Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə12/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Mustahkamlash uchun savollar.
  1. 80-yillarning oxirida Оʻzbekistondagi ogʻir ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning asosiy sababi nimalardan iborat edi?


  2. Xalqning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tavsiflab bering.


  3. Paxta ishi va “оʻzbek ishi” kabi qatagʻonlikning yangi tоʻlqini uyushtirishning maqsadi qanday edi? ularning oqibatlari haqida nimalarni bilasiz?


  4. Davlat tili tоʻgʻrisida qonunning qabul qilinishi asosan millatga nima berdi?.




  5. 1989-yil, iyun. Fargʻonadagi qonli fojialarining asl mohiyati haqida ma’lumot bering
  6. Ekologik tanazzul faqat Orol muammosidan iborat edimi?


  7. Оʻzbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi tarixiy xodisasi haqida ma’lumot bering.


  8. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» ning qabul qilinishi qanday imkoniyatlar berdi?


  9. Islom Abdugʻanievich Karimovning hokimiyat tepasiga kelishini sharhlab bering.




4-MAVZU. MUSTAQIL ОʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI (2 SOAT)

  1. Оʻzbekiston Respublikasi Mustaqillikning e’lon qilinishi.


  2. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yоʻlidagi sa’y-harakatlar.


  3. Mustaqil Оʻzbekiston davlatining mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari




Tayanch sоʻz va iboralar: «Davlat tili tоʻgʻrisida»gi Qonun, Prezidentli lavozimining ta’sis etilishi, Mustaqillik deklaratsiya SSSR ning tanazzulga yuz tutishi, Оʻzbekiston Respublikasining «davlat mustaqilligi tоʻgʻrisida» gi Qonun, Prezident saylovlari, Оʻzbekiston Konstitutsiyasi.
1. 1991 yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning echimini topish оʻta mushkul bоʻlib qoldi. SHu vaziyatdan foydalanib 19-21 avgust kunlari Moskvada davlat tuntarishi qilishga оʻrinib kоʻrildi. Favqullodda holat davlat qоʻmitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zоʻravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi53.

Ma’lumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti, daromadi, yashashi uchun zarur bоʻlgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol ogʻir bоʻlgan. Buning asosiy sababi - bu yillarda har bir viloyat bоʻyicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni tоʻgʻri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qоʻshimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari tоʻgʻrisida amaliy tadbirlar bоʻlmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo - bu aholi оʻrtasida ishsizlar sonining jadal ravishda оʻsib borishi edi. Mamlakatimiz rahbari оʻsha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish yоʻli sifatida quyidagilarni belgilab berdi:


a) ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni sogʻlomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
b) hayotning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom оʻrnatish, rahbar kadrlarni joy-joyiga tоʻgʻri qоʻyish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarida mustaqillikkacha bоʻlgan davr bilan bogʻliq bоʻlgan tarixiy jarayonlarni falsafiy-mantiqiy tushunish, istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik va hodisalarga tahliliy yondashish, ularning bosqichma-bosqich kurashlar evaziga qоʻlga kiritilganini idrok etish masalalarga chuqur yondashish zarur edi54.
Ana shunday ogʻir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida Оʻzbekiston rahbariyati korxona va xоʻjaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi Prezident Islom Karimovning bоʻlayotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat оʻrtasida sogʻlom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan Оʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bоʻlgan uchrashuvda Оʻzbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bоʻlgan har qanday kоʻrsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda Оʻzbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va Оʻzbekiston SSR Prezidenti xоʻzuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qоʻshma majlisi bоʻldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, Оʻzbekistonning mustaqillikka erishish yоʻli оʻzgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda Оʻzbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yоʻlidaboraveradi, deb kоʻrsatildi. Оʻshakuni Оʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, Оʻzbekistonning mustaqilligiga erishish yоʻli qat’iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi.
SSSR tanazzulga uchragach, Оʻzbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini tоʻla оʻz qоʻliga olishga kirishdi. 1991 yil 25 avgustda Оʻzbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qоʻmitasi Оʻzbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qоʻshinlari bevosita Оʻzbekiston Prezidentiga bоʻysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qоʻmitasi, prokuraturasi va adliya organlari , shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qоʻshinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qоʻshilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi. Оʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi tоʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni Оʻzbekistonning davlat mustaqilligi tоʻgʻrisida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 1991 yil 28 avgust kuni Оʻzbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qоʻshma plenumi bоʻlib оʻtdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bоʻlgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari tоʻgʻrisidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni tоʻxtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi оʻz vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991 yil 31 avgust kuni Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bоʻlib оʻtdi. Sessiyada Оʻzbekiston Prezidenti I.Karimov nutq sоʻzlab, sobiq Ittifoqda sоʻngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat tоʻntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular Оʻzbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, Оʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mastaqillik tоʻgʻrisidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada «Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tоʻgʻrisidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi : «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, Оʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi Оʻzbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - Оʻzbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «Оʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish tоʻgʻrisida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda: 1) Respublikaning davlat mustaqilligi tоʻgʻrisidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon Оʻzbekiston Respublikasi deb atalsin; 2) 1 sentyabr Оʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qоʻyildi. Oliy Kengash sessiyasida «Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari tоʻgʻrisida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bоʻlib, Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
  • Оʻzbekiston Respublikasi оʻz tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;


  • Оʻzbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U оʻz hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;


  • Оʻzbekiston Respublikasi tоʻla davlat hokimiyatiga ega, оʻzining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bоʻlinmas bоʻlib, uning xalqi оʻz xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib оʻzgartirilishi mumkin emas;


  • Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va оʻrmonlar, оʻsimlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma’naviy boyliklari Оʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qоʻyildi.


Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30 sentyabr kuni «Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari tоʻgʻrisi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda Оʻzbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari tоʻgʻrisida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qоʻyildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, rоʻyobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - Оʻzbekiston Respublikasi paydo bоʻldi. Оʻzbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bоʻlgan voqea sodir bоʻldi.


2. Оʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlashda Prezident I.A. Karimovning 1991-yil 6-sentabrda e’lon qilingan «Оʻzbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligi tuzish tоʻgʻrisida»gi Farmoni alohida ahamiyatga ega bоʻldi. Farmonga binoan Оʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuzildi. Оʻzbekiston hududidagi harbiy kommisiyalar, barcha harbiy garnizon va qismlar, chegara qоʻshinlari bоʻlinmalari, havo hujumiga qarshi harbiy qisimlar, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qоʻshinlari va boshqa turdagi qоʻshinlar respublikamiz tasarrufiga olindi. Оʻzbekiston hududidan tashqarida xizmat qilayotgan harbiy zobit va askarlarimiz Vatanimizga qaytarildi. Оʻzbekistonlik yigitlarimizning Ittifoqda xizmat qilishlariga chek qоʻyildi.

Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1990 yil 5 iyunda Оʻzbekiston Kompartiyasining XXII s’ezdida “Оʻtmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan” nomli ma’ruzasida “Biz, armiya xizmatiga salbiy munosabatni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish uchun omilkorlik bilan harakat qilishimiz shart”, degan edi55. Bu оʻrinda gap ayrim harbiy qismlarda intizomning bоʻshashib ketgani, ustavga xilof munosabatlar mavjudligi, yigitlarning mayib bоʻlib qaytishi va halok bоʻlishiga yоʻl qоʻymaslik haqida bormoqda. Biz rоʻyi rost aytishimiz kerakki, bunga aslo yоʻl qоʻya olmaymiz. Оʻz farzandlarimizni ularga nisbatan noxush xatti-harakatlardan va belgilangan qonunlarning buzilishidan muhofaza qilish uchun barcha ishlarni qilamiz, deb ta’kidlaydi muallif.


Sоʻngra Оʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining tashabbusi bilan Оʻzbekiston SSR Oliy Soveti Ittifoq organlariga yigitlarimizning xizmatni оʻtash tartibini оʻzgartirish tоʻgʻrisida bir qancha takliflar kiritgani, bu masalalar hal etilayotgani, chunonchi, qurilish qismlariga chaqirilgan yigitlar Turkiston harbiy okrugi hudidida xizmatni оʻtashlari tоʻgʻrisida masala hal etilgani haqida axborot berib, bu boradagi amaliy ishlarga tоʻxtaladi56.
Ana shunday chiqishlardan keyin bu sohadagi ahvol оʻzgarib, chaqiruv komissiyalariga Oliy Sovet va mahaliy sovetlarining deputatlari jalb etiladigan bоʻldi. Оʻzbekistondan chaqirilgan yigitlarning barcha jangovar qismlarda harbiy xizmatni оʻtash shart-sharoitlari respublika jamoatchiligi tamonidan qat’iy nazorat ostiga olindi.
1991 yil 25 avgustdagi Оʻzbekiston SSR Prezidentining Farmoniga kоʻra:
  1. Respublika hududida joylashgan SSSR IIV va Davlat Xavfsizligi komiteti Оʻzbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.


  2. Respublika va uning fuqorolari xavfsizligini, manfaatlarini muhofaza qilishni nazarda tutadi.


  3. Respublika hududida joylashgan SSSR IIVning ichki qоʻshinlari bevosita Оʻzbekiston SSR Prezidentiga bоʻysundirildi57.


  4. Оʻzbekiston SSR IIV, DXQ, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qоʻshinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qоʻshilmalari partiyadan xoli qilindi va h.k.


Prezidentning bevosita kоʻrsatmasi bilan respublika IIVning ma’sul lavozimlariga malakali mahalliy kadrlar qоʻyildi. Tizim rahbarligi xalq taqdiriga befarq bоʻlmagan, uning orzu armonlari bilan yashaydigan kishilar qоʻliga оʻtgach, ishda jiddiy ijobiy оʻzgarishlar yuzaga keldi. Uyushgan jinoyatchilik, bosqinchilik, avtomashinalarni olib qochish singari оʻnlab jinoyatlarning payi qirqildi. Sobiq Ittifoq hududida avj olib ketgan avtomashina оʻgʻirligini oladigan bоʻlsak, agar 1990-1991 yillarda bir kunda оʻrtacha 154 jinoyat rasmiy rоʻyxatga olingan bоʻlsa (rоʻyxatga tushmaganining esa sanogʻi yоʻq edi!), ayni masalada Prezidentimiz kоʻrsatgan qat’iyat tufayli 1992 yilga kelib bir yilning ichida bunday bemazagarchiliklarga chek qоʻyildi.


Bu tadbirlarning huquqiy asosi bоʻlib esa 1990 yil 31 oktyabrida Prezident imzolagan “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish tоʻgʻrisida”gi Оʻzbekiston SSRning qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrda qabul qilingan “Оʻzbekiston Respublikasining IIV tоʻgʻrisida”gi 270–sonli qarori xizmat qildi. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi bilan IIV faoliyatiga doir eng muhim masalalar оʻz echimini topdi. Ularda ichki ishlar xodimlarining asosiy vazifalari, huquq va burchlari aniq kоʻrsatib berildi, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish choralari belgilandi. Har bir mansabdor shaxsning huquq va ma’suliyati alohida kоʻrsatilib, vazirlikning yangi strukturasi tasdiqlandi. Eng muhimi – bu tizim faoliyatini moliyalash, xodimlarga unvonlar berish va lavozimlarga tayinlash respublika ixtiyoriga olindi. SHu tariqa yurtimiz ichki ishlar tizimi оʻz mustaqilligini qоʻlga kiritdi.
1984-1989 yillarda “Оʻzbekistonda sotsialistik qonunchilikni tiklash” shiori ostida respublika huquq-tartibot idoralarining barchasiga Markazdan minglab odamlar jоʻnatildi. Bu idoralar orasida shaxsiy tarkibi, harakatlanish hududi va ta’sir kuchi nuqtai nazaridan eng yirigi hisoblangan Оʻzbekiston SSR IIVga sobiq Sovetlar mamlakatidan hammasi bоʻlib 150 ta xodim keldi. Yillar bоʻyicha qaraydigan bоʻlsak, 1984 yilda 5 ta, 1985 yilda 33 ta, 1986 yilda 86 ta, 1987 yilda 27 ta, 1988 yilda 2 ta, 1989 yilda 3 ta “osoyishtalik posboni”, birovdan sоʻrab-sоʻramay, Оʻzbekistonga “tashrif buyurgan”. Bu “kutilmagan mehmonlar”ning asosiy maqsadi – sotsialistik qonunchilikni ta’minlash emas, balki оʻzbek xalqini tahqirlash evaziga xizmat pillapoyalaridan kоʻtarilish edi58.
Оʻzbekiston SSR IIV tarkibida ishlagan shovinistik kayfiyatdagi bu kishilar оʻzlari kabi prokuratura va sud tizimiga tushurilgan “desantchi”lar bilan til biriktirib, bir xil siyosat yuritishgan. Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi “desant” amalga oshirgan qonxоʻr tergovlar qancha-qancha insonlar, butun-butun oilalar boshiga cheksiz xоʻrlik, kulfatlar keltirgan edi.
Оʻzbekistonni оʻz ta’sir doirasiga kiritishni istagan va buning uchun barcha nayranglarni, qolaversa, harbiy kuchni ham ishlatishga tayyor bоʻlgan kuchlar qurshovida Vatanimizning mustaqilligini saqlash uchun behisob qiyinchilik va iztiroblarni boshdan kechirishga tоʻgʻri keldi. Ayniqsa, hozirgi kunlarda butun jahondagi eng tahlikali mintaqalardan biri bоʻlgan bizning mintaqamizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun qanchalik oqilona siyosat yurgizish kerakligini, sabot va matonat zarurligini hayotning оʻzi isbot etayapti”.
“Mustaqil – bоʻlsang mustaqil bоʻl! Davlat bоʻlsang – davlat bоʻl!”. Prezidentimiz aytgan bu sоʻzlar uning mamlakatimiz taqdiri, kelajagi haqidagi tashvishli оʻylarining qisqa va ma’nodor ifodasi bоʻldi, desak yanglishmaymiz. Bu iborada mustaqillikni e’lon qilish bilan kifoyalanib bоʻlmasligi, uni saqlay bilish, buning uchun esa оʻz xalqini ichki va tashqi dushmanlardan himoya qila olish, uning tinch-totuv yashashiga imkoniyat yaratish, оʻz sarhadlarini himoya qilish, mudofaa qudratini ta’minlash zarur ekani haqidagi fikr mujassam.
Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida bоʻlib оʻtgan xalqaro anjumanlarning birida amerikalik siyosatshunos olim Gleb Xovard Оʻrta Osiyo davlatlarining ichida faqat Оʻzbekistongina оʻzining chegaralarini turli ekstremistik xurujlardan himoya qilishga qodir bоʻlgan yagona davlat ekanini ta’kidladi. Aslida, uning sоʻzlari turli davlat rahbarlari va siyosatshunoslari kelgan umumiy bir xulosaning xolis ifodasi hamdir.
Prezidentimizning uzoqni kоʻzlab, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab mudofaa masalalariga katta ahamiyat bergani sabablarini va bu aslida hozirgi kundagi mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligining garovi bоʻlganini tushinib etish qiyin emas. Оʻsha vaqtlarda mustaqillikka erishgan qоʻshni davlatlar оʻz yigitlarini harbiy xizmatga chaqirsa-da, ularning harbiy xizmatni оʻtashi uchun tayyor garnizon, qurol-aslaha, harbiy texnikasi yоʻqligi, hattoki askarlar oddiy yotoq bilan ta’minlanmagani sababli harbiy biletlariga gоʻyoki xizmatda deb muhir bosib, bir-ikki oy uyda kоʻrinmaslik sharti bilan qоʻyib yuborilgani ma’lum. Bundan tashqari, qоʻshnilarimiz shоʻrolar davridan qolgan texnika va qurol-yarogʻlarni bir kunlik foydani оʻylab arzon baholarga xorijiy mamlakatlarga yoki turli firmayu kompaniyalarga sotib yuborib, tang ahvolda qolgani ekstremistik guruhlarning xurujlari paytida yaqqol sezilib qoldi. Buning aksi оʻlaroq, bizning yurtimizda mahalliy harbiy kadrlarni tayyorlash masalasi doimo YUrtboshimizning diqqat markazidagi ustuvor masala bоʻlib kelmoqda. Prezident tashabbusi bilan Toshkent, Samarqand, Fargʻona va Urganch shaharlarida harbiy mutaxassisliklarga tayyorlaydigan litseylar tashkil etildi, Qurolli kuchlar akademiyasi, Toshkent umumqоʻshin komandirligi, Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar, CHirchiq tankchi komandir-muhandislar, Jizzax havo kuchlari (aviatsiya) oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti 28 yоʻnalishdagi harbiy mutaxassislik bоʻyicha malakali zobit kadrlar tayyorlab kelmoqda. 1990 yilda mahalliy zobitlar harbiy kadrlarning bor-yоʻgʻi 0,6 foizini tashkil qilgan bоʻlsa, hozirda ularning soni 80 foizga etgani shu borada amalga oshirilgan keng kоʻlamli ishlarning mevasidir.
XX asrning 80-yillarning oxiri 90-yillarining boshlarida hali Sovet Ittifoqi mavjud bоʻlgan va Markazda qanday bоʻlmasin Ittifoqni saqlab qolishga harakat ketayotgan bir vaqtda buning eng kuchli vositalaridan biri shоʻro harbiy kuchlari hisoblanar edi. Оʻsha davrlarda Ittifoq bоʻyicha eng kоʻp harbiyga chaqiriladigan yigitlar ayni bizning Оʻzbekistondan bоʻlgani kоʻpchilikka ma’lum. Har yili 320 ming nafarga yaqin yigitlarimiz shоʻro qurolli kuchlariga xizmatga chaqirilar edi. SHuni alohida ta’kidlab оʻtish zarurki, оʻsha dvrlarda оʻzbek yigitlari nafaqat hayotning boshqa jabhalarida, balki qurolli kuchlar safida ham kamsitilar edi. YA’ni, yigitlarimizning aksariyat qismi harbiy xizmatga chaqirilish bahonasida qurilish batalonlariga jalb etilardi. Ular ikki yil davomida harbiy texnikani kоʻrmay, qurolni bir marta bоʻlsaـda qоʻlida tutmay, mardikorlik bilan shugʻullanib qaytar edi.
Bu siyosat aslida Birinchi jahon urushi davridagi chor Rossiyasi qоʻllagan mardikor olish siyosatning davomi edi. CHor Rossiyasi faqat urush vaqtida mardikarlikka safabar etgan bоʻlsa, shоʻrolar davlati tinch davrda ham harbiy xizmat bahonasida yigitlarimizdan tekin ishchi kuchi sifatida foydalanib keldi. Bunday siyosatni oqlash maqsadida Markazdagilar asossiz bahonalarni rоʻkach qilar edi. Masalan, yuridik fanlari doktori Galina Litvinovaning matbuot orqali59 оʻzbeklarni harbiy-tarixiy tajribaga ega bоʻlmagan millat, deb baholashining оʻzi bizga bоʻlgan munosabatning rоʻyi rost, oshkora kоʻrinishi emasmi?! Vaholanki, Afgʻonistondagi urushga safarbar qilingan askarlarning kоʻpchiligini оʻzbek yigitlari tashkil etgan. Demak, urush davrida оʻzbeklar harbiy xizmatga loyiq edi-yu, tinch davrda faqat mardikorlikka yaroqli bоʻlibdi-da? Bu ham shоʻrolar shovinistik siyosatining kоʻrinishlaridan biri edi”60.
Taniqli olim A.Azizxоʻjaev оʻzining “Chin оʻzbek ishi” asarida ta’kidlab оʻtganidek, “Afgʻon urushi davrida eng kоʻp temir tobutlar Оʻzbekistonga kelgan edi. Urush, tabiiyki, qurbonsiz bоʻlmaydi. Lekin, achinarlisi shundaki, afgʻon urushi tamom bоʻlsa-da tinch davrda ham Оʻzbekistonga kelayotgan temir tobutlarning oqimi tоʻxtamadi. Faqat 1989 yilning оʻzida Оʻzbekistonga 430 ta tobutning kelgani fikrimizning dalilidir. 1990 yillarda ham bu dahshatli jarayon davom etdi. Bu haqda yozuvchimiz Оʻtkir Hoshimov KPSS s’ezdining (1990 yil iyunda) minbaridan turib, sоʻnggi yarim yilning оʻzida 300 ga yaqin оʻzbek xonadoniga harbiydan tobutlar kelganini oshkora aytganida, uning gaplari bоʻhtonga chiqarilgan edi. Buni isbotlash maqsadida tuzilgan maxsus komissiya “masalani оʻrganib”, Оʻzbekiston vakilining 40 kishiga yanglishganini ayta oldi, xolos. Mayli, shunday ham bоʻlsin. Ammo оʻylab kоʻring, tinch davrda 300 ga yaqin оʻzbek xonadoni “оʻgʻlim er yigit bоʻldi”, deb endi kuchga tоʻlgan, orzu-umidlari bisyor оʻgʻlonlarini orzu-havas bilan harbiyga yuborib, kоʻp оʻtmay ularning jasadini olgani оʻsha davrning eng dahshatli haqiqati emasmi?.. Hatto, Kosovo urushida ham qurbonlarning soni bunchalik kоʻp bоʻlmagan edi.
Ustiga ustak, оʻzlarini “demokratiya himoyachilari” deb atagan “Erk” va “Birlik”dagi dohiychalar qurbonlardan soxta obrоʻ orttirish yоʻlida foydalanib, ularni musulmon odatlariga binoan tezda qabrga qоʻyish оʻrniga kоʻchama-kоʻcha kоʻtarib, odamlarni xayrsiz kurashga chorlagani dard ustiga chipqon bоʻldi. Gʻarazli maqsadlarda har qanday fitna va nayranglardan tap tortmaydigan bunday kimsalar uchun begunoh qonlarning tоʻkilishi arzimas narsa edi. Hali Ittifoq tarqalib ulgurmagan bu tahlikali davrda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qat’iyat bilan masalani qon tоʻkmasdan, tinchlik bilan hal qilish yоʻlini tutdi”61.
“Оʻzbekiston mustaqilligi e’lon qilingan bоʻlsaـda, hali SSSR Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari saqlanib turgan bir paytda bunday kuchga qarshi tik borish, “yotgan ilonning boshini qоʻzgʻash” ogʻir oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushungan Prezidentimiz harbiy sohada ishni bosqichma-bosqich hal etish yоʻlidan bordi. 1991 yil 6 sentyabr kuni e’lon qilingan Оʻzbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligini tuzish tоʻgʻrisida Prezident Farmoni bu yоʻldagi birinchi qadam bоʻldi. Bu yangilikni “hazm qila olmagan” Kreml Оʻzbekiston Prezidentiga tazyiq оʻtkazishga harakat qildi. SSSR Mudofaa vaziri E.SHaposhnikov gʻayriodatiy tuyulgan bu holdan xavotirga tushib, Prezidentimizga telefon qilgan paytda Оʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vaziri etib tayinlangan Rustam Ahmedov Prezidentimiz huzurida bоʻlgan ekan. Uning xotirlashicha, SSSR mudofaa vaziri Islom Karimovga gʻazab bilan: “Islom Abdugʻanievich, biz bilan maslahatlashmay Mudofaa ishlari vazirligi joriy qilibsiz, vazir tayinlabsiz. Оʻzingizni mustaqil deb e’lon qilgan bоʻlsangiz-da, hali SSSR degan qudratli davlat mavjud. Buni оʻzingiz ham yaxshi bilasiz. Hatto Ukraina ham general Morozovni respublika Mudofaa vaziri etib tayinlayotganida bizdan ruxsat olgan edi”, deb pоʻpisa qiladi. “Umuman, Sizga armiyaning nima hojati bor, harbiy komissariyat nimaga kerak? Axir SSSR mudofaa vazirligining qudratli Turkiston harbiy okrugi Оʻzbekistonda bоʻlsa!” deb kosa tagida nimkosa qabilida bu harbiy salohiyat bilan chоʻchitmoqchi bоʻladi. Ularning yordamisiz Оʻzbekiston оʻz xavfsizligini ta’minlay olmasligini pisanda qilinganda, kuni kecha mustaqillikka erishgan mamlakatning mustaqil prezidentining javobi shunday bоʻldi: “Birinchidan, respublika Mudofaa Ishlari vazirligi joriy qilinishi va vazirning tayinlanishi – huquqiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham hal qilingan masala. Ikkinchidan, bu masalada Siz bilan kelishishni asossiz deb hisoblayman”. Qat’iy javob olgan Ittifoq vaziri ancha hovuridan tushib, respublika mudofaa ishlari vaziri bilan keyingi hamkorlik uchun tanishmoqchi ekanini bildiradi. Prezident: “Madomiki, siz Оʻzbekiston Respublikasining mudofaa ishlari vaziri bilan hamkorlik qilish maqsadida tanishishini istasangiz, men uni Moskvaga yuboraman, tanishib olasizlar”, deb javob beradi.
SSSR mudofaa vaziri bilan suhbatni tugatgach Prezident Ahmedovga qarata: “Sen mustaqil respublika mudofaa ishlari vaziri sifatida Moskvaga borasan. Lekin u erga fuqarocha kiyinib borgin. Negaki, sen polkovniksan, u esa – marshal. Harbiy kiyimdagi pogonlaring Ittifoq mudofaa vaziri bilan mustaqil davlatning mudofaa ishlari vaziri sifatida tengma-teng gaplashishingga yоʻl qоʻymaydi”, deydi.
Оʻsha vaqtlarda SSSR mudofaa vazirligi va unga bоʻysunuvchi Turkiston harbiy okrugi har qanday qulay vaziyatda Respublika Mudofaa ishlari vazirligini tan olmasligini kоʻrsatishga harakat qildi. Bu paytda Turkiston harbiy okrugi qоʻmondonlik tarkibining faqat ikki-uch foizigina оʻzbekistonlik bоʻlib, qolganlari chetdan kelgan edi. Shuning uchun ham yangi tashkil topgan, na qоʻshini, na qurolli kuchlari, na harbiy texnikasi va qurol-aslahasiga ega bоʻlgan respublika Mudofaa vazirligi Turkiston harbiy okrugi bilan оʻz munosabatlarini ehtiyotkorlik bilan olib borishi lozim edi. Chunki har qanday nizo bizga ziyon etkazishi mumkin edi. SHuni tushungan Prezidentimiz mudofaa vazirini оʻz huzuriga chaqirib, respublikada osoyishtalikni saqlab qolgan holda, mudofaa qudratini oshirishning chuqur оʻylangan yоʻl-yоʻrigʻini beradi. Bu ishlarni ortiqcha hissiyotga berilmasdan, bosiqlik bilan, qon tоʻkilishiga yоʻl qоʻymay hal qilish zarurligini uqtiradi. Mamlakatimiz daxlsizligini ta’minlash uchun birinchi galda quyidagi ishlarni bajarishni topshiradi:
  1. Harbiy komissariyatlarni respublika ixtiyoriga оʻtkazib, sobiq Ittifoq armiyasiga askar yuborishni tоʻxtatish.


  2. Ittifoqda xizmat qilayotgan оʻzbekistonlik askar va zobitlarni respublikaga qaytarib olib kelish.


  3. Оʻzbekiston hududida joylashgan barcha harbiy garnizon va qismlarni respublika tasarrufiga оʻtkazish.


Ministrlar Sovetining qarori bilan birma-bir harbiy komissariyatlar, Fuqarolar mudofaasi shtabi va DOSAAF respublika ixtiyoriga olindi (keyinchalik DOSAAF “Vatanparvar” tashkilotiga aylantirildi). Harbiy komissariyatlarning respublika ixtiyoriga оʻtkazilishi yigitlarimizning Ittifoqda xizmat qilishlariga chek qоʻydi. Navbatdagi vazifa Оʻzbekiston hududidan tashqarida xizmat qilayotgan harbiy zobit va askar yigitlarimizni Vatanimizga qaytarib kelish edi.


Sobiq shоʻrolar davlatining turli chekkalarida harbiy xizmat оʻtayotgan, biroq mustaqillik nafasini tuygan yigitlarimiz SSSR armiyasida xizmat qilishdan bosh tortdilar. Ta’kidlash lozimki, faqat оʻzbeklargina emas, оʻzlarini Оʻzbekiston fuqarosi, Оʻzbekistonni Vatani deb bilgan turli millat vakillari bоʻlgan zobit va praporshiklar ham Оʻzbekistonda xizmat qilish istagani bildira boshladi.
Оʻsha chogʻda Prezident Islom Karimov mudofaa ishlari vazirini va ichki ishlar vazirining оʻrinbosarini huzuriga chaqirib, Moskva yaqinidagi Ichki ishlar qоʻshinlarida 270 ga yaqin оʻzbekistonlik harbiy xizmatchi borligini, ular Rossiyada xizmat qilishdan bosh tortayotganini aytadi. “Tezda оʻsha erga etib borib, ularni zudlik bilan Оʻzbekistonga qaytarib kelish choralarini kоʻring. Bu muhim masala hal etilsa, Ittifoqning boshqa erlarida xizmat qilayotgan vatandosh yigitlarimizga dalda bоʻladi va ularning ommaviy ravishda Vataniga qaytib kelishi uchun yоʻl ochiladi”.
Darhaqiqat, Prezidentimizning masalaga chuqur yondashganini keyingi voqealar rivoji tasdiqladi. Moskva atrofida xizmat qilayotgan askar va zobitlarimiz Vatanimizga olib kelinganidan keyin bu haqda xabar topgan boshqa оʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar faqat mustaqil Оʻzbekiston Respublikasigagina xizmat qilajaklarini bildirib, Ittifoqqa xizmat qilish tоʻgʻrisida qasamyod qilishdan bosh torta boshladilar. SHu sababli SSSR Mudofaa vazirligi ularni Оʻzbekistonga qaytarib yuborishga majbur bоʻlgan edi. E’tiborlisi shundaki, bu askar va serjantlarning uchdan bir qismi turli millat vakillari bоʻlsalar-da, Оʻzbekistonga xizmat qilish istagini bildirdilar.
Harbiy xizmatchilarning оʻz yurtiga qaytishi, yuzaki qaraganda, oson ishdek tuyulishi mumkin. Aslida, ularning ijtimoiy himoyasi, uy-joy bilan ta’minlanishi kabi murakkab masalalarni ham hal qilish zarur edi. Ortga surib bоʻlmaydigan bu vazifa yuzasidan Prezidentning aniq kоʻrsatmasi asosida harbiy xizmatchilar, ularning oilalarini ijtimoiy himoyalash huquqiy ta’minlanadi”62.
Оʻzbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholi tinchligini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarning oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qоʻshilmalar, qismlardan iborat. Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi “Оʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tоʻgʻrisidagi” bayonotida “Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida Оʻzbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashgan sobiq SSSR IIV, SSSR DXQ hamda Ichki qоʻshinlari Оʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinadi”, deb kоʻrsatilgan edi. Bu qoidalar 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “Оʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari tоʻgʻrisida”gi qonunda mustahkamlandi va “Оʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega” deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Bu amalda yosh respublikamiz uchun harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berdi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 sentyabrdagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi, uning shtat tizimi va vakolatlari belgilandi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 10 sentbrdagi farmoniga binoan mudofaa vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qоʻmondoni etib tayinlandi. Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi qaroriga binoan Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi. “Оʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari tоʻgʻrisidagi” qonun hamda 1991 yil 30 dekabrdagi MDH Kengashining Qurolli Kuchlari CHegara qоʻshinlari haqidagi Minsk qarori asosida 1992 yil 1 fevraldan sobiq Ittifoq tizimidagi qоʻshinlarning mablagʻ bilan ta’minlanishi tоʻxtalishini inobatga olgan holda Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992 yil 10 yanvarda “Оʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR IIVning harbiy qismlari va оʻquv muassasalarini Оʻzbekiston Respublikasi tasarrufiga olish tоʻgʻrisida”gi qaror qabul qildi. Unda Оʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq Ittifoqqa qarashli Ichki ishlar va Mudofaa vazirligining qismlari, birlashmalari, qоʻshilmalari, oliy оʻquv yurtlari, harbiy tuzilmalari mamlakatning qonuniy tasarrufiga olinishi belgilandi. Qaror asosida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, harbiy muassasalardagi ishchi xizmatchilarga, sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qilgan nafaqadorlarga ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlandi63.
1992 yil 24 martda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Оʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan CHegara qоʻshinlari bоʻlinmalari haqida”gi farmoni bilan Respublika Milliy xavfsizlik xizmati qoshida CHegara qоʻshinlari boshqarmasi tashkil etildi va Оʻrta Osiyo Chegara qоʻshinlari bоʻlinmalari uning tasarrufiga оʻtkazildi. 1992 yil 18 mayda “Оʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo desanti qоʻshinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qоʻshinlari, ta’minot qismlari haqida”gi farmon bilan bu qоʻshinlar respublika tasarrufiga оʻtkazildi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 12 noyabrdagi “Оʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida”gi, 13 noyabrdagi ”Оʻzbekiston hududida joylashgan kimyoviy harbiy qismlar haqida”gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylashgan mazkur turlardagi qоʻshinlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi. SHu tarzda mustaqil mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlandi.
Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr kuni «Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari tоʻgʻrisida»gi qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda Оʻzbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi moddalari «Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari tоʻgʻrisida»gi qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qоʻyildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, rоʻyobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – Оʻzbekiston Respublikasi paydo bоʻldi. Оʻzbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bоʻlgan voqea sodir bоʻldi.
Оʻzbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln kishini tashkil etgan. 2020-yilda aholi soni 31 milliondan ortdi.
3. Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bоʻlgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bоʻyicha referendum оʻtkazish haqidagi masalani kоʻrib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni «Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tоʻgʻrisida» referendum hamda «Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini оʻtkazish tоʻgʻrisida» qarorlar qabul qilindi.
Оʻzbekiston mustaqillikka erishganidan sоʻng, huquqiy jamiyat va demokratik davlat barpo etish yоʻlida siyosiy islohotlarni amalga oshirishni kun tartibidagi dolzarb masala sifatida belgilab oldi.
Оʻzbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik shakli zamonaviy tizim оʻzagini tashkil etadi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash VIII-sessiyasida “Prezident saylovlari tоʻgʻrisida” Qonun va “Prezident saylovini tayinlash tоʻgʻrisida” Qaror qabul qilindi.
Bu qonunga kоʻra, Prezident lavozimiga 35 yoshga tоʻlgan, davlat tilini biladigan, saylovgacha kamida 10 yil Оʻzbekistonda muqim yashayotgan Оʻzbekiston fuqarosi saylanishi mumkin.
Referendumda ovoz berish bulleteniga masala quyidagicha kiritildi: «Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan Оʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?» Shuningdek, «Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tоʻgʻrisida» qonun qabul qilindi.
1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bоʻlib оʻtdi. Referendumda 9 898 707 kishi yoki saylov rоʻyxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi Оʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. Оʻzbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natijalaridan kelib chiqadigan obektiv va qonuniy hodisadir.
Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi, uzoqni kоʻra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi tinch, demokratik, parlament yоʻli bilan ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
Mustaqil Оʻzbekiston davlatining mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari Оʻzbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. Xuddi shu yilning 29 dekabrida xalqimiz birinchi marta umumxalq xoxish-irodasi bilan mustaqil Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi.
Оʻzbekiston Prezidenti saylovi Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida qabul qilinganОʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tоʻgʻrisida”gi Qonun asosida оʻtkazildi. Bu saylovning muhimtomoni shuki, u birinchi marta muqobillik asosida оʻtdi, ya’ni Oliy lavozimga ikki nomzod- Оʻzbekiston XDP va Оʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va “erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov ( Muhammad Solix ) nomzodi qоʻyildi.
Saylovlar yakuniga kоʻra 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning (86%) I.Karimov nomzodini 1million 220 ming saylovchi ( 12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tоʻgʻrisidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib Islom Abdugʻanievich Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. I.Karimov Оʻzbekiston Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bоʻlgan navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi. 1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi. Оʻtkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy - ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Prezident 5 yil muddatga saylanadi, bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident bоʻlishi mumkin emas, Prezident saylashning asosiy prinsiplari: umumiy, teng, tоʻgʻridan tоʻgʻri, yashirin ovoz berish bilan, fuqarolarning saylovda ixtiyoriy qatnashishi, saylov kunigacha 18 yoshga tоʻlgan fuqarolarning saylovda qatnashishi hisoblanadi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy maqomi respublika Konstitutsiyasining 19-bobida aniq belgilab qоʻyilgan. Konstitutsiyaning 89-moddasida Prezident davlat boshligʻi va davlat organlarining faoliyatini ta’minlashi qayd etilgan. Prezidentning shaxsi daxlsiz bоʻlib, u qonun bilan muhofaza etiladi deya, belgilab qоʻyilgan. Konstitutsiyaning 93-moddasida Prezidentning vazifalari, uning vakolatiga kiradigan masalalar doirasi belgilangan.
Prezident bir vaqtning оʻzida Konstitutsiya, inson va fuqaro huquqlarining kafili bоʻlib, davlat hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlaydi, qonunlar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi. Prezident bir vaqtning оʻzida Qurolli kuchlar Oliy bosh qоʻmondoni, Xavfsizlik kengashining raisi bоʻlib ham hisoblanadi. Vakolati tugagach, iste’foga chiqqan Prezident umrbod parlament yuqori palatasi - senat a’zosi lavozimini egallaydi.
2000 yil 9 yanvarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yana bir unitilmas tarixiy voqea bоʻlib оʻtdi. 11 yanvarda Оʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000 yil 9 yanvar kuni bоʻlib оʻtgan Оʻzbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bagishlandi64.
Majlisda qayd etilgandek 2000 yil 9 yanvari mustaqil Оʻzbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bоʻlgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir kоʻrsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. Оʻzbekiston fuqarolarining aksariyati Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bоʻlib оʻtgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida оʻtganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular xoxish-irodasiga binoan, оʻzi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz bu hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bоʻlishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirlishiga zamin hozirladi.
Оʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov Komissiyasining okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalar asosida 9 yanvarda bоʻlib оʻtgan saylovda rоʻyxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etganligini, bu esa rоʻyxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etishini ma’lum qildi. Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi kоʻrsatilgan I.Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. Оʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi kоʻrsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylochi ovoz berdi.
Оʻzbekiston Respublikasining “Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tоʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga muvofik, Оʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdugʻanievich Karimovning Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi tоʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Shu оʻrinda qayd etish kerakki, Prezident vakolat muddati 2007 yil dekabrda tugashi munosabati bilan 2007 yil 23 dekabrda navbatdagi Prezident saylovi оʻtkazildi. XDPdan A.Rustamov, Adolat SDPdan D.Toshmuhammedova, saylovchilar tashabbuskor guruhi (STG)dan A.Saidov, LDP dan I.Karimov nomzodi kоʻrsatildi. Saylovda rоʻyxatga olingan 16.297.000 saylovchidan 90,6 %i qatnashdi. I.Karimov uchun saylovchilarning 88,1 %i ovoz berdi. 2007 yil 27 dekabrda bоʻlgan Markaziy saylov komissiyasi majlisida I.Karimov Prezident lavozimiga saylandi deb qaror qilindi.
2015 yil 29 mart kuni muqobillik asosida Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bоʻlib оʻtdi. Uning natijalariga kоʻra Konstitutsiyaga kiritilgan оʻzgarishlarga muvofiq Islom Karimov 5 yillik muddatga mamlakatning oliy lavozimiga saylandi.
Islom Karimov Оʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yоʻnalishini ishlab chiqdi, yurtimizning yorugʻ istiqboli yоʻlida kоʻpmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab bordi. Mana shunday buyuk ishlarni amalga oshirgan Оʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdugʻanievich Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. U 2016 yil 3 sentyabr kuni Samarqand shahrida dafn etildi. Dafn marosimida jahonning 17 ta mamlakatidan delegatsiyalar, davlat rahbarlari, kоʻplab rasmiy doira vakillari, respublikaning keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etdilar.
2016 yil 8 sentyabr’ kuni Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qоʻshma majlisida parlament palatalarining qоʻshma qaroriga muvofiq Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha Оʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.
Оʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016 yil 4 dekabr’ kuni bоʻlib оʻtgan ovoz berish jarayonida saylovchilar rоʻyxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini aniqladi. Bu rоʻyxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil qildi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga kоʻra, Sarvar Sa’dullaevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 foizi ovoz berdi, SHavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi, Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi yoki 3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 nafar saylovchi yoki 3,46 foiz saylovchilar ovoz berdi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik kоʻrish va uni оʻtkazish jarayonini beshta xalqaro tashkilot – evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bоʻyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdоʻstligi, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda Amerika, evropa, Osiyo va Afrikaning 46 ta davlatidan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kuzatib borgani siyosiy kampaniya demokratiya talablari asosida ochiq va oshkora оʻtganining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 37 mingdan ortiq kuzatuvchi ham faol ishtirok etdi.
Majlisda qayd etilganidek, 4 dekabr kuni bоʻlib оʻtgan Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakat оʻz oldiga qоʻygan buyuk maqsadlar yоʻlida – dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan оʻrin egallash, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan modernizatsiya qilish, xalq uchun erkin, tinch va farovon hayotni ta’minlash borasida yana bir ulkan qadam qоʻyganini, ta’bir joiz bоʻlsa, mustaqil taraqqiyotining yangi davriga kirib borayotganini yaqqol namoyish etdi.
2016 yil 4 dekabr’ kuni bоʻlib оʻtgan Prezident saylovi yakunlari bоʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan SHavkat Miromonovich Mirziyoyev Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman оʻz vazifasini bajarishga kirishdi.
Оʻtgan qisqa vaqt davomida Prezident SH.M.Mirziyoyev rahnamoligida yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib borish, aholiga sifatli kommunal xizmat kоʻrsatish, respublikaning shahar va tumanlari, ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarini kompleks rivojlantirish orqali aholining turmush va mehnat sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng kоʻlamli va samarali tadbirlarni amalga oshirilmoqda.
Sh.M.Mirziyoyevning faoliyatida sotsial-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ta’lim, fan, sogʻliqni saqlash tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yoshlarning sogʻlom va barkamol bоʻlib voyaga etishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni kuchli muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida muhim оʻrin egalladi.
Оʻzini оʻzi boshqarishning noyob instituti bоʻlgan mahallaning nufuzi va obrоʻsini yanada oshirish, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlarini demokratik islohotlarga keng jalb etish orqali jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlash, milliy, ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil rivojlantirish ishlariga yuqori darajada e’tibor qaratdi.
Shu bilan birga, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan har tomonlama оʻzaro hamkorlikni kuchaytirish orqali mamlakatimizning milliy manfaatlariga va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishishda bevosita rahbarlik qilmoqda.
Davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatlarning bоʻlinish tamoyili Konstitutsiyada keltirilgan. Davlat hokimiyatining har biri mustaqil faoliyat yurituvchi 3 hokimiyatga: qonun chiqaruvchi; ijro etuvchi; sud hokimiyatiga bоʻlinishi qonunlashtirilgan. Konstitutsiyaning 76-moddasiga kоʻra Oliy davlat vakillik organi bоʻlgan – Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Bu vazifani bajaruvchi vakillik organlari parlament deb ham yuritiladi.
Oliy Majlis 1995-1999 yillar davomida 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 452 ta qaror qabul qildi, qonunlarga esa 216 ta qоʻshimcha va оʻzgarishlar kiritildi. 70 ta xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilindi, xalqaro konvensiyalarga qоʻshilish tоʻgʻrisida 58 ta qaror qabul qilindi. SHubhasiz, yuqorida qayd qilingan raqamlar respublika parlamentining 90-yillardagi hali saqlanib qolayotgan nisbatan murakkab iqtisodiy ahvol, ijtimoiy hayotdagi qator muammolar davrida bunday samarali faoliyati izsiz ketmadi. Qonunlarning izchilligi va hayotbaxshligi, demokratik ruh va zamonaviylik bilan sugʻorilganligi natijasida mavjud muammolarning asta-sekin bartaraf etilishi boshlandi.
1999 yil dekabrda bоʻlgan saylovlar natijasida 250 deputatdan iborat parlamentning yangi tarkibi shakllandi.
Qonunlarni ishlab chiqish jarayonida Oliy Majlis qоʻmitalarining butun tarkibi ishtirok etadi. Qonun loyihalarini tayyorlashda maxsus ishchi guruhlari tuzilib, unda olimlar va mutaxassislarni kengroq jalb etish kabi xalqaro tajribadan foydalanildi. Inson huquqlari bоʻyicha Vakil instituti Oliy Majlis Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bormoqda.
“Оʻzbekistonning Konstitutsiyaviy sudi tоʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi Konstitutsiyaviy sud, Oliy va Xоʻjalik sudlari tarkibini saylab, sud tizimini vujudga keltirish jarayonini nihoyasiga etkazdi. Konstitutsiyaning 8-bob, 34-moddasida fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushish huquqi kafolatlangan. “Siyosiy partiyalar tоʻgʻrisida”gi Qonun 1996 yil 26 dekabrda, 7-sessiyada qabul qilindi. Ushbu qonunning qabul qilinishi ijtimoiy-siyosiy hayot bobida kоʻpfikrlililik, turli qarashlar va munosabatlarning demokratik dunyo talablariga binoan shakllanishiga turtki bоʻlib xizmat qildi. Zero, jamiyat ijtimoiy hayotida kоʻp partiyaviylikning tadbiq etilishi shubhasiz, turli salbiy illatlarga gʻov bоʻlishi, jamiyatning ma’naviy jihatdan sogʻlomlashishi muammolarning tezkor bartaraf etilishi, qonunlarning ustuvorligi hamda inson haq-huquqlarining himoya etilishi borasida muhim qadam edi.
Mustaqillikning dastlabki davrida qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatida izchillikni ta’minlash, islohotlarni mutanosib ravishda amalga oshirish maqsadida Prezident bir vaqtning оʻzida Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimini ham bajardi.
Mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat boshqaruvi sohasida, tegishli sohalar bоʻyicha оʻzgarishlar amalga oshirila boshlandi. SHu boisdan ham tez orada ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda muhim оʻrin tutuvchi idoralar xususan, Davlat reja qоʻmitasi оʻrniga Iqtisodiyot vazirligi, Davlat ta’minot qоʻmitasi оʻrnida respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi, Davlat narx qоʻmitasi оʻrniga Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qiluvchi maxsus boshqarmalar tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi ham tubdan оʻzgarib, Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq va moliya siyosatini belgilashi va valyuta ishlarini boshqarishi belgilab qоʻyildi.
Fuqarolar huquqini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, faoliyatini tartibga soluvchi 500 dan ortiq qonun va Parlamentning qonunga tenglashtirilgan qarorlar tizimi, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Fuqarolarning dinga bоʻlgan munosabati “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tоʻgʻrisida”gi (1998) Qonun bilan tartibga solinib, daxlsizligi ta’minlandi. Ta’kidlash lozimki, Оʻzbekiston inson huquqlariga oid qator xalqaro shartnomalariga qоʻshilgan. Оʻzbekiston 1996 yil aprelda BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquqlari bоʻyicha Xalqaro pakt normalarini bajarish borasida milliy ma’ruza matnini taqdim etdi. “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” va xalqaro hujjatlar asosida 1991 yil 4-sessiyada “Jamoat birlashmalari tоʻgʻrisida”, 1996 yil “Siyosiy partiyalar tоʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi.
Inson huquqlari bоʻyicha Оʻzbekiston Respublikasi Milliy Markazi Prezidentning 1996 yil oktyabrdagi Farmoni bilan tashkil etildi. Milliy Markaz оʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 13 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga kоʻra faoliyat olib bormoqda.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda 1997 yil 26 apreldagi “Oliy Majlisning Inson huquqlari bоʻyicha Vakili (Ombudsman) tоʻgʻrisida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega. Oliy Majlisning Inson huquqlari bоʻyicha Vakili (Ombudsman) mansabdorlar, tadbirkorlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish maqsadida faoliyat kоʻrsatadi.
Zero, inson huquqlariga oid 2017-2019-yillar mobaynida qator farmon va hukumat qarorlari chiqdi. 2018-yil noyabrda Samarqandda оʻtkazilgan inson huquqlari bоʻyicha “Osiyo forumi” Оʻzbekistonda inson haq-huquqlariga bоʻlgan munosabatning dolzarbligini va yangicha echimini namoyon etdi.
Harakatning asosiy maqsadi - kоʻp millatli mamlakatda xalqlar birligini yanada mustahkamlash, Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan bar­cha fuqarolarning huquq va kafolatlarini tоʻla-tоʻkis amalga oshirish va fuqarolik, vatanparvarlik tuygʻularini rivojlantirishdan iborat.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida yaratilgan boshqaruv tizimi va uning qonunchilik asoslari, fuqarolik jamiyati mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishga va huquqiy demokratik davlat barpo etilganligini kafolatlaydi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin