Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda qo‘yidagi mezonlar tavsiya etiladi: a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;
fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;
fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;
mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;
fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa;
tarixiy jarayonlarni sharhlay bilsa;
b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa;
fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa;
fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;
fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;
fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa.
v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;
fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;
bayon qilish ravon bo‘lmasa;
fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;
fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;
fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
fanni bilmasa.
Fanga oid asosiy darsliklar, o‘quv uslubiy ma’lumotlar va internet jahon axborot tarmog‘i resurslari
Asosiy adabiyotlar
Rixsiboyev T., Rixsiboyeva X., Tursunov S. Kompyuter grafikasi. Darslik. Toshkent: “Tafakkur qanoti”, 2018. -304 b
Mamarajabov M., Tursunov S. Kompyuter grafikasi va Web dizayn. Darslik. Toshkent,“Cho‘lpon”, 2013.
Yuldashev U., Mamarajabov M., Tursunov S. Pedagogik Web dizayn. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “Voris”, 2013.
Aripov M., Fayziyeva M., Dottayev S. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “Faylasuflar jamiyati”. 2013.
Shay Howe. LEARN to code HTML&CSS: develop&style websites. New readers, USA, 2020.
Jon Duckett. HTML&CSS:design and build websites. John wiley&sons, Indianapolis, USA, 2020
Jennifer Niederst Robbins. Learning Web design. O‘Reilly. Canada, 2018
K.M.Gulyamov, U.M.Mirsanov, D.D.Djurayev. Rastr grafikasi asoslari // O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan profesional ta’limning yo‘nalishi 3.52.01.03 – Kompyuter grafikasi va dizayn operatori kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanma. “Xalq” nashriyoti. Toshkent, − 2022. – 160 б.
K.M.Gulyamov, U.M.Mirsanov, M.H.Ikromov. Vektor grafikasi asoslari // O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan profesional ta’limning yo‘nalishi 5.52.01.03 – Kompyuter grafikasi va dizayn operatori kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanma. “Fan” nashriyoti. Toshkent, − 2021. – 164 б.
U.M.Mirsanov, P.E.Nuraliyeva, N.A.Karimova. Kompyuter grafikasi va web dizayn fanidan laboratoriya ishlari // Navoiy: NAVOIY, 2022. – 136.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mо‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar / SH.M. Mirziyoyev. – Toshkent : О‘zbekiston, 2017. – 104 b.
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr /SH.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “О‘zbekiston”, 2017. – 48 b.
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan о‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida sо‘zlagan nutqlari о‘rin olgan. /SH.M.Mirziyoyev. – Toshkent: : “О‘zbekiston”, 2017. – 488 b
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. О‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida. (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda)
Лебедов С.В. Web-дизайн. Учеб.пос. Mосква, ЗАО «Издательский дом Альянс пресс», 2004
Бурлаков М. CorelDraw 12. Учеб.пос. Москва, 2004.
Axborot manbaalari
www.ziyonet.uz – Axborot ta’lim portali.
www.edu.uz – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi portal.
www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi TDPU rasmiy sayti.
https://www.w3schools.com/css/
https://html5book.ru/
Fan o‘qituvchisi to‘g‘risida ma’lumot
Muallif:
Toxirov Feruz Jamoliddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
E-mail:
toxirovferuz90@gmail.com
Tashkilot:
Navoiy davlat pedagogika instituti, “Informatika” kafedrasi
Taqrizchilar:
Texnika fanlari nomzodi dotsent O.O.Suvonov
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent A.M.Norov
Mazkur Sillabus institut o‘quv-uslubiy Kengashining 2023 yil ____ avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Mazkur Sillabus “Informatika” kafedrasining 2023 yil ___ avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan ma’qullangan.
O‘quv-uslubiy boshqarma N.Rajabova Fakultet dekani A.O.Norbekov Kafedra mudiri U.M.Mirsanov Tuzuvchi F.J.Toxirov