. Gʻarb mamlakatlarining ayrim siyosatchilari ham Оʻzbekistondagi fuqarolar оʻzini оʻzi boshqarish organlari tizimining оʻziga xosligini yuqori baholashgan. Jumladan, nemis siyosatchisi Artur Faynberg: “Mahalla – inson huquqlarini hurmat qilgani holda yoshlarni tarbiyalashga, uning kamol topishiga kоʻmak beruvchi jamiyat instrumenti”, deb baho bergan. SHu bilan birga, individualizm singib ketgan Gʻarb mutaxassislari uchun bu tizimning tub mohiyatii tushunish mushkulligini ham ob’ektiv tavsiflab berishgan.
Оʻzbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirib borilyapti. Xususan, 2013 yil 22 aprelda “Fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari tоʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. 2016 yil oxirlaridan boshlab mahalla fuqarolar yigʻini faoliyatini yanada takomillashtirish, uni zamon talablariga moslashtirish, mazkur organni aholining joylardagi haqqoniy tarzda dolzarb masalalarni hal etuvchi оʻz-оʻzini boshqarish halq idorasiga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, 2017-yil 3 fevral kuni fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yigʻinlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini rоʻyobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan оʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilinishi ayni muddao bоʻldi.
SHuningdek, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga fuqarolar yigʻinlarining bandlikka kоʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari hamda moliya va sogʻliqni saqlash organlari bilan оʻzaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi yuklandi. Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yigʻinlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bоʻyicha mustaqilligini ta’minlash, оʻzini оʻzi boshqarish tizimida ortiqcha bоʻgʻinlardan voz kechish maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinlarini mahalla fuqarolar yigʻinlariga birlashtirish va bоʻlish yоʻli bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolar оʻzini оʻzi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat kоʻrsatish ob’ektlarini tashkil etish maqsadida 2017-2021-yillarga mоʻljallangan hududiy dasturlar ishlab chiqildi. SHuningdek, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga, fuqarolar оʻzini оʻzi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qоʻshgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” kоʻkrak nishonini ta’sis etildi. Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan оʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi. “Obod mahalla” dasturi doirasida Toshkent shahri, viloyat markazlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha tumanlarda mahalla hududlarini obod qilish, maishiy qurilish ob’ektlarini barpo etish, gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida keng kоʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla xalqqa huquq va erkinliklardan foydalanish yоʻlini ochib, unga osoyishta hayotdan bahramand bоʻlishni оʻrgatadi. Mahalla taqdiri mamlakat taqdiri bilan chambarchas bogʻliq. Mahalla obod bоʻlsa, mahalla tinch bоʻlsa, yurt tinch bоʻladi.
2016 yil sentyabrdan boshlab faoliyatini boshlagan “Xalq qabulxonalari” kоʻplab yigʻilib qolgan muammolarni echimini topishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Prezident SH.M.Mirziyoyevning “Xalq davlat idoralariga emas balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” iborasi mazkur qabulxonalarining ish faoliyatining negizini tashkil etmoqda.
Istiqlol yillarida insonning ishonchli konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarni va aholini ijtimoiy qоʻllab-quvvatlashni ta’minlaydigan qonunlarning qabul qilinishiga asosiy e’tibor qaratildi. SHuningdek, sud tizimi mustaqil va boshqa tarmoqlarga bogʻliq bоʻlmagan hokimiyat sifatida shakllantirildi. Sud hokimiyatining yangi tuzilmalari vujudga keldi. Sudning huquq doirasi kengaydi.
Jumladan, 1994 yili Jinoyat kodeksi qabul qilinganida 13 ta moddada jazo chorasi sifatida оʻlim jazosi kоʻzda tutilgan edi. 1998 yili bu jazo turi jinoyat kodeksining 5 ta moddasidan olib tashlandi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2005 yil 1 avgustdagi “Оʻzbekiston Respublikasida оʻlim jazosini bekor qilish tоʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan, 2008 yil 1 yanvaridan mamlakatimizda jinoiy jazo turi sifatida оʻlim jazosi bekor qilindi va uning оʻrniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilishi butun dunyoda katta aks-sado berdi. Bu boradagi islohotlar Оʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e’lon qilingan insonparvarlik va odillik tamoyillarini izchil ifoda etib, jahon tendensiyalariga tоʻla mos keladi. Sud-huquq sohasidagi islohotlar xususida sоʻz yuritganda, Оʻzbekistonda оʻtgan qisqa davr mobaynida yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish vazifasi muvaffaqiyatli hal etilganiga tоʻxtalmaslikning iloji yоʻq. Sudlar ixtisoslashtirilib, aniqroq aytganda, fuqarolik, jinoiy va xоʻjalik ishlari bоʻyicha alohida sudlar tashkil etilib, sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi оʻzlariga xos bоʻlmagan vazifalardan ozod qilindi. Sudyalarning mustaqilligi va huquqiy kafolatlari tizimining huquqiy asoslari Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar tоʻgʻrisida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlab qоʻyildi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda “sudyalarning mustaqilligi” tushunchasi mustahkamlandi va yangi huquqiy kategoriya — “sud hokimiyatining mustaqilligi” joriy etildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 106-moddasiga muvofiq, Оʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga оʻtkazilib, uni amalga oshirishning aniq protsessual-huquqiy mexanizmi yaratildi. Bu fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning muhim kafolatiga aylandi. YAna bir yangilik, bu - YArashtiruv institutining joriy etilishi jinoyat protsessi qonunchiligini takomillashtirishda muhim qadam bоʻldi. Xоʻsh, bu erda gap nima haqda bormoqda? Ijtimoiy xavfi katta bоʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxs, agar muqaddam sudlanmagan bоʻlsa, оʻz aybini bоʻyniga olsa, jinoyat oqibatida keltirgan zararni tоʻlasa, jabrlanuvchi bilan yarashsa, sud ishni harakatdan tоʻxtatadi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi haqida sоʻz yuritilar ekan, ushbu materialda Оʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrda parlament palatalarining qоʻshma majlisida sоʻzlagan nutqida sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga qaratilgan qator qonunchilik tashabbuslarini ilgari surgani ta’kidlanadi. Konsepsiyada belgilangan vazifalarning hayotga tatbiq etilishi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatini kuchaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, sud-huquq islohotlari barcha istiqbolli yоʻnalishlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat jamiyat va davlat tuzilmasini demokratlashtirish va liberallashtirishning natijasi, balki uning kafolati sifatida xizmat qilib, amalda mamlakatning “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida olgʻa harakatlanishini ta’minlaydi. Axborot materialida qayd etilishicha, Оʻzbekistonda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadlari sud-huquq tizimining mohiyatini оʻzgartirish, uni inson huquqlarini samarali ta’minlashning asosiy kafolatiga aylantirish hamda sud hokimiyatining tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlash hisoblanadi. Ishlarning sudlarda kоʻrib chiqilishi sifatini yaxshilash maqsadida “Sudlar tоʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, ularning jinoyat, fuqarolik va xоʻjalik ishlari bоʻyicha ixtisoslashuvi mustahkamlandi, ishlarni apellyasiya tartibida kоʻrib chiqish tartibi joriy qilindi. 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran “Xabeas korpus” institutining joriy qilinishi, ya’ni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga оʻtkazilishi natijasida sudlarning fuqarolar huquqlarini samarali himoya qilish bоʻyicha vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Jinoyat ishi qоʻzgʻatish, ish yuzasidan ayblov xulosasini оʻqib eshittirishni sudlar vakolatidan chiqarilishini nazarda tutuvchi оʻzgartishlar jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga kiritilib, bu sudlarning xolisligini, betarafligini ta’minlash, jinoyat protsessida tortishuv prinsipining kuchayishiga xizmat qildi. Mustaqillik yillarida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni liberallashtirish bоʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasi оʻlaroq, Оʻzbekistonda quyidagilarga erishildi: ogʻir jinoyatlar tasnifi kamaytirilib, ogʻir va оʻta ogʻir toifadagi jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bоʻlmagan va uncha ogʻir bоʻlmagan jinoyatlar toifasiga оʻtkazildi; sodir etilgan jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq bоʻlmagan jazolar joriy etildi; iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bоʻyicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari оʻrniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qоʻllash imkoniyati ancha kengaytirildi. 2013 yili ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar soni 2000 yil bilan solishtirganda, ikki marotabadan ziyodga kamaydi. Xususan, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi tоʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganidan sоʻng 412 milliard sоʻmlik zararni qoplagan 26000 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq bоʻlmagan jazo choralari qоʻllandi. Mamlakatda yarashuv instituti joriy etilganidan buyon 138 ming 527 ta ish bоʻyicha 150 ming 346 shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq bоʻlmagan jazo choralari qоʻllanildi. Bugun Оʻzbekistonda 60 turdagi jinoyatlar bоʻyicha yarashuv institutini qоʻllash imkoniyati mavjud. Amnistiya aktini qоʻllash sudlar vakolatiga berilgan. Mustaqillikning ilk yillaridanoq respublikada amnistiya aktini e’lon qilish tartibi joriy qilingan. Har yili Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80 va 93-moddalariga binoan, amnistiya haqida akt qabul qilinib, uning asnosida jazodan ozod qilish, mahkumlarning ozodlikka chiqishi va ularning оʻz oilalari bagʻriga qaytishi bilan bir qatorda, amnistiya qilinganlarning salomatligini mustahkamlash, ularning turmush shart-sharoitlarini yaxshilashga va ish bilan ta’minlashga kоʻmaklashish yuzasidan ham ishlar amalga oshiriladi.
2008 yilning 1 yanvaridan boshlab оʻlim jazosi bekor qilinishi jinoyat qonunchiligini liberallashtirish yоʻlidagi muhim qadam bоʻldi. Bundan tashqari, oliy jazo - umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazo turi faqatgina ikki turdagi jinoyatlar - terrorizm va javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam оʻldirish uchun tayinlanadiki, ushbu holatlar bоʻyicha muqobil, uncha ogʻir bоʻlmagan jazo turlari ham qоʻllanilishi mumkin.
Insonning huquq va erkinliklari samarali himoya qilinishini har tomonlama ta’minlashga yоʻnaltirilgan sud-huquq islohotlarining hayotga tatbiq etilishida advokatura institutini mustahkamlash muhim ustuvorlik hisoblanadi. Ushbu institutni yanada takomillashtirish maqsadida 2008 yil 1 may kuni qabul qilingan Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Оʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi Farmoni bu borada muhim dasturilamal bоʻldi. Ushbu Farmon fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlashga qaratilgan konstitutsiyaviy me’yorni amalga oshirish, advokatura instituti mustaqilligini ta’minlash, uni malakali kadrlar bilan tоʻldirish, advokatlik kasbining nufuzini oshirish hamda insonning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida Оʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tuzildi, 2008 yil 31 dekabrda “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Оʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga оʻzgartish va qоʻshimchalar kiritish tоʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. SHuningdek, 2009 yil sentyabrida kuchga kirgan Оʻzbekiston Respublikasining “Оʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 52-moddasiga оʻzgartish va qоʻshimcha kiritish tоʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan, sudda ish yuritish bоʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi haqidagi muhim me’yor mustahkamlab qоʻyildi. Оʻrnatilgan bunday tartib sud ishida yurisprudensiya sohasidagi maxsus bilimlardan bexabar shaxslarning ishtirokiga yоʻl qоʻymaslik va fuqarolarga kоʻrsatiladigan huquqiy yordam sifatini oshirishga yоʻnaltirilgan.
Sud qarorlarining qat’iy bajarilishi odil sudlov faoliyatining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Keyingi yillarda Оʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari doirasida sud qarorlarining majburiy ijro etilishi samaradorligini oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etilishi sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi, sud qarorlari ijro etilmasligi va ularning bajarilishiga tоʻsqinlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
2016 yil oxirlaridan boshlab, sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, ya’ni sohani yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, faoliyati samaradorligini yuksaltirish, aholining odil sudlovga bоʻlgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlash, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini yuzaga keltirish, jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlarini оʻz vaqtida hal etish, yuksak axloqiy-irodaviy, kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bоʻlgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish, qolaversa, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash mexanizmini davrimizning yuksak talablari darajasida tashkil etishga, tizim xodimlariga, sudyalarga alohida mehnat sharoitlari yaratish, lavozim maoshlariga ustamalar hamda malaka-mansab darajasi uchun qоʻshimcha haq miqdorlarini berishga qaratilgan uchta Farmoni chiqarildi. Boshqacha aytganda, sud-huquq tizimidagi islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yоʻnalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi Farmonida sud hokimiyati mustaqilligi tоʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga ogʻishmay amal qilinishi kerakligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari bоʻyicha zudlik bilan choralar kоʻrish, sud faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qоʻllashga e’tibor qaratilishi alohida ta’kidlab оʻtildi. Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xоʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligining sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyingi оʻn yil muddatga, shundan sоʻng muddatsiz davrga tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullandi.
