Navoiy davlat pedagogika instituti «tasdiqlayman»


V. O`quv tanishuv amaliyoti bo’yicha hisobotga talablar va hisobotni himoya qilish tartibi



Yüklə 169,06 Kb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü169,06 Kb.
#164893
1   2   3   4   5   6
MALAKA AMALIYOT 2 KURSLAR TARIX 2023

V. O`quv tanishuv amaliyoti bo’yicha hisobotga talablar va hisobotni himoya qilish tartibi.
Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va uning matnini bayon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida amalga oshiriladi. Hisobot ikki qismdan: matn qismi va ilovalardan iborat bo‘lishi kerak. Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi. Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi lozim. Ish turlarining mazmuni kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi. Ushbu hisobotda talaba kelajakda amaliyot o‘tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun amaliyotni o‘tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi. O`quv tanishuv amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Amaliyotchi talaba oliy ta’lim muassasasi va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan malaka amaliyoti rahbarlarining dasturda ko‘zda tutilgan ishlarga oid barcha topshiriqlarini bajarib boradi. Hisobotga tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtiradi. Amaliyot hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda mutaxassislik kafedrasiga amaliyotdan qaytgandan so‘ng bir kun davomida topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o‘z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Mutaxassislik kafedra tomonidan tashkil etilgan malaka amaliyotining yakuniy konferensiyasida amaliyotchi talabalar tomonidan bajarilgan ishlar taqdimot tarzida himoya qilinadi.
Amaliyot dasturini to‘liq bajarmagan, salbiy tavsifnoma olgan talabalar fakultet dekanati roziligiga ko‘ra qaytadan amaliyot o‘tashga yuborilishi mumkin. Agar talaba amaliyotga ma’suliyatsizlik bilan yondashsa, korxona, tashkilot va institutning ichki mehnat intizomini buzsa, hisobot topshirishga tayyor bo‘lmasa yoki himoya paytida “2” qoniqarsiz baho olgan bo‘lsa, uni keyingi yilga o‘qish uchun qoldiriladi.
O‘qish davrida olingan bilimlarni mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi tegishli materiallar va hujjatlar

1. Amaliyotchi talabaning amaliyot rejasi


2. Kundalik
3. Ish reja (o‘quv predmetlari bo‘yicha)
4. Dars tahlili
5. Dars konspekti
6. Tarbiyaviy soatlar konspekti
7. Tarbiyaviy ish reja
8. Tarbiyaviy tadbir ssenariyasi
9. Sinf rahbari hujjatlari
10. O‘quvchi va sinf jamoasiga pedagogik-psixologik tavsifnoma
11. Tavsifnoma
12. Hisobot



Yüklə 169,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin