Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə14/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Mustahkamlash uchun savollar
1.Оʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yоʻli.
2.Оʻzbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari.
3.Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
4.Erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat hududlari deganda nimani tushinasiz ular qaerlarda tashkil etilgan?
5. YAngi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
6.Davlat ramzlari.
6- MAVZU. Оʻzbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar (2 soat).


reja
1. Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil Оʻzbekistonda hokimiyatlar bоʻlinishi prinsipi.
2. Оʻzbekistonda kоʻppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
3. Оʻzbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi оʻzgarishlar.
4. Оʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik.
5. Оʻz-оʻzini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi оʻrni.
6. Оʻzbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish.
Tayanch sоʻz va iboralar:
Оʻzbekiston, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, demografik, urbanizatsiya, madaniy hayot, mafkura, Toshkent, mustaqillik, deklaratsiya, prezident, davlat, islohot, milliy, huquqiy, demokratik, qonun chiqaruvchi, idro etuvchi, sud hokimiyati, mahalliy, mahalla, оʻz-оʻzini boshqaruv, fuqaro, jamiyat.
1.Mamlakatimizda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalangani qayd etilgan. Avvalo, iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga оʻtilgan bоʻlsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma’muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.

Tahlillar shuni kоʻrsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda ma’muriy-boshqaruv amaliyotini оʻr­natishga xalaqit qilmoqda. Xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar siyosatining yоʻqligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoya­si ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta’sir kоʻrsatayapti. Bularning barchasi, оʻz nav­batida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari оʻrtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati yopiqligiga shart-sharoit ­yaratmoqda.


Bundan tashqari, huquqiy asoslar “Elektron hukumat” tizimining jadal ravnaqidan, davlat xizmatlari va ma’muriy tartib-taomillarining taraqqiyotidan ortda qolmoqda. ­Amaldagi qonun hujjatlarida davlat hokimiyati organlari ­xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qоʻllaniladi. Biroq kоʻlamiga kоʻra, biri-­biridan tubdan farq qiladi.
Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida kоʻrsatilgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari rоʻyxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar, оʻzini оʻzi boshqarish organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan. Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat xizmatchisi deganda, faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi.
Qonunchilikda ayni paytda “ma’muriy-boshqaruv xodimlari” degan tushuncha ham qоʻllanilmoqda. U yuqorida qayd etilgan rоʻyxatga kiritilmagan qator tashkilotlarni ham оʻz ichiga oladi. Nomenklaturada xоʻjalik boshqaruvi organlari lavozimlari borligi uning asosiy farqi hisoblanadi. SHu bilan birga, qonunchiligimizda saylanadigan mansabdor shaxslar faoliyati tartibga solingan. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ­Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining maqomi hamda vakolatlari belgilab qоʻyilgan.
Bir qator hujjatlar, jumladan, “Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tоʻgʻrisida”gi, “Prokuratura tоʻgʻrisida”gi, “Sudlar tоʻgʻrisida”gi, “Davlat soliq xizmati tоʻgʻrisida”gi, “Davlat bojxona xizmati tоʻgʻrisida”gi qonunlar ayrim davlat organlarining maqomini belgilab beradi.
Kоʻplab idoralar оʻz maqomi, maqsad va vazifalari belgilangan tegishli nizomlar asosida ish olib bormoqda.
Kоʻrinib turibdiki, davr davlat xizmatlari sifatini oshirish, davlat xizmatchilari faoliyatining ochiqligi va qonuniyligini ta’minlash bоʻyicha vazifalarni hal qilishni kun tartibiga olib chiqmoqda. Bu vazifalar davlat xizmatchisi huquq va vakolatlarini aniq belgilab berishni taqozo etayapti. SHu bois Prezidentimiz ­SHavkat Mirziyoyev Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bоʻyicha samarali tizim yaratish zarurligini ta’kidlagan edi.
Davlatimiz rahbari yaqin kunlarda “Davlat xizmati tоʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqish vazifasini qоʻydi. Bu vazifa 2017 — 2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida alohida bandda kоʻrsatib оʻtilgan.
Hozirgi kunda yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlash va kоʻrsatish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatchilarni attestatsiyadan оʻtkazish tizimi borasida yagona yondashuv yоʻq, mazkur jarayon jamoatchilik bexabar bоʻlgan ichki hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ayni paytda ba’zi idoralarda, misol uchun, Davlat soliq qоʻmitasida ishga qabul qilish tartibi aniq bоʻlib, ularda bu taomil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunday yondashuv xolisona qaror qabul qilish, malakali xodimni tanlab olish, kadrlar zaxirasi uchun ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini beribgina qolmasdan, fuqarolarning ishga joylashishda teng huquqliligini ta’minlashga ­xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul qilish bоʻyicha yagona standartning asosiy unsurlaridan biri bоʻlishi va qonuniy asosga ega bоʻlmogʻi lozim.
Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta’minlash zarurati tugʻilmoqda.
Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestatsiyadan оʻtkazish ularni baholashning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu taomil kasbiy va boshqaruv kоʻnikmalarini takomillashtirishdagi muammolarni hamda mansab pillapoyasidan yuqori lavozimlarga kоʻtarilishi uchun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Amaliyot malakani baholash tizimiga aniq kоʻrsatkichlarni joriy qilish zaruratini kоʻrsatayapti. Bular davlat xizmatlarini kоʻrsatish hamda amaliy natijalarga erishish bilan uzviy bogʻliq bоʻlishi lozim. Bunda aholi sоʻrovlari asosida natijalarni baholash kerak.
Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy echimiga qarab baho beriladi. ­Qisqacha aytganda, ­rahbarlarga ­xalqning оʻzi baho ­beradi.
Amaldagi davlat xizmati tizimida rotatsiya mexanizmi, ya’ni mansabdor shaxsning davlat organlari gorizontal yоʻnalishida ishga kоʻchirilishi etarli darajada tartibga solinmagan. Bundan tashqari, davlat organlari xodimlari uchun YAgona tarif setkasi bоʻlishiga qaramasdan, juda kоʻplab idoraviy farqlar va ­istisnolar mavjud. Bu esa, ­oxir-oqibat, mansabdor shaxslarning oylik maoshi hajmiga sezilarli darajada ta’sir kоʻrsatadi. Bunda ham yagona yondashuv va standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq.
Bugun yangicha hamda mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, ilgʻor boshqaruv usullarini puxta оʻzlashtirgan, halol, оʻz ­Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bоʻyicha samarali tizim yaratmasdan sifat оʻzgarishlariga erishib bоʻlmasligi aniq.
Shu sababli davlat xizmatini modernizatsiya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish tоʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Unda davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan оʻz mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish, davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni оʻtashning shaffof tartibini оʻrnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, begʻarazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov bоʻyicha saralash hamda xizmatda kоʻtarilish tizimini joriy etish, davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta’minot olishini va ragʻbatlantirilishini ta’minlash davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar sifatida belgilab berilgan.
Shu yilning 9 yanvarida esa Prezidentimizning “Davlat bosh­qaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ­faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek, uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari hamda funksiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida joriy yil 1 mart kuni davlatimiz ­rahbari “Оʻzbekiston Respublikasi ­Prezidenti ­Devoni faoliyatini yanada takomillashtirish tоʻgʻrisida”gi Farmonga imzo chekdi. 7 mart kuni esa hukumatning “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama tоʻlash tartibi tоʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
2017 — 2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yоʻnalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish kоʻzda tutilgan. Birgina joriy yilning оʻzida Davlat dasturi doirasida Оʻzbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda ushbu islohotlarni оʻtkazish bоʻyicha chora-tadbirlar ­dasturi, “Davlat boshqaruvi asoslari tоʻgʻrisida”gi, “Ma’muriy tartib-taomillar tоʻgʻrisida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik tоʻgʻrisida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati tоʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalari ­ishlab chiqilishi belgilangan.
Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi.
2.Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplaridan eng muhimi davlat hokimiyati organlarining umumxalq saylovlari asosida shakllantirilishi hamda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita, yoki оʻzlari tomonidan saylab qоʻyilgan vakillari orqali ishtirok etishi hisoblanadi. Bunda eng avvalo, jamiyat bilan davlat оʻrtasida оʻziga xos “kоʻprik” vazifasini оʻtovchi va fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bоʻlgan – siyosiy partiyalar asosiy rol оʻynaydi.

Siyosiy partiya – bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini rоʻyobga chiqarishga intiluvchi hamda оʻz vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning kоʻngilli birlashmasidir. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va оʻzlarining demokratik yоʻl bilan saylab qоʻyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.


Ekspertlarning fikriga kоʻra, siyosiy partiya – bu siyosiy ambitsiyaga ega bоʻlgan shaxslar tomonidan tuzilgan va boshqariladigan hamda umumiy mafkura asosida birlashgan tarmoqdir (networks). Siyosiy partiyalar eng avvalo, оʻz elektorati manfaatlaridan, siyosiy mafkurasi va pozitsiyasidan kelib chiqib, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga etarlicha ta’sir оʻtkazishlari hamda оʻzining vakillari orqali davlatning markaziy va mahalliy ijroiya organlari ustidan jamoatchilik nazoratini оʻrnatishda qatnashishlari lozim.
Bugungi kunda, Оʻzbekistonda tоʻtta siyosiy partiya rasman ruyxatdan оʻtgan holda faoliyat olib bormoqda, bular: Оʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Оʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi.
Оʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (ОʻzXDP) – 1991 yilda Оʻzbekiston mustaqillikka erishgandan sоʻng tashkil qilingan birinchi siyosiy partiya. Mazkur partiyani kоʻp jihatdan sobiq kommunistik partiyaning merosxоʻri sifatida ham e’tirof etadilar. ОʻzXDP 1991 yil 1 noyabrda rasman rоʻyxatga olingan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda partiyaning a’zolari soni 425 minga yaqin. Joylarda partiyaning 11 mingdan ortiq boshlangʻich partiya tashkilotlari faoliyat olib boradi. ОʻzXDP markaziy kengashi raisi – Xotamjon Ketmonov. Partiya ustavida uning asosiy maqsadi – davlat hokimiyatining vakillik organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy qоʻllab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi belgilab qоʻyilgan. Partiyaning matbuot organi – “Оʻzbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 1995 yil 18 fevralda tashkil topgan. Bugungi kunda 135 ming a’zosi bor. Respublika hududlarida 3 minga yaqin boshlangʻich partiya tashkilotlariga ega. Partiya siyosiy kengashining raisi – Narimon Umarov. Matbuot organi – “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Partiya ustavida belgilangan asosiy maqsadi – huquqiy-demokratik davlat, ijtimoiy yоʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda Оʻzbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish deya belgilangan.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 2008 yil 20 iyunda Milliy tiklanish va Fidokorlar partiyalarining birlashuvi asosida shakllangan. Partiyaning a’zolari soni 190 minga yaqin. “Milliy tiklanish” partiyasi markaziy kengashi raisi – Sarvar Otamuradov. Partiya ustaviga muvofiq asosiy maqsadi – Оʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy оʻzlikni anglashning оʻsishi, milliy gʻurur, vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻusini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish ekanligi ta’kidlanadi. Siyosiy partiyaning matbuot organi – “Milliy tiklanish” gazetasi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Оʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (ОʻzLidep) – 2003 yilning 15 noyabrida tuzilgan. Partiya оʻzining asosiy maqsadi sifatida – tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash ekani qayd etiladi. ОʻzLidepning a’zolari soni 252 ming nafarni tashkil etadi. Partiya siyosiy kengashi raisi – Aktam Xaitov. Matbuot organi – “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
Bugungi kunda, mazkur siyosiy partiyalar Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat, tuman va shahar vakillik organlarida оʻz deputatlik mandantlariga ega. Quyidagi jadvallarda ularning taqsimotini kоʻrish mumkin.
Sоʻngi yillarda, Оʻzbekistonda kоʻppartiyaviylik tizimini shakllantirish va faoliyati samaradorligini oshirish borasida etarlicha huquqiy asoslar yaratildi deyishimiz mumkin. Jumladan, Оʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar tоʻgʻrisidagi”, “Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov tоʻgʻrisidagi”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov tоʻgʻrisidagi”, “Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish tоʻgʻrisidagi”, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish tоʻgʻrisidagi” qonunlarini alohida takidlash lozim.
Bundan tashqari, 2018-yilning 4 oktyabr kuni Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari tоʻgʻrisidagi” qarori qabul qilindi. Unga kоʻra, respublikada Saylovchilarning yagona elektron rоʻyxatini shakllantirish hamda barcha darajadagi saylovlar tizimiga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish vazifalari belgilab berildi.
SHuningdek, amaldagi siyosiy partiyalarning 1994 y, 1999 y, 2004 y, 2009 y. va 2014 yillardagi Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bоʻlib оʻtgan saylovlarda ishtiroki va saylovlar jarayonida orttirilgan оʻziga xos tajribasi ham Оʻzbekistonda kоʻppartiyaviylik tizimining rivojiga ijobiy ta’sir etadi, albatta.
Lekin, shuning bilan birga, bugungi kunda, mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyati va ularning tom ma’nodagi fuqarolik jamiyati institutiga aylanishi borasida bir qancha fundamental muammolar mavjud. Bular sirasiga:
Birinchidan, amaldagi siyosiy partiyalar оʻz harakati va faoliyati jihatidan jamiyatdan, elektoratdan uzilib qolgan desak mubolagʻa bоʻlmaydi. Siyosiy partiyalar dasturlarida individuallik va raqobatni kоʻra olmaymiz. Mazkur partiyalar rasmiy hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatga nisbatan muqobil dastur va modellarni ilgari surish qobiliyatiga ega emas. SHuni ta’kidlash lozimki, har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bоʻlib, uning оʻtkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuch sifatida yashay oladi;
Ikkinchidan, eng asosiy muammolardan yana biri bu haligacha siyosiy partiyalarning ijtimoiy asosi – elektorati tоʻliqligicha shakllantirilmagani hisoblanadi. SHuningdek, amalda siyosiy partiyalar bilan, ular оʻz elektorati deya e’lon qilgan, ijtimoiy guruhi оʻrtasida “qayta aloqa” tizimi mavjud emas. Ijtimoiy hayotimizda shunday omil kоʻzga tashlanadi-ki, bugungi kunda, gоʻyoki siyosiy partiyalar оʻz hayotida, elektorat esa оʻz hayoti bilan yashamoqda;
Uchinchidan, hozirgi kunda, siyosiy partiyalar tashkilotlarida kadrlar muammosi juda dolzarbligicha qolmoqda. Partiya tizimida hali-xamon yoshi оʻtgan va eskicha fikrlaydigan parttashkilotchilar faoliyat olib bormoqda. Oylik maoshining pastligi, partiya tashkilotlari tizimida оʻrnatilgan byurokratik tizim va boshqa faktorlar sababli yosh, tashabbuskor, zamonaviy bilim va kоʻnikmalarga ega kadrlar siyosiy partiyalar tizimiga kelishmayapdi;
Tоʻrtinchidan, eng asosiy muammolardan yana biri bu – siyosiy partiyalarning оʻzida demokratiyaning sustligidir. Оʻzlarini “demokratik” partiya deya e’lon qilgan mazkur siyosiy partiyalarning faoliyatida demokratiyaga xos bоʻlmagan kayfiyat ustuvorligini kuzatish mumkin. Bular, partiya boshqaruv organlari saylovida, siyosiy partiyadan deputatlikka nomzodlarning kоʻrsatilishida, partiya tizimida оʻrnatilgan chuqur vertikal munosabatlarda yaqqol kоʻrinadi. Mazkur holatlar esa, aslida jamiyatda demokratiyani mustahkamlashga qaratilgan fuqarolik jamiyati instituti hisoblanmish – siyosiy partiyalarning xalq oldidagi imidjini tushishiga olib kelishi shubhasiz.
3.2002 yilgi umumxalq referendumidan sоʻng mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik palatasi (quyi palata) hamda Senatdan (yuqori palata) iborat bоʻlgan ikki palatali parlament tizimiga оʻtildi. Besh yil оʻtib parlament siyosiy partiyalar rolini kuchaytirishga qaratilgan qonstitutsiyaviy qonunlarni qabul qildi. Birinchi marta siyosiy partiya fraksiyalari parlamentda muxolifatni shakllantirish va muqobil qonun loyihalarini hamda milliy taraqqiyot dasturlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bоʻldi. 2008 yilda Qonunchilik palatasi a’zolari soni 120 dan 150 taga oshirildi va nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi mumkinligi belgilab qоʻyildi.

2008-2014 yillarda demokratik islohotlarni yanada kuchaytirish va davlat hokimiyatining uch bоʻgʻini оʻrtasidagi muvozanatni yaxshilash maqsadida Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bir qator оʻzgartishlar kiritildi. Masalan, Оʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi оʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bоʻyicha Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qоʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Оʻzbekiston RespublikasiOliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiysonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.


Bunday holatda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozodetish tоʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Оʻzbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
2014-2016 yillarda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatinitakomillashtirish hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlariоʻrtasidagi оʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar amalgaoshirildi. Masalan, 2016 yil aprelida qabul qilingan “Parlament nazoratitоʻgʻrisida”gi qonunda parlament tomonidan nafaqat ijro etuvchi, balki huquqnimuhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan nazorat shakllari va tartiblaribelgilab berildi. Unga kоʻra, parlament eshituvlarini оʻtkazish, parlament vadeputatlar tomonidan sоʻrovlar yuborish, qonunlar qabul qilinganidan sоʻng ularningamalga oshirilishini monitoring qilish amaliyoti kiritildi. Qonunchilik palatasidaOila va ayollar masalalari bоʻyicha, YOshlar masalalari bоʻyicha komissiyalar,Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qоʻmitasi qоʻmita tuzildi; Senat tarkibidaesa Prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzildihamda Vazirlar Mahkamasining parlamentdagi vakolatli vakili lavozimi joriyetildi.
2016 yil sentyabrida SHavkat Mirziyoyev Prezident vazifasini bajaruvchisi lavozimini egallaganidan sоʻng Оʻzbekistonda keng qamrovli islohotlar dasturi tadbiq etila boshladi. Davlat muassasalari jadal va har tomonlama islohot tomon yоʻnaltirildi. Prezident vazifasini bajaruvchi bоʻlib turgan paytdayoq SH.Mirziyoyev internet tarmogʻidagi “Virtual qabulxona” orqali xalq bilan tоʻgʻridan-tоʻgʻri muloqotni yоʻlga qоʻydi. Keyinchalik parlamentga qilgan murojaatida u deputatlarga ham shunday yоʻl tutishni maslahat berdi. Parlament a’zolari saylovchilar bilan uchrashish uchun poytaxtdan tashqariga muntazam ravishda оʻrganishlarga chiqa boshladi, barcha viloyat hokimlariga esa xalq bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkillashtirish tоʻgʻrisida kоʻrsatma berildi.
Davlat boshqaruvi sohasidagi keng kоʻlamli islohotlar mavzusi dastlab Prezident SH.Mirziyoyevning 2017-yil parlamentga qilgan murojaatida kоʻtarilgan. Ilgari surilgan islohotlarning kоʻpi aynan parlament roliga aloqador bоʻlib, bu borada u shunday degan edi:
Mamlakatimiz parlamenti haqiqiy demokratiya maktabiga, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisiga aylanishi zarur.
Prezident, shuningdek, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining (QMPTI) tashkil etilishiga alohida tоʻxtalib оʻtdi: «Biz yaqinda Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini tashkil etdik». Ushbu institut Oliy Majlisga kelayotgan turli takliflarni chuqur tahlil qiladigan, ta’bir joiz bоʻlsa, elakdan оʻtkazadigan ilmiy markaz bоʻlishi lozim.
2017-yilda besh yillik davr uchun mоʻljallanib, siyosatning ustuvor yоʻnalishlarini belgilab bergan besh yоʻnalish bоʻyicha Harakatlar strategiyasi rejasi e’lon qilindi.
Pirovardida, hujjat milliy taraqqiyot strategiyasiga aylanib, hozirgi
paytda jadal islohotlar jarayonining asosiy tayanchi bоʻladi. Ushbu strategiyada “ustuvor yоʻnalishlar” sifatida ta’riflanuvchi asosiy maqsadlar tоʻplami quyidagilarni qamrab oladi:

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin