Borliqni idrok etish o'quvchilarning estetik didini, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasawur va xotiralarini o‘stirishda muhim rol o‘ynaydi. Borliqni idrok etish mashg‘ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o‘tkaziladi. Bunda mavzuga oid kompozitsiyaga tegishli muhim obyektlami yaxshilab kuzatadilar. Dasturda borliqni idrok etish mashg‘uloti uchun maxsus o‘quv soatlari ham ajratilgan. O’qituvchi o‘z imkoniyati va sharoitidan kelib chiqib, darsni suhbat tarzida yoki amaliy mashg‘ulot bilan qo‘shib o‘tkazishi mumkin.
Tabiat qo‘yniga qilingan sayohat tarzidagi mashg‘ulotlar jarayonida 0‘quvchilar ayrim obyektlarning xomaki rasmini oddiy qalamda yoki bo‘yoqda ishlashlari mumkin. Mavzuli kompozitsiyalar ishlashda esa ana shu xomaki rasmlardan ham foydalaniladi. Borliqni to'laqonli idrok etish, tevarak-atrofni, hayotdagi voqea va hodisalarai bevosita kuzatish asosida olingan taassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda bo‘lish singarilar bilan bog‘liqdir.Boshlang’ich sinflarda bolalar o‘simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlami kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko‘rinishlari, kayfiyati (quvonchli, g‘amgin, o‘ychan va hokazo) haqida tasawurga ega boMadilar va ulami tasvirlaydilar. BoshIang‘ich sinflarda borliq haqida suhbatlar o'tkazish o‘quvchilarga hayotdagi ba’zi bir hodisalarai kengroq bilib olishlariga yordam beradi. Narsaiaming shakli, tuzilishi, rangi kabilami ma’lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirishdek muhim sifatlami o‘stirishga imkon yaratadi.