2.3-rasm. Davlat hokimiyatining bоʻlinish prinsipi
Davlat hokimiyatining bоʻlinish prinsipining jamiyatda amalda rоʻyobga chiqarilishi, ya’ni hokimiyatlar bоʻlinishining amalga oshirilishi har qanday davlatning demokratik xususiyatini belgilaydigan omillardan biridir. Davlat hokimiyatining bоʻlinish prinsipi davlat hokimiyati organlarining muvozanati va tengligini ta’minlaydi. Mazkur prinsipning oqilona rоʻyobga chiqarilishi orqali davlatda biror organ yoki shaxs tomonidan diktatura26 оʻrnatilishining oldi olinadi, davlat boshqaruvi amalga oshirilishining ideal muvozanati ta’minlanadi, davlat organlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zamin tayyorlanadi.
“Оʻzbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning 4-moddasining 1-qismini keltiramiz: “Оʻzbekiston SSRda ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari оʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini etarli darajada bilishlari shart”27. Qonunning 5-moddasi (1-qism)da quyidagi huquqiy norma mustahkamlab qоʻyildi: “Оʻzbekiston SSR davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida s’ezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublikaning davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi”28. Qonundan keltirilgan ana shu moddalar (ularning qismlari)da Оʻzbekistonda davlat hokimiyati organlari оʻz faoliyatini davlat tilida yuritishlari lozimligi kоʻrsatilgan. SHu оʻrinda davlat hokimiyati va uning bоʻlinishi prinsipi tоʻgʻrisida qisqacha ma’lumot berishni kоʻzlab, kichik bir chekinish qilamiz. Kezi kelganda ta’kidlamoq lozimki, davlatda hokimiyatning mavjud bоʻlishi davlatning asosiy belgilaridan biri sanaladi. Davlatdagi mavjud hokimiyat (davlat hokimiyati) esa ma’lum prinsip asosida taqsimlanadi, bоʻlinadi. Bu «davlat hokimiyatining bоʻlinish prinsipi» deb ataladi. Mazkur prinsipga kоʻra, davlat hokimiyati bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan va ayni vaqtda ma’lum mustaqillikka ega bоʻlgan quyidagi uch shoxobchaga bоʻlinadi: qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyati29.
Ana shu uch hokimiyat birgalikda davlat hokimiyatini tashkil etadi (5.2.1-rasmga qarang).
Davlat hokimiyatining bоʻlinish prinsipi davlat hokimiyati organlarining kelishib, bir-birini nazorat qilib va оʻzaro uygʻunlikda ishlashiga imkon yaratadi. SHuning uchun hokimiyatning bоʻlinish prinsipining qaror topishi demokratik davlatga xos jihatdir.
Tоʻqqizinchi chaqiriq Оʻzbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 1978 yil 19 aprelda Оʻzbekiston SSRning Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) qabul qilingan30. Garchi Оʻzbekiston SSSR Markazga qaram respublikalardan biri bоʻlgan va mustaqil davlat bоʻlmagan bоʻlsa-da, garchi Оʻzbekiston SSRning Konstitutsiyasida davlat hokimiyatining bоʻlinish prinsipiga muvofiq davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatidan iborat ekani ochiq-oydin normativ asosda belgilanib qоʻyilmagan bоʻlsa-da, Оʻzbekiston SSRda qonunlar chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari mavjud bоʻlgan. “Оʻzbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning tegishli moddalariga muvofiq, davlat hokimiyati organlari оʻz faoliyatini endilikda (Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran) davlat tilida, ya’ni оʻzbek tilida olib boradigan bоʻlishdi. Qonunning 6-moddasiga asosan, Оʻzbekiston SSR oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qonun, qaror va boshqa hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida tayyorlanadigan, qabul qilinadigan va e’lon etiladigan bоʻldi.
“Оʻzbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasi Оʻzbekistonda mustaqillikka erishish ostonasida sud tizimining yangicha asoslarda barpo etila boshlanganini kоʻrsatuvchi dalillardan biri, bu tizimda boshlangan tub amaliy yangilanishlarning debochasi bоʻlgani shubhasiz. Keling, Qonunning 10-moddasi bilan yaqindan tanishaylik:
“Оʻzbekiston SSRda sudlov оʻzbek, qoraqalpoq tillarida yoki оʻsha joydagi kоʻpchilik aholi tilida olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni sudda qatnashuvchi kishilar bilmagan taqdirda bu kishilar uchun tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tоʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida sоʻzlash huquqi ta’minlanadi.
Оʻzbekiston SSRda davlat hakamligi mahkamalarida korxonalar, tashkilotlar va muassasalar оʻrtasidagi xоʻjalik nizolarini kоʻrib chiqish, hal qilishda оʻzbek tili qоʻllanadi. Zarurat bоʻlganda xоʻjalik nizolari millatlararo muomala tilida ham qarab chiqilishi mumkin. Оʻzbekiston SSR va boshqa respublikalar korxonalari, tashkilotlari va muassasalari оʻrtasidagi xоʻjalik nizolarini kоʻrib chiqish, hal qilishda ham millatlararo muomala tili qоʻllanadi”.
“Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishini barcha birdek hursandchilik va mamnunlik bilan kutib oldi. Ma’lumki, bu qonun qabul qilingan vaqtda hali SSSR mavjud va mustabid tuzum оʻz umrini оʻtab bоʻlmagan edi. Mustabid tuzum jon talvasasida sоʻnggi nafaslarini olardi. Xalqimizning оʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish borasidagi jоʻshqin harakatini mustaqillik yоʻlidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholash mumkin.
“Til haqidagi qonun uchun harakat dastlab Оʻzkompartiya Markaziy qоʻmitasi deb atalmish idora tomonidan qarshiliklarga uchradi. Ne baxtki, bu rahbariyat оʻzgarib, respublikamizning BirinchiPrezidenti Islom Karimov rahbar bоʻlgach, bu harakatga munosabat оʻzgardi va ushbu qonun qabul qilindi. SHu оʻrinda davlat rahbarlarining tom ma’nodagi jasoratlarini ham ta’kidlash kerak. Bu ham tarixiy voqealar silsilasiga kiradi”31.
“Оʻzbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi оʻzbek xalqining оʻzligini anglashining оʻsishi va respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bоʻldi, “davlat mustaqilligi yоʻlidagi birinchi muvaffaqiyatimiz, birinchi gʻalabamiz bоʻldi”32. “Respublika Oliy Sovetining sessiyasida Оʻzbekiston SSRning Davlat tili tоʻgʻrisidagi qonunining qabul qilinishi respublika hayotida muhim tarixiy voqeadir”33.
4.Ma’lumki, XX asrning 80-yillari oxirlarida sobiq SSSRda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betayinlik avj olib ketdi. Оʻz navbatida necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini tоʻldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga olib keldi.
Bunday salbiy holatlar, afsuski, Оʻzbekistonni ham chetlab оʻtmadi. 1989 yilning may oyi oxirlari, iyunning boshlari butun Fargʻona viloyati janjal va tоʻpolonlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan sоʻng esa Margʻilon va Qоʻqon shaharlariga оʻtdi.
Aytish mumkinki, bunday fojialar, yurtimiz tarixida ilgari hech qachon yuz bermagan. Qadimdan оʻzining bagʻrikenglik, mehmondоʻstlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuhrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan adovatda bоʻlmagan, qоʻl kоʻtarmagan. Biroq, sobiq Ittifoqdagi buzgʻunchi kuchlar ta’sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar halok bоʻldi. Mingga yaqin kishi jarohatlandi. Sakkiz yuzdan ortiq uyga оʻt qоʻyildi. Davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon etkazildi. Ommaviy chiqishlar va tоʻpolonlarda оʻttiz mingga yaqin odam ishtirok etdi. Etkazilgan ziyon bir necha million sоʻmdan iborat bоʻldi.
Keyinchalik aniq tarixiy dalillar asosida ma’lum bоʻldiki, ana shu tartibsizliklarga, xalqimiz yurtimiz manfaatlariga mutloqo zid bоʻlgan harakatlarga milliy kiyimlarni kiyib olgan, aslida boshqa millatlarga mansub bоʻlgan, maxsus tayyorgarlik bilan kоʻchaga chiqarilgan kishilar tashkilotchilik qilishgan, ular tinch aholini qоʻzgʻab, janjal chiqarishga da’vat etgan. Ular mesxeti turklari va boshqa millat vakillariga qarshi igʻvo va bоʻhton gaplarni tarqatib, sodda olamonni gʻalayonga keltirishga uringan va ba’zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga oshirishga erishgan ham.
Sobiq SSSRning markaziy matbuoti jahondagi kоʻpgina OAV bor haqiqatni aytib, jahon ahlini ogoh etish, bunday tоʻpolonlarning oldini olish оʻrniga, bamisoli olovga yogʻ sepgandek, Fargʻona voqealarini bir yoqlama yoritishga harakat qilar edi. Asosiy aybdorlar bir chetda qolib, ular jabr kоʻrgan, qancha-qancha qurbonlar bergan jabrdiyda xalqimiz sha’niga malomat yogʻdirishga urinardi. Xuddi “paxta ishi”da bоʻlgani kabi, bu safar ham xalqimiz yоʻq joydan aybdor bоʻlib qolayotgan edi.
Sovet rahbarlari jumladan, SSSR Ministrlar Soveti raisi N.Rыjkov voqea sodir bоʻlgan joyda bоʻlib, hech narsani hal qilmasdan, nomiga kelib-ketadi. Fojia ildizlarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini qidirish, haqiqiy jinoyatchilarni topish hech kimning xayoliga ham kelmas edi. Оʻsha paytda SSSR davlatining oliy hokimiyat organida – SSSR Oliy Sovetining Millatlar Kengashi raisi lavozimida ishlagan R.Nishonovning bu boradagi pozitsiyasi haqida avvalgi bobda fikr yuritilgan edi. Ana shunday mas’uliyatsiz odamni shunday yuqori vazifaga qоʻygan SSSR Prezidenti M.Garbachyovning bu masaladagi yondashuvi ham unikidan farq qilmas edi. Ular uchun butun bir xalq, butun bir respublikaning taqdiri muhim emasdi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bilan Оʻzbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish, oxir-oqibatda esa butun Оʻrta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni kоʻzlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib bоʻlsa-da saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarga yоʻl ochib beradi.
Bularning barchasi respublikamizning yangi rahbari Islom Karimov zimmasiga оʻsha paytda qanchalar ogʻir vazifalar tushganini kоʻrsatadi. Atoqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov оʻzining “Prezident” nomli risolasida оʻsha paytda yurtimizda hukm surgan vaziyatni qaynab yotgan qozonga qiyoslagani bejiz emas edi. Bu qaynoq qozonning ichiga tushish u yoqda tursin, uning oldiga yaqinroq borishning оʻzi tasavvur etib bоʻlmaydigan jasorat edi.
Islom Karimov shunday tahlikali vaziyatda – respublikadagi boshqa kоʻplab muammolarni qоʻyaturaylik – faqat Fargʻona voqealari masalasida bir necha jabhada ya’ni ham siyosiy-nazariy, ham tashkiliy-amaliy, ham mafkuraviy sohada faoliyat olib borishiga tоʻgʻri keldi. Boshqacha aytganda, u avvalo ulkan siyosiy-nazariy tafakkur asosida bu voqealar nima uchun sodir bоʻlganiga, uning ildizlariga baho berish; ikkinchidan haqiqiy jinoyatchilar va ularning ortida turgan qabih kuchlarni aniqlash; Fargʻona voqealari yaqqol namoyon etgan ijtimoiy-sotsial muammolarni tashkiliy-amaliy jihatdan hal etib, odamlarning haqiqatga, ertangi kunga bоʻlgan ishonchini tiklash; uchinchidan, SSSRning katta minbarlari orqali Fargʻona voqealari haqidagi asl haqiqatni dunyoga etkazish, xalqimizning sha’ni va gʻururini himoya qilishi zarur edi. Bunday vazifalarni ado etish, insonning jismoniy va intelektual imkoniyatlari nuqtai nazaridan qaraganda, ayniqsa, sobiq mustabid tuzum sharoitida, har tomondan bosim, tazyiq va ta’qiblar kuchaygan paytda nihoyatda ogʻir ekanini tasavvur etish albatta qiyin emas. Lekin Islom Karimov ulkan jasorat bilan, haqiqiy holatga real kоʻz bilan qarab, shiddatli kurash maydoniga mardona bel bogʻlab chiqadi. U Fargʻona voqealariga keng nazar bilan qaraydi. YA’ni, bu voqealar, ularning negizidagi sabablar faqat bitta viloyatga xos emas, bunday fojialar Оʻzbekistonning xohlagan joyida yuz berishi mumkin, deb hisoblaydi. CHunki ularni yuzaga chiqargan sabablar, muammolar Оʻzbekistonning boshqa joylarida ham keskin bоʻlib turganini aniq dalillar bilan isbotlab beradi.
Shu maqsadda, kechagina respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 24 iyun kuni Оʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis оʻtkazadi va unda nutq sоʻzlaydi. Оʻzining keskin tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur nutqda respublika rahbari Оʻzbekistonda vujudga kelgan оʻta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. Islom Karimov voqeaga baho berish, uning ildizlarini qidirish va bunday gʻayriinsoniy xatti-harakatlarga chek qоʻyish uchun butun imkoniyatini ishga solgani “Оʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining eng dramatik sahifalarini tashkil etadi.
Оʻzbekiston rahbari yurtimizdagi vaziyatni barqarorlashtirish vazifasini KPSS Markaziy komiteti, xususan Bosh kotib M.Gorbachev oldiga keskin qilib qоʻyadi. KPSS Markaziy komiteti plenumida sоʻzga chiqar ekan, Islom Karimov Оʻzbekistondagi, jumladan, Fargʻona viloyatidagi sоʻnggi voqealar tоʻgʻrisida ayrim OAV e’lon qilgan maqolalarni tushunish qiyinligi haqida gapiradi. Konkret sharoitimizni, kоʻp asrlik tariximiz, madaniyatimiz, an’anlarimiz, urf-odatlarimiz va marosimlarimizni bilmagan, shuningdek, оʻsha voqealarning sababchisi bоʻlmish murakkab muammolardan bexabar qiziqqon, ba’zi hollarda esa kimlarningdir byurtmasini bajargan mualliflar butun bir halqning nomini badnom etib, uning yuziga loy chaplamoqda va оʻzini oliy hakam deb hisoblamoqda, deb OAVning soxta shov-shuvlari asossiz ekanini dadil ochib tashlaydi.
1989 yilning 25 iyunida – respublika rahbari etib saylanganining uchinchi kuni Islom Karimov janjalـtоʻpolonlar alangasi ichida qolib ketgan Fargʻonaga yоʻl oladi. Lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-gʻazabga tоʻlgan odamlarning ichiga bir оʻzi hech qanday qоʻriqchilarsiz kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, оʻzining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy sоʻzlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qоʻygandek bоʻladi, kоʻngillarda sоʻngan umid uchqunlarini uygʻotadi. Tartib-intizomni tiklash, qon tоʻkilishining oldini olish bоʻyicha butun mas’uliyatni оʻz zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar kоʻradi. Voqea sabablarini qidiradi. Masala mohiyatini ochiq-oydin kоʻrsatadi. Jumladan, u “ana shu fojianing aybdorlarini himoya qilishga urinishlar ham asossizdir. Kim bоʻlishidan, qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar, vahshiylik va odam оʻldirishda, оʻt qоʻyish va tоʻs-tоʻpolon chiqarishda aybdor bоʻlgan shaxslar jazoga tortilishi zarur va jazoga tortiladilar, toki оʻzbek xalqining pok nomiga dogʻ tushirilishiga yоʻl qоʻyilmasin”, deydi u34.
Respublika rahbarining bunday qat’iyati asossiz ta’na va bоʻhtonlardan ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini kоʻtarib yubordi. Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz sha’niga otilgan malomat toshlari butunlay bоʻhton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda vahshiylik qilgan, odam оʻldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga оʻt qоʻygan, transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar оʻzbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini yuqori sovet minbaridan turib jasurlik bilan aytdi.
Respublikada mavjud ijtimoiy vaziyatni nazarda tutgan Оʻzbekiston rahbari sodir bоʻlgan voqealar yuzasidan оʻzining pozitsiyasini ochiq-oydin bayon etadi.
Albatta, Islom Karimov respublika rahbari sifatida Fargʻona voqealarining sabab va oqibatlari haqidagi ma’lumotlar bilan оʻz kabinetida оʻtirib ham tanishishi, kerakli qarorlarni qabul qilishi mumkin edi. Ammo kabinetdan chiqmay ish yuritish prinsipi Islom Karimov uchun mutlaqo begona edi. U hayotning qaynoq nafasini bevosita his qilish, yaxshi-yomon kunlarda xalq bilan birga bоʻlish, el-yurtning dardu quvonchiga doimo sherik bоʻlishni оʻzining hayotiy maslagi, oliy insoniy burch deb bildi.
Agar оʻsha yillar tarixiga e’tibor beradigan bоʻlsak, Fargʻona voqealari haqida shov-shuv kоʻtarganlar, shunday qonli fojia hisobidan obrоʻ topish, оʻzining gʻarazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar kоʻp bоʻlgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy echimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi. Jumladan, YUrtboshimiz Toshkentda va Moskvada bоʻlib оʻtgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “Оʻzbek xalqining vijdoni pok. Fargʻona voqealari оʻzbek xalqining irodasi bilan sodir bоʻlmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va gʻarazli maqsadlarni kоʻzlab, kim qanday bоʻyoq bermasin, tarix, albatta, оʻzining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalminalchilik, mehmondоʻstlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha оʻzbek xalqiga xos fazilat bоʻlib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bоʻlmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan kоʻpgina misollar bilan isbot qilingan”35. Bunday haqqoniy va haroratli sоʻzlar el-yurtimizning dardiga darmon bоʻldi, uning tuhmat va malomatlardan egilgan ruhini kоʻtardi.
Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom Karimovning barcha muammolar haqida – ular qanchalik ogʻir va noxush bоʻlmasin – ochiq gapirishi, hamisha haqiqatning kоʻziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning e’tirofi va ehtiromini uygʻotdi.
Оʻzidan ilgari respublika rahbari bоʻlib ishlagan, siyosiy kaltabinligi va jur’atsizligi bilan el-yurt оʻrtasida obrоʻsini yоʻqotgan I.Usmonxоʻjaev va R.Nishonov kabi оʻtmishdoshlaridan farqli ravishda, Islom Karimov Оʻzbekiston etakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida echilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, оʻtkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib tashladi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bоʻyicha Markaz rahbariyati oldiga qat’iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta qоʻyishdan chоʻchimadi. Ushbu kitobdan оʻrin olgan kоʻplab chiqishlarda buni yaqqol kоʻrish mumkin.
Mavjud siyosiy beqarorlik, boshboshdoqlik va bedodlik sharoitida, naqadar ogʻir va qaltis bоʻlmasin, оʻsha mash’um kunlarda sobiq Markazdagi kuchlar va ularning оʻzimizdagi malaylari yurtimiz rahbariga har qadamda millatchilik yorligʻini yopishtirish, uning shaxsiga nisbatan tuhmat va malomatlar yogʻdirishga qanchalik urinmasin, qanday keskin siyosiy va ma’naviy-ruhiy bosim ta’siri ostida ish olib borishga tоʻgʻri kelmasin, Islom Karimov el-yurtning tinchligini asrash, xalqimizni omon saqlashni оʻzi uchun eng buyuk maqsad deb bilganini kitobdan оʻrin olgan har bir hujjat isbotlab, tasdiqlab beradi.
Fargʻona fojialari tagida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu voqealar, aytish mumkinki, 1986 yili Qozogʻiston poytaxti Olmaotada amalga oshirilgan «Metel» operatsiyasining davomi edi. Albatta, ssenariylar shakli, tashkiliy uslubi jihatidan ular har xil bоʻlishi mumkin. Biroq maqsad bitta edi. SHu tariqa mavjud siyosiy tizimni turli algʻov-dalgʻovlar, tоʻs-tоʻpolonlar, milliy respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chigallashtirish orqali saqlab qolishga harakat qilindi. Ayniqsa, «rashidovchilik», «оʻzbeklar ishi», «paxta ishi» kabi siyosiy kampaniyalar bilan gangitilgan respublikamizning оʻsha paytdagi rahbarlari iltimoslariga kоʻra Rossiyadan yuzlab chalasavod rahbarlar «desanti» Оʻzbekistonga tashlandi. «Desantchi»lar siyosati fosh bоʻla boshlagach, xalqimizni millatchilikda ayblash kerak bоʻlib qoldi. YArim yillik tayyorgarlikdan sоʻng, 45 yil davomida SSSR hukumatidan Mesxetiyaga qaytarishni talab qilaverib charchagan, may oyida nima qilib bоʻlsa ham ketishni rejalashtirgan turklarning faollashuvidan, xuddi shu oyda ishsizlik jonlariga tegib, namoyishlarga hozirlanayotgan Fargʻona yoshlarining soddaligidan foydalanildi. Natijada shоʻrpeshona turklar Rossiyaning kimsasiz bоʻlib yotgan qishloqlariga kоʻchirildi. Boshqacha qilib aytganda, ular yangi sharoitda yangicha surgunga giriftor etildi.
Bu qоʻzgʻolon natijasida qancha odam qurbon bоʻlganligi va aziyat chekkanligi tоʻgʻrisida turlicha ma’lumotlar berilgan. «Оʻzbekiston adabiyoli va san’ati» gazetasidagi ma’lumotlarga qaraganda: «Yovuz fitna tufayli Fargʻonada jami 112 kishi shahid bоʻldi. 1000 dan ortiq kishiga tan jarohati yetdi, 400 yigit javobgarlikka tortildi, 700 ga yaqin kishi ma’muriy jazo oldi, 160 nafardan ortiq kishi ogʻir jazolarga hukm etilgan»36. Bu darajada katta fojiaga olib kelgan Fargʻona isyonining bosh sababi nimada?-degan qonuniy savol tugʻiladi. Bu haqda Ittifoqning markaziy matbuot organlari va Оʻzbekistondagi juda kоʻplab gazeta va jumallarda har xil xulosalar bildirildi. Kimdir uni оʻzbeklar bilan mesxeti turklari оʻrtasidagi milliy nizo dedi, boshqa biri allaqanday mafiyaning ishi, ba’zilar SSSR Davlat Xavfsizlik Qоʻmitasining tashkil etgan fitnasi deb baholadi.
Fargʻonaning mahalliy aholisi esa ijtimoiy-siyosiy talablari uchun Qоʻqonda оʻqqa tutildi. Bu ikki harakatda ham ruslarga qarshi kayfiyat bor , degan sun’iy da’volar оʻylab topildi.. Bunday fitna Оʻshda 1989 yil 20 mayda bоʻlib оʻtgan voqeadan keyin paydo bоʻlgan edi...
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov оʻz kitobida Fargʻona voqealarining tub sabablarini quyidagi masalalar bilan bogʻliq holda talqin etadi:
Fargʻona vodiysida yashayotgan aholining ogʻir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
Odamlarning ta’minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari pastligi tufayli bunday holat Оʻzbekistonning boshqa joylarida ham sodir bоʻlishi mumkinligi.
Ishsizlik, ishchi оʻrinlarining kamligi, ya’ni ortiqcha ishchi kuchining kоʻpayib borishi.
YOshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy оʻylab kоʻrilmagani kabi sabablar.
5.Sovetlar saltanatining Оʻzbekistonda olib borgan qabohatli mustamlakachilik siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqarishning ekstensiv yоʻldan rivojlantirilishi, paxta yakkahokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli moddalarning ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xоʻjaligida haddan ziyod ishlatilishi mamlakatimizda ayniqsa 80-yillarda halokatli tus olgan ekologik buhronni keltirib chiqardi. Nafaqat Оʻzbekistonda, balki butun Turkiston оʻlkasida ekologik qabohatning dastlabki tamal toshini V.I.Lenin qоʻygan edi. Biz bu yerda 1918-yil, 18-mayda V.I.Lenin imzolagan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining «Turkistonda sugʻorish ishlariga 50 million sоʻm mablagʻ ajratish tоʻgʻrisidagi» dekretini nazarda tutmoqdamiz. Aslida shu pul berilmagan edi. «Inqilob dohiysi» bu ajratilgan summani Mirzachоʻl yerlarini оʻzlashtirishga sarflashni nazarda tutib, оʻtgan asrning 70-yillarda bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus ohmi N.F.Ulyanov, P.P.Semyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. V.I.Lenin boshlagan bu «tashabbus»ni Sovetlar hukumati Kommunistiq firqa rahnamoligida rivojlantirdi. «SSSRda paxta mustaqilligi uchun kurash» amalda Оʻzbekiston xalq xоʻjaligining ekstensiv yоʻl bilan bir tomonlama rivojlanishining bosh omili bоʻldi va turgʻunlik yillarida ekologik buhronni kuchaytirdi. Ayni paytda Markaziy Osiyo sharoitidagi togʻ relyefi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori quyosh harorati va boshqa shuning singari geografik va iqlimiy xususiyatlar yildan yilga ortib bordi. Urbanizatsiya jarayoni kuchayib sugʻorma qishloq xоʻjalik ekinlari maydonlari kengaydi, kommunikatsiyalar оʻtkazildi, оʻrmonlar kesib yuborildi, suv resurslaridan oqilona foydalanilmadi, yerosti qazilma boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar amalda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, zugʻum edi. Tabiat ham albatta insondan оʻch olishi tabiiy bir holdir. Оʻzbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi tabiiy holatlar belgilaydi:
Dostları ilə paylaş: |