Ushbu Farmonga muvofiq, 2017-yil 1 apreldan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq bоʻlmagan muqobil jazo turlarini qоʻllashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatildi. Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartirildi. Qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qоʻllashning, shuninglek, dastlabki tergovning eng kоʻp muddati 1 yildan 7 oyga qisqartirildi. Pochta-telegraf jоʻnatmalarini xatlab qоʻyish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga оʻtkazildi. Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qоʻllash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qоʻllash huquqi berildi. Tergovning tоʻliq emasligini sud muhokamasi jarayonida tоʻldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qоʻshimcha tergov yuritishga qaytarish bekor qilindi. Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida kоʻrib chiqish bоʻyicha bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilindi. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bоʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturni amalga oshirish bоʻyicha komissiya tashkil etildi. Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xоʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligiga sud-huquq tizimidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni chuqur оʻrganish vazifasi topshirildi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21 fevraldagi “Оʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi Farmoniga kоʻra, sud hokimiyatining ikki oliy organi - Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xоʻjalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelganligi uchun birlashtirildi. Bundan tashqari, sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va Оʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga kоʻmaklashadigan, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini tubdan yaxshilash hamda yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirishga mas’ul bоʻlgan organ - Оʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimiga tavsiya etish bоʻyicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bоʻshagan ijro apparati shtat birligi kengashga оʻtkazildi. Kengash tarkibi Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan Senat tomonidan tasdiqlanadigan kengash raisi va kоʻpchilikni tashkil etuvchi sudyalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, shuningdek huquq sohasidagi malakali mutaxassislar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadigan 20 nafar a’zodan iborat bоʻldi. Kengashning 13 nafar a’zosi doimiy, 8 nafar a’zosi esa jamoatchilik asosida оʻz faoliyatlarini amalga oshirmoqda. Sudyalar oliy kengashiga Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sud sudyalari, Оʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislaridan tashqari barcha sudyalarni Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda lavozimlariga tayinlash va lavozimlaridan ozod etish bоʻyicha vakolatlar berildi. Sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek, sudyalarni ragʻbatlantirish bоʻyicha tashabbus kоʻrsatish ham Sudyalar oliy kengashi zimmasiga yuklatildi.
Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni ta’minlashga xizmat qiladigan Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bоʻyicha sudlov hay’ati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlari tashkil etildi. Davr talablardan kelib chiqib, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu Farmon bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xоʻjalik sudlari iqtisodiy sudlar etib оʻzgartirildi. Bunda mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik sub’ektlarining ortib borishini hisobga olgan holda tumanlararo tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etildi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13 iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi Farmonida odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 - 2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Оʻzbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining sud organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish hamda odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirish borasidagi takliflari qabul qilindi. Sudlar faoliyati tоʻgʻrisida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning оʻrinbosarlari tomonidan brifinglar оʻtkazish yоʻlga qоʻyildi.
Оʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashning xolisligi hamda shaffofligiga ishonchni oshirish maqsadida har bir hududda sudyalar korpusini shakllantirishga kоʻmaklashuvchi komissiyalar tuzish haqidagi takliflari qabul qilinib, bu borada komissiyalar tuzildi. Farmonga muvofiq, Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oliy sud va uning huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini, vazifalarini halol va samarali bajarayotgan sudyalariga, xodimlariga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qоʻshimcha ravishda oylik mehnatga haq tоʻlash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul ta’minoti) tоʻlash huquqi berildi. SHuningdek, ushbu Farmonda malaka va mansab darajasiga ega bоʻlgan sudyalarga, ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bоʻlimlari xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berishni nazarda tutuvchi takliflar bildirildi. Ayni paytda bu borada ijobiy ishlar qilinayotganligi ahamiyatlidir.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik оʻzgarishlarning muhim vositasi bоʻlgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi, sud-huquq tizimini isloh qilish hamda takomillashtirish davrimizning yuksak talablaridan biri ekanligi yigʻilishda alohida ta’kidlab оʻtildi. Asosiy maqsadimiz, fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib tarzda himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bоʻlgan ishonchini qat’iy mustahkamlash, sudni tom ma’noda “Adolat qоʻrgʻoni”ga aylantirishdan iborat ekanligini Prezident SH.M.Mirziyoyev оʻz chiqishlarida kоʻp marotaba qayd etib оʻtmoqda.
Bu borada Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9 yanvarda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish tоʻgʻrisida”gi Farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki, Farmonga asosan quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilandi: birinchidan, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil etkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash; ikkinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari оʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib qilish; uchinchidan, yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab оʻrgatish; tоʻrtinchidan, aholi оʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bоʻyicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini оʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |