Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
Birinchidan, atmosfera havosining haddan tashqari bulgʻanayotganligidandir. Оʻzbekiston shaharlarining dcyarlik hammasida havoning ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu ayniqsa Оʻzbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda havoga chiqarilayotgan zaharli gazlar Olmaliq shahri aholisining har biriga 1374 kg, Fargʻonada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 kilogrammdan37 tоʻgʻri kelar ekan. Andijon, Guliston, Qоʻqon, Qarshi, Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan hisoblanadi. 1990-yilda respublika aholisining har biriga hisoblaganda zaharli moddalar chiqiti 203 kilogrammni tashkil etgan. Bu zaharli moddalarning asosiy manbalari sanoat korxonalari va transport vositalaridir. Оʻzbekistonnig sanoat korxonalari har yili 1,2million tonna, avtotransportdan 2,2 million tonna zaharli chiqindilar tarqatgan. Birgina Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan38 ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkadi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud edi.
Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bоʻlmasdan Оʻzbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa qishloq xоʻjaligida qоʻllaniladigan zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi. 1987-1990-yillarda dehqonchilik maydonlarida pestitsidlardan foydalanish har gektar yerga 19,5-24 kilogrammdan bоʻlgani holda 79-84 ming tonnani tashkil etdi. Jami bоʻlib qishloq xоʻjaligida 70 xilga yaqin turli zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. E’tiborli joyi shundaki, bu zaharli kimyoviy moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hasharotga ta’sir qilar ekan, qolgan 99 foizi tuproq, yer, suv, havo, оʻsimlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini zaharlagan.
Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, gʻоʻzalami defoliatsiya qilish bahonasida ming-ming tonnalab zaharli ximikatlami odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi. Bu har qanday fashizmdan ham dahshatli roq fojia edi.
Iqtisodiy muammolar demografik holatlarda yuzaga kelgan ahvol bilan qоʻshilib, ijtimoiy masalalarni hal etishni gʻoyat dolzarb qilib qоʻydi. Оʻzbekistonda aholining turmush darajasi sobiq Ittifoqdagi respublikalar ichida eng past bоʻlib qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1990 yilda respublika aholisi 70 foiziga yaqinining jami daromadi tirikchilik оʻtkazish uchun zarur bоʻlgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni paytda Rossiya va Ukrainada aholining 30 foiziga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi. Mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash ham murakkab muammo bоʻlib qoldi39.
Qishloq xоʻjaligining ekstensiv rivojlanishi natijasida kоʻplab suv omborlarining qurilishi, umuman suv isrofgarchiligi tufayli Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolaridan Orol dengiziga quyiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi. Oqibatda dengiz 1960 yildagi holatiga nisbatan 1990 yilda 14,5 metrga pasaydi, suvining hajmi 54 foizga qisqardi40. Suv qirgʻoqdan 70-100 km.ga chekingan joylarda bоʻronlar natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha tuz atmosferaga kоʻtarilgani kuzatilgan41. Orol bоʻyida ekologik ahvolning yomonlashuvi, jumladan, ichimlik suvi bilan ta’minlanishning yomonlashuvi, suvdagi minerallashuvning oshishi natijasida qishloq aholisining 87 foizi har xil kasallaklarga chalingani aniqlangan. Masalan, Qoraqalpogʻistonda ich terlama yuqumli kasalligi bilan kasallanganlar Sobiq Ittifoq darajasidan 23 barobar kоʻp bоʻlgan42. Agar Yaponiyada har 1000 nafar tugʻilgan chaqaloqdan bir yoshgacha 5 tasi yoki Kanadada 7 tasi оʻlgan bоʻlsa, bu kоʻrsatgich Оʻzbekistonda 39 tani, Qoraqalpogʻistonda esa 60 tani (1989 yilgi kоʻrsatkich) tashkil etgan43.
Ekologik inqiroz natijasida Qoraqalpogʻistondagi ayollarning 80 foizi kamqonlik kasalligiga chalingan yoki harbiy xizmatga chaqirilgan har 2 оʻspirindan biri jismonan xizmatga yaroqsiz topilgan44.
Orol dengizining qurishi juda katta iqtisodiy zarar ham keltirdi. Masalan, XX asrning 50-yillari оʻrtalarida dengizdan 244,4 ming sentner baliq ovlangan bоʻlsa, 80-yilning оʻrtalarida bu kоʻrsatgich 24,6 ming sentnerga tushib ketdi45